Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va ssd’da fayl tizimini fat32’dan ntfs’ga o‘zgartirish


Fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish


Download 357 Kb.
bet2/3
Sana15.09.2020
Hajmi357 Kb.
#129885
1   2   3
Bog'liq
Kompyuter sirlari

Fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish


Disk, fleshka yoki boshqa ma’lumot saqlash qurilmasidagi fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish uchun Windows 10, 8.1 va Windows 7’da buyruq satrining mos tarzda convert.exe deb nomlanuvchi o‘rnatilgan utilitasi mavjud. Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

1. Buyruq satrini Administrator nomidan ishga tushiring. Windows 10’da buni vazifalar panelidagi qidiruvdan foydalangan holda amalga oshirish mumkin (“Командная строка” jumlasini kiritamiz, so‘ngra “Запуск от имени администратора” bandini tanlaymiz yoki buyruq satri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, xuddi shu bandni tanlaymiz).



2. Ushbu qadam majburiy emas, lekin buni FAT32’ni NTFS’ga o‘zgartirishdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi. Ushbu buyruqni kiriting (D: harfini fayl tizimi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan disk harfiga o‘zgartiring): chkdsk D: /f va Enter’ni bosing. Skrinshotdagi namunada fayl tizimi o‘zgartirilayotgan fleshkaning harfi farq qiladi.



3. Diskni xatoliklarga tekshirib bo‘lgach, ushbu buyruqni kiriting (bunda ham harfni o‘zingiznikiga almashtirasiz): convert D: /FS:NTFS



4. O‘zgartirish yakunlanishini kuting. Unutmang, sekin ishlaydigan qattiq disklarda bu uzoq vaqt talab etishi mumkin. Jarayon oxirida siz fayl tizimini o‘zgartirish yakunlangani to‘g‘risida xabar olasiz.

Shu bilan jarayon yakuniga yetadi, hamda fleshka, disk yoki boshqa har qanday ma’lumot saqlash qurilmasidagi fayl tizimi FAT32’ning o‘rniga NTFS’ga o‘zgargan bo‘ladi.

Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli

12 сентября 2018 от Shukhrat Makhmudov

Faraz qiling, sizda Wi-Fi routeringiz yo‘q, lekin noutbukingiz va lokal tarmoq orqali keluvchi Internetingiz bor, mana shu Internetdan smartfoningiz orqali foydalanmoqchisiz deylik. Buning yechimi sifatida ko‘pchilik chetki dasturlarga murojaat qiladi, masalan mHotspot, Connectify, MyPublicWiFi, CommView for WiFi, WiFiInfoView, NetSetMan va hokazo.

Ushbu maqolamiz orqali MS Windows operatsion tizimining qaysi versiyasidan foydalanishimizdan qat’iy nazar, sozlab olishimiz mumkin bo‘lgan simsiz tarmoq xususida so‘z yuritiladi, bunda bizga hech qanday chetki dastur kerak bo‘lmaydi, yaratilgan simsiz tarmoq bilan simli tarmoq orqali keluvchi Internetni boshqa qurilmalarga tarqatishimiz mumkin bo‘ladi.

2. Internetni tarqatish uchun yangi tarmoqni yaratish maqsadida: netsh wlan set hostednetwork mode=allow ssid=Incredible_me key=4419E1z# buyrug‘ini kiriting va Enter klavishini bosing. Incredible_me’ning o‘rniga tarmoq uchun har qanday boshqa nom tanlashingiz mumkin, 4419E1z# o‘rniga esa – har qanday boshqa parolni o‘ylab ko‘rishingiz mumkin.

3. Yaratilgan Internet tarqatuvchi tarmog‘ingizni faol holga keltirishingiz uchun: netsh wlan start hostednetwork buyrug‘ini kiriting va Enter klavishini bosing. Agar buyruqlar ish bersa, quyidagicha matnni ko‘rishingiz mumkin.

5. So‘ngra kompyuteringizning Internetga ulanuvchi lokal tarmoq belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing, ochilgan kontekstli menyuda “Свойства” → “Доступ”ni tanlang va ruxsat beruvchi so‘rovlarning yonida qushcha belgisini o‘rnating. “Подключение домашней сети” maydonida ko‘rsatmaning ikkinchi qadamida yaratilgan simsiz ulanishni nomiga e’tibor bergan holda ro‘yxatdan tanlang.

Shundan so‘ng bu tarzda yaratilgan Wi-Fi tarmog‘iga boshqa qurilmalarni belgilangan parol orqali ulashingiz mumkin bo‘ladi. Tarqatuvchi tarmoqni o‘chirib qo‘yish uchun buyruqlar satri (Командная строка)da: netsh wlan stop hostednetwork buyrug‘ini kiritasiz. Uni qaytadan yoqish uchun esa: netsh wlan start hostednetwork buyrug‘idan foydalanasiz.

Agar ulangan qurilmalarda Internet ishlamasa, unda “Панель управления” orqali “Диспетчер устройств”ni oching, “Сетевые адаптеры” bandiga murojaat eting va barcha ro‘yxatdagi qurilmalarning yoqilgan, ya’ni faol holatda ekanligini tekshiring. Agar ularning orasida nofaollari aniqlansa, ularni kontekstli menyu orqali yoqing.

Agar boshqa muammolar yuzaga kelsa, tarmoq adapterining drayverlarini ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidan yuklab olgan holda qo‘lda, yoki Driver Booster dasturi yoki DriverPack xizmati orqali avtomatik tarzda o‘rnatib ko‘ring. So‘nggi keltirilganlar buni sizning o‘rningizga amalga oshiradi.

Umid qilamizki, ushbu maqolamizda keltirib o‘tgan maslahatimiz sizga qo‘l keladi. Xulosa o‘rnida aytmoqchi bo‘lgan gapimiz: Internetdan faqat unumli foydalaning, vaqtingizni bexuda narsalarga sarf qilmang!

Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

29 ноября 2017 от @itspecuz

Kundalik hayotimizda ikkita noutbuk o‘rtasida ma’lumot almashish zaruriyati ham uchrab turadi. Agarda sizda biror bir umumiy tarmoq, aloqa kabeli yoki axborot tashuvchi qurilma (USB qattiq disk (vinchester, HDD), USB fleshka) bo‘lmasa, qanday yo‘l tutasiz? Bunda eng yaxshi usul noutbuklarning Wi-Fi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir. Ushbu maqolamizda aynan noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda, ular o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘rib o‘tamiz.

Bundan Изменение параметров адаптера’ni tanlaymiz:

Hosil bo‘lgan oynadan Беспроводная сеть’ni ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Свойства bo‘limiga o‘tamiz:

Hosil bo‘lgan oynada Протокол Интернета версии 4 (TCP/IPv4)’ni ustiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosamiz:

Kerakli IP-адрес’ni kiritib, OK tugmasini bosgan holda oynani yopamiz:

Keyingi qadamda yana Центр управления сетями и общим доступом bo‘limiga qaytib, bu safar Изменить дополнительные параметры общего доступа bo‘limini ochamiz:

va quyidagi ko‘rinishda sozlaymiz:

Eslatma: Aynan ko‘rsatilganidek sozlang!

1. Изменение параметров общего доступа для различных сетевых профилей sozlamalaridagi birinchi bo‘lim, Частная quyidagicha sozlanadi:

2. Изменение параметров общего доступа для различных сетевых профилей sozlamalaridagi ikkinchi bo‘lim, Гостевая или общедоступная (текущий профиль) quyidagicha sozlanadi:

3. Изменение параметров общего доступа для различных сетевых профилей sozlamalaridagi uchinchi bo‘lim, Все сети quyidagicha sozlanadi:

Endi 2-kompyuterimizni sozlab olamiz. Buning uchun Выполнить (Win+R) oynasida cmd buyrug‘ini yozgan holda, Buyruqlar satri (Командная строка)ni ochamiz:

Diqqat: Konsol ekranga kiritishimiz kerak bo‘lgan kodimiz quyidagicha bo‘ladi:

netsh wlan set hostednetwork mode=allow ssid=mening_wi-fi key=12345678 keyUsage=persistent

Enter tugmasini bosib quyidagini yozamiz:

netsh wlan start hostednetwork

Bu yerda siz SSID ga ixtiyoriy nom berishingiz mumkin, chunki bu sizning kompyuteringizdan tarqatilayotgan Wi-Fi signalining nomi hisoblanadi. Parol (key)ga ham hohlagan parolingizni berishingiz mumkin.

“Wi-Fi Router”imizga ham IP-adres berib olamiz:



Ko‘rishimiz mumkinki, bu yerda qo‘shimcha punkt paydo bo‘lib qolgan. Keyin uning ham Свойства bo‘limiga kirib IPv4 ni tanlab, tegishli IP-адрес’ni beramiz:


Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling