Ma`lumotlarni xotirada saqlash qurilmalari. fayllar tizimi (fat)
Reja:
Disklar, ularning turlari
Magnit disklardagi yig’uvchilar
Diskda ma’lumotni adreslash
Egiluvchan magnit disklardagi yg’uvchilar
Qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar
Optik disklardagi yig’uvchilar
Raqamli DVD videodisklari
FAT32 fayllar sistemasi
Jamlovchi tezligi
Klaster hajmi
NTFS fayllar sistemasi
Tayanch iboralar: disk, vinchester, CD-ROM, DVD, cilindr, klaster, fayllarni joylashtirish jadvali, Bernulli yig’uvchisi, yumshoq disk, FAT, NTFS, Linux Ext2, Linux Swap, fayl, katalog, keshlash, jamlovchi tezligi, klaster hajmi, MFT, metafayllar, Jurnallash, xavfsizlik, qisish, shifrlaydigan fayl sistemasi.
1. DISKLAR, ULARNING TURLARI
Tashqi xotira qurilmasi yoki boshqachasiga aytganda, tashqi eslab qolish qurilmasi (TEQQ) juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstrukciya tipi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h.k.
Tashuvchi - ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga ega bo’lgan moddiy ob’ektdir.
../../AppData/Local/Documents and Settings/VASI/Application Data/Microsoft/Word/Documents and Settings/ZAF/Diplom_2005/ERKIN_AKA/Ofis texnikasi/mn/darslik/album/album/km/2354____.JPGTashuvchining tipiga bog’liq ravishda barcha TEQQ larni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). SHK da faqat strimerlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |