Smm-59k Egashev D


Download 380.5 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi380.5 Kb.
#1168994
Bog'liq
Asatova Sunbula SMM-59k

Asatova Sunbula SMM-59k

DAVLAT BUDJETI

MAVZU:Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari

REJA;

  • Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish.
  • Xarajatlar smetasi
  • Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish.

Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar byudjet tizimining kengligi, xarajatlar smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi holatlari kuzatilmoqda. Natijada byudjet tashkilotlarining moliyaviy tang holatlarga tushishiga ham yuz bermoqda.

Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan hujjat hisoblanadi

Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin.

“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi”4 . Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas. Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi.


“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETIDA TURUVCHI TASHKILOTLARNING XARAJATLAR SMETASI VA SHTATLAR JADVALINI TUZISH, KO‘RIB CHIQISH, TASDIQLASH VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2157]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI BUDJET TASHKILOTLARINI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

Budjetdan moliyalash — qaytarilmasdan va begʻaraz ravishda byudjetdan mablagʻlar ajratish . Budjetdan moliyalash Davlat byudjetidan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash bn bogʻliq xarajatlarga pul mablagʻlari ajratish. Budjetdan moliyalash davlat xarajatlarini amalga oshirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Davlatning asosiy xarajatlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanib, ular davlat ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Bajaradigan xususiyatiga koʻra, odatda, oʻz mablagʻlariga ega boʻla olmaydigan, ammo ularning faoliyati jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirishning zaruriy sharti boʻlgan tashkilotlarning xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga toʻliq qoplanadi. Ularga oʻz xarajatlarini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplaydigan va smeta-byudjet yoʻli bn moliyalashtirish tartibida xarajatlarini amalga oshiradigan ishlab chiqarish sohasiga kirmaydigan tashkilotlar (ijtimoiy — madaniy muassasalar, davlat hokimiyati organlari va b.) kiradi[

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 380.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling