Ma’lumotlarni uzatish uchun analog aloqa kanallari
Download 16.29 Kb.
|
Ma\'ruza-14(14)uzb
. Ma’lumotlarni uzatish uchun analog aloqa kanallari Ko’p kanalli uzatish tizimlarini tuzishda chastotaviy va vaqt bo’yicha ajratish usullaridan foydalaniladi. Chastota bo’yicha ajratish usulida uzatish liniyasidagi har bir kanal uchun ma’lum bir chastota spektri ajratiladi. SHuning uchun uzatuvchi oxirgi stansiyada boshlang’ich signalning chastota oraliqlarini shu yoki boshqa kanalni uzatish uchun ajratilgan oraliq chastotalarga joylashtirish amplitudaviy, chastotaviy yoki fazaviy modulyatsiya yordamida amalga oshiriladi. Bunda tashuvchi chastotalar shunday tanlanishi kerakki, kanal signallarining spektr chastotalari bir-biriga ustma-ust tushmasin. Kanallari chastota bo’yicha ajratilgan ko’p kanalli uzatish tizimlarining soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 7.3-rasmda ko’rsatilgan. 7.3-rasm. Kanallari chastota bo’yicha ajratilgan ko’p kanalli uzatish tizimlarining tuzilish sxemasi Ko’p kanalli uzatish tizimlarining kanallari asosan bir xil turdagi (masalan telefon) signallarni (chastota oraliqlari bir xil bo’lgan) uzatish uchun mo’ljallangan. SHuning uchun ham 7.3-rasmda boshlang’ich signallarning oraliq chastotalari ( ) bir xil deb qabul qilingan. Kanalga tushuvchi boshlang’ich signallar, M1..., Mn modulyatorlar orqali, fT1..fTn tashuvchi chastotalar yordamida modulyatsiyalanadi. Kanal signallarini shakllantirish OF1...OFn oraliq filtrlari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari modulyatsiyalash natijasida hosil bo’lgan, uzatishda qo’llanilmaydigan keraksiz maіsulotlarni pasaytirishda filtrdan foydalaniladi. Filtr orqali ajratilgan kanal signallari f1... f2, f3... f4, fL... fn chastota oralig’ini egallaydi. Bu oraliq chastotalar bir-biriga ustma-ust tushmasligi lozim (7.4-rasm). 7.4-rasm. Kanal signallarining shakllanishi Kanal signallari birlashgandan keyin oraliq chastotasi f1...fNga teng bo’lgan guruhli signal shakllanadi. Kanal signallarining oraliq chastotalarini kengligi (Δf) boshlang’ich signalning oraliq chastotasini kengligidan farq qilishi mumkin (Δf ≥ ΔF). Umuman, Δf = ΔF bo’lishi uchun (bunday holatda berilgan N kanallar soni uchun guruhli signalning spektr kengligi kichkina), uzatish tizimlarining samaradorligini oshirish lozim. Qabul qiluvchi oxirgi stansiyada, guruhli signallar tarkibidan kanalning oraliq filtr (OF1..., OFN)lari yordamida kanal signallari ajratib olinadi. Boshlang’ich kanal signallarini olish uchun signallar demodulyator (DM1...,DMN)larga beriladi. Agar tashuvchi chastotalar uzatuvchi oxirgi stansiyadagi modulyatorlar chiqishida yo’qotilgan bo’lsa, unda demodulyatorga kanal signallaridan tashqari tashuvchi chastota (fT1...fTN)lar ham berilishi lozim. Past chastotali filtr (PChF)lar, demodulyatsiyalash jarayonida hosil bo’lgan, signalni yuqori chastotali tashkil topuvchilaridan boshlang’ich signalni ajratib oladi. Kanal signallarini to’liq ajratib olish uchun oraliq filtr (OF1,...OFN)larni xarakteristikalari ideal bo’lishi lozim. Haqiqiy filtrlarda so’nishning oshishi chegaralanganligi tufayli kanallararo o’zaro o’tishlar yuzaga kelishi mumkin. Ularni mumkin bo’lgan qiymatgacha kamaytirish uchun, kanal spektrlarining orasiga himoya chastota oralig’i (fhim) (2.2-rasm) kiritiladi. Masalan, gaplashadigan signallarni uzatish uchun himoya chastota oralig’i 0,9 kGsni tashkil qiladi. Download 16.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling