Ma'lumotlarni yig'ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so'rov o'tkazilishi bilan enhatni tashkil etish


O'rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko'p pog'onali ENHATni tashkil etish


Download 49.34 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1269412
1   2   3
Bog'liq
Raqamli energetika 2

O'rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko'p pog'onali ENHATni tashkil etish.

Hisoblagichlarning asosiy qismi birinchi daraja maʼlumotlarini yigʼish markazi bilan toʼgʻri aloqa kanallari orqali doimiy bogʼlangan va elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish uchinchi usulidagi kabi berilgan. Ularda soʼrov oʼtkazish jadvalga asosan oʼtkaziladi. Baʼzi hisoblagichlar va birinchi daraja maʼlumotlarini yigʼish markazi orasida doimiy aloqa boʼlmasligi mumkin, ular elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishning ikkinchi usulidagi kabi koʼchma kompyuter yordamida amalga oshirishi mumkin. Hisoblagichlardan birlamchi axborotlar birinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazlari MO lariga kiritiladi, bu yerda maʼlumotlarga ishlov berish ham amalga oshiriladi. Ikkinchi daraja maʼlumotlarini yigʼish markazlarida axborotlarni qoʼshimcha birlashtirish va tizilmlashtirish, ularni ikkinchi daraja maʼlumotlarni yig„ish markazlari MO lariga kiritish amalga oshiriladi. elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishning bu usulida MO sifatida ORACLE8.X MOBT ishlatilishi tavsiya qilinadi. Alfa MARKAZ dasturiy majmuining asosiy konfiguratsiyasi 4, 8, 16, 32 aloqa kanallari boʼyicha maʼlumotlarni parallel yigʼishni tashkil etishga imkon beradi. 16, 32 kanallarda kommunikatsion server sifatida alohida EHM ni ishlatish zarur. Aloqa kanallari ajratilgan, kommutatsiyalanadigan, toʼgʻri ulanishli boʼlishi mumkin. Har bir kanalning parametrlari liniyaning turi va uning xarakteristikalariga bogʼliq ravishda individual sozlanishi mumkin. Tizimda bir necha kommunikatsion serverlar parallel ishlashi mumkin. Bunda maʼlumotlarni yigʼish tizimi barcha parametrlarining tavsifi, obyektlarning barcha elektr va hisoblash sxemalarining tavsifi, shuningdek, barcha birlamchi va hisoblash maʼlumotlari faqat MO serverida va maʼlumotlarni yigʼish markazi ilovalarida saqlanadi.


Maʼlumotlarni yigʻish markazi faqat maʼlumotlarni yigʼish va qayta ishlashni bajaradi. Foydalanuvchilar AIJ lari ularga lokal tarmoq boʼyicha ulanadi. Obyektda hisoblagichlar soni uncha katta boʼlmaganida birinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazi AIJ funksiyasini bajarishi mumkin. Birinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazlari ikkinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazlari bilan bogʼlangan.
Aloqa kanallari lokal tarmoq bo„yicha ajratilgan, kommutatsiyalanadigan, toʼgʼridan-toʼgʻri ulanishli boʼlishi mumkin. Ikkinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazi serveri birinchi daraja maʼlumotlarni yigʼish markazi MO dan oʼrnatilgan jadvalga muvofiq zarur axborotlarni avtomatik ravishda soʼraydi. Hududiy taqsimlangan oʻrta va yirik korxona yoki energiya tizimi uchun koʼp pogʻonali elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:

  • Uzatish isʼtemol parametrlarini aniq o„lchash;

  • elektr energiyasini hisoblash uchun shartnomalarni olib borish va toʼlov hujjatlarini shakllantirish;

  • meyoriy-maʼlumotlar axborotlarini olib borish;

  • elektr energiyasini hisobga olish va EESK ni nazorat qilish boʼyicha maʼlumotlarni qayta ishlash va hisobotlarni shakllantirish;




  1. Download 49.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling