Ma'lumotlarni yig'ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so'rov o'tkazilishi bilan enhatni tashkil etish
Download 49.34 Kb.
|
Raqamli energetika 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Bir turga mansub tizimlar
Tizimning turli darajalardagi elementlarini amal qilishi uchun ENHATni yaratishda minimal narxlarni taklif etadigan turli Yetkazib beruvchilardan turli texnik echimlardan foydalanish mumkin. Bunday tizim bir jinsli boʼlmagan tizim deyiladi. U haqiqatat arzon turadi, lekin shoshilib bu variantga rozi bo„lishdan oldin oʼylab koʼrish kerak boʼladi. Bunday tizimni ishlatish murakkab va qimmat boʼladi. Mana buni tasdiqlashga bir necha misollar: bu turli qurilmalar bilan ishlash uchun ko„plab turli dasturiy vositalarning oʼzlashtirilishi va doimo foydalanilishi zarurati; joriy taʼminlash va xizmat koʻrsatish uchun elektron elementlarning katta assortimentining boʻlishini ushlab turish zarurati; personalning oʼqitish va malakasini oshirilishining qiyinligi, chunki u turli tashkilotlarda oʼtadi; tizimni ishlab chiqish va yigʼish-ishga tushirish ishlarini olib borilishi vaqti ortadi (zarur kelishuvlar hisobiga); ishlatish jarayonida maslahatlar olish va yaroqsizliklarni tuzatish koʼp sonli mutaxassislarni jalb qilishga bogʼliq. Boshlangʼich bosqichda pul mablagʼlarini tejalishi ishlatilishi jaryonida moliyaviy yoʼqotishlarga (shu jumladan yashirin boʼlishi mumkin) aylanadi. Bu holda ENHATni bir jinsli tizim sifatida qurishga imkon beradigan texnik echimlardan foydalanish, yaʼni har bir hisobga olish obektida bir jinsli apparatli vositalarga asoslanadigan bir xil dasturiy taʼminotni o’rnatish avzalroq hisoblanadi. Bu elektr energiyani hisobga olish va uning parametrlarini nazorat qilishga bogʻliq boʻlgan biznes-jarayonlarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirish imkoniyatini, ENHATni bosqichma-bosqich qurish va ishlab chiqarishga kiritish imkoniyatini beradi, yigʻish-ishga tushirish tizimining narxini kamaytiradi, chunki dasturiy taʼminot birdaniga ishlay boshlaydi va talab qilinadigan axborotlarni taqdim eta boshlaydi, ENHAT ni ishlatilishi narxini kamaytiradi. Tizimnining, maʼlumotlarni yigʻish markazlari orasidagi aloqaning ishlatilishining oʼsishi darajasi boʼyicha ular yagona texnologik jarayonga kafolatlangan qoʼshiladi. ENHAT tizimlarini ishlab chiqarish bilan shugʻulllanadigan koʼplab jiddiy firmalar oʼz tizimlarini bir jinsli tizim sifatida loyihalashtirmoqda. Xulosa. Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan foydalanishga asoslangan tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar hamda ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida ENHAT ni tashkil qiladilar. Bu esa iqtisodiyotimiz hamda energetika sanoatimiz uchun muhim rol oʻynaydi deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar. Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана, – Т.: Молия, 2007. - 3 88с. Троицкий-Марко Т.Е., Будадин О.Н., Михалков С.А. Научно методические принципы энергосбережения и энергоаудита. Т.1. Научно-методические принципы энергоаудита и энергоменеджмента. М.: //Наука, 2005. – 540 с. Т.Х. Носиров, С.Э.Шаисматов. О создании автоматизированных систем коммерческого учета электроэнергии // Проблемы энерго- и ресурсосбережения, – Т.: ТашГТУ, 2006. - №3. Электроэнергетика Узбекистана. // ГАК «Узбекэнерго», – Т., 2002. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling