Talabaning F. I. Sh tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan
Download 23.62 Kb.
|
10-variant.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sir tqi bo‘lim Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi
- 20 o‘quv yilining IV- semestrida
- KOMISSIYA TARKIBI: Rais: ________________________________________
- _________________________________________ (Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi) Toshkent – 2020 y. 1 0 -variant
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Pul va banklar fanidan Hakimov G’iyosiddin Sayfillayevich (talabaning F.I.SH) tayanch iboralarga asoslangan holda yozgan (oraliq nazorat, yakuniy nazorat) tegishligini tagiga chizib qo‘ying YOZMA ISHI Yozma ish o‘tkazilgan sana _______________ Shifr:_______________ Yozma ish natijasi _____________________ _________________________________________'>KOMISSIYA TARKIBI: Rais: ________________________________________ (Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi) A’zolari:_________________________________________ (Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi) _________________________________________ (Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi) _________________________________________ (Ilmiy darajasi va unvoni, F.I.SH. Imzosi) Toshkent – 2020 y. 10-variant “Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni. Kvazi pullar nima? Javoblar Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyalari orqali amalga oshiriladi. Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funktsiyasini bajarish orqali, o‘zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi. Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi. Pul aylanmasi sub’ektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o‘rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob –kitoblarni amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to‘lov aylanmasi” alohida – alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. Naqd pul va naqd pulsiz hisob – kitoblari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik mavjud bo‘lib, naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir – birini to‘ldirib turadi. Masalan, korxona va tashkilotlarning bankdagi naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul va unga tenglashtirilgan mablag‘lar ko‘rinishida beriladi. Aholining qo‘lidagi naqd pullar esa banklarga omonat sifatida qo‘yilganda banklar uchun kredit resursi sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. Shu tariqa naqd pul va naqd pulsiz aylanmalar bir – biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi. 2. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli - pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo’lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muoma-lasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin: Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling