Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qayta ishlash


Download 38.8 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi38.8 Kb.
#1539088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mustaqil ish (2)

strukturaviyligi  bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. YUqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir.
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi 
Download 38.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling