Ma’lumotlarni boshqarish t
Download 274.88 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- M a’lumotlaning
Jadvalda ma’lumotlarni kodlash
Ma’lumotlar ombori bilan ishlashning xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va satrlar soni qancha ko’p bo’lsa ularni kompьyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni hal qilish maqsadida jadval elementlarini jumlalar sifatida emas jumlalarni ifodolovchi kodlar sifatida kiritish mumkin. Masalan, ma’lumotlar omborida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladigan maxsulotlarga 35 talab bor deylik. Bu talablar ma’lumotlar omboriga turlicha kiritilgan bo’lsin. Talablarning kiritishda zavod nomi turlicha kurinishda ifodalanishi mumkin. Masalan: «Tosh.trakt. zavodi», «Toshkent trakt. zav» va x.k. ma’lumotlar omboridan foydalanishda «Toshkent traktor zavodi» deb yozsangiz, talablardan birortasini xam topolmasligingiz mumkin. № Ustun nomi To’la nomlanishi Turi Uzunligi 1. TAL-NOM Talabnoma nomeri Belgili 5 2. TAL-KOD Talabnoma kodi Belgili 4 3. BANK-R Talabgorning bank rekviziti Belgili 40 4. MAHS-K Talab qilingan maxsulot kodi Belgili 4 5. HAJM Talabnoma xajmi(kg) Sonli 6 6. IJRO Talabning ijro sanasi(kun-oy-yil) Sana 8 7. BAHO Maxsulot bahosi Sonli 7 8. QIYMAT Talab qiymati Sonli 8 Bunday hollarda ma’lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o’rniga kodlar kiritiladi va bir vaqtning o’zida kodlarni ko’rsatuvchi lug’atlar beriladi. Jadvalda har bir yozuv o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi kerak. Masalag, telefon ma’lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Bosh kalit birinchi talabga ko’ra ma’lumotni topish harakteriga ega bo’lishi lozim. Aksariyat hollarda, universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko’ra farq qiladi. Ma’lumotlaning tuzilishlari Relyatsion tizimdagi elemenlarda shajaraning yoo’qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan sifatida kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy tuzilishga ega ma’lumotni ikki o’lchamli jadval ko’rinishiga keltirish mumkin. Relyatsion tizim sifatida telefon ma’lumotnomasini tuzish masalasini ko’rib chiqamiz. Masalan, «Har bir telefon nomeri ko’rsatilgan obonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro’yxatini tuzing» kabi o’qiladi. Ma’lumotnoma bir necha turdagi ob’yektlardan tashkil topgan. Ob’yekt uchun quyidagi ma’lumotlarni tandlab olamiz: Telefon raqami Abonent ismi (ismi, sharifi va x.k) Abonent manzili Abonent kategoriyasi (umumiy, shaharlararo aloqasi taqiqlangan, ...) Barcha ma’lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma’lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni beramiz: № Ustun nomi 1. Nomer 2. Abonent nomi 3. Manzili 4. Kategoriyasi Ma’lumotning nomlanishi Telefon raqami Abonentni belgilash Abonent manzili Abonent kategoriyasi Turi Belgili Belgili Belgili Belgili Uzunligi 9 15 40 2 «Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfli kodlardan foydalanamiz; UK-umumiy kategoriya, SHT-shaharlararo aloqa taqiqlangan kategoriya va xokazo. U holda ma’lumotnomani quyidagi jadval ko’rinishida tasvirlash mumkin. Nomer 144-92-61 65-32-14 118-30-97 22-13-26 Abonent ismi Qosimov Toxir Akbarov Jahongir G’afurova Zebiniso Azizova Farida Manzili T.Malik,16 G.Gulom, 34-101 Ibn Sino,9-6 Uvaysiy,16 Kategoriya UK SHT UK ... Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, TELEFON) ko’rinishida kompьyuter diskiga o’tkazilsa, telefon ma’lumotnomasi – telefonlar ma’lumot omboriga ega bo’lamiz. (omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish mumkin bo’ladi). Har qanday ma’lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyoning ob’yektlari haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, «ob’yekt» va «kattalik» degan iboralarni rasman ajratish mushkul. Ob’yekt- mavjud bo’lgan va o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan predmet. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji ob’yekt hisoblanadi. Ob’yekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san’at asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko’rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy nazariyalar va boshqalar. Bunga o’xshash ob’yektlar guruhi ob’yektlar to’plamini hosil qiladi. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi mahsulotlar, korhonada ishlovchchi odamlar ob’yektlar to’plamini hosil qiladi. Bunday guruhdagi muayyan ob’yektni ob’yekt nushasi deb atash mumkin. Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. Ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat’iy nazar unga qulay ko’rinishda javob berish. Muayyan yo’nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan muloqoti asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlahda ko’riladigan tipik vazifalar yoritib beriladi. 1.”Axborot texnologiyalari” fanining maqsadi 2.Axborot texnologiyalarining vazifalariga 3.O‘zbekistоn Respublikasining axbоrоtlashtirish dasturi qachоn qabul qilingan? 4.Axbоrоt nima va uning qanday xоssalari bоr? 5.Axbоrоtning ifоdalanish shakllarini keltiring. 6.Axbоrоtni kоmpyuterda tasvirlanishi. 7.Axbоrоt texnоlоgiyasi deganda nimani tushuniladi? 8.Axbоrоt texnоlоgiyalari qanday belgilar asоsida tavsiflanadi? Download 274.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling