O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta’lim soliqlar va sug`urta fakulteti


Download 107.99 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi107.99 Kb.
#1042967
  1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH JURABOEV J №9


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM IKKINCHI OLIY TA’LIM
SOLIQLAR VA SUG`URTA FAKULTETI
BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
PUL VA BANKLAR” FANIDAN



MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Naqd pul aylanmasini tarkibi va uni tashkil qilish shartlari.


Tayorladi M-90-2 guruh talabasi
Juraboyev Jaxongir Rustam o`g`li

Ilmiy rahbar: k.o’q. M. G’. Kenjayev

TOShKENT – 2022 yil.
REJA:
1.1. Pul aylanmasining mohiyati.
1.2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
1.3. Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati.


Pul aylanmasining mohiyati.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklda hisob-kitoblami amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi - bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon boiadi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar - bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullami hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda «harakatda» boiadi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlami sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat oichovi, muomala vositasi va toiov vositasi funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob-kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o'zining sohibiga qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob-kitoblar bilan amalga oshirilayotgan toiovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Pulning aylanmasi mohiyatini vanayam chuqurroq aniqlash uchun uning obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlami keltirish mumkin.
Uning obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o£rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob-kitoblami amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi boiishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisobkitoblami amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida «pul aylanmasi» va «to*lov aylanmasi» alohida - alohida o‘rganiladi. Ulami bir - biridan farqlashda asosiy e’tibor hisobkitoblami amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlami amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob-kitoblami amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob-kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob-kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bolmoqda. Xususan, AQSH, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadapul aylanmal arming ulushi 1 - 1,5 foizni tashkil etadi. Quyidagi chizmada pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning o‘zaro bogliqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.
Chizmadan ko‘rinib turganidek, pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish, pul mablaglari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqd pulsiz aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan subyektlar joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchiyo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bolishiga qarab muomala vositasi va toiov vositalarini o£z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar - pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oborot va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon boiadi.

Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. Xususan, ular quyidagilardan iborat:




Pul aylanmasi tarkibi - mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish holati, aholining ma’naviy, iqtisodiy va huquqiy ongi;


- milliy iqtisodiyotni boshqarish tartibi va rivojlanganlik darajasi;
- mamlakat bank tizimining rivojlanganlik darajasi va unga aholi ishonchining musthkamligi;
- real sektoming rivojlanganligi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
- Markaziy bankning pul - kredit siyosatini amalga oshirish bo‘yicha mustaqilligining ta’minlanganlik darajasi.
Naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblari o‘rtasida juda yaqin bogiiqlik mavjud bo‘lib, naqd pullar naqdsiz pul ko‘rinishiga, naqdsiz pullar naqd pul ko‘rinishiga o‘tish orqali ular doimiy ravishda bir - birini toidirib turadi. Masalan, korxona va tashkilotlaming bankdagi naqdsiz pullari ishchi xodimlarga naqd pul va unga tenglashtirilgan mablagiar ko‘rinishida beriladi. Aholining qolidagi naqd pullar esa banklarga omonat sifatida qcfyilganda banklar uchun kredit resursi sifatida naqdsiz pul ko‘rinishida maydonga chiqadi. Shu tariqa naqd pul va naqd pulsiz aylanmalar bir - biriga chambarchas aloqadorlikda amal qiladi.


Download 107.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling