Malumotlarning axborot modeli
Download 137.93 Kb.
|
1-savol malumotlarning axborot modeli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ierarxik tizim
- Tarmoqli tizim
Mantiqiy ma'lumotlar. Bu turdagi ma'lumotlar (ba'zida bunday ma'lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg’on) «0» qiymatlarini qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob'ektning holatini ko’rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o’chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma'lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz. Kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan ma'lumotlar ombori bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma'lumotlarga ko’ra ular turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin. Ma'lumotlarni uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli). Bu turlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz. Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko’rib» chiqiladi. Ierarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo’ladi. Kerakli elementni tanlash ma'lum ketma-ketlikda olib boriladi. Ma'lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma'lumotlarning ierarxik modeli deyiladi. Ma'lumotlarning ierarxik modeliga mos holda yaratilgan ma'lumotlar omboriga ma'lumotlarning ierarxik ombori deyiladi. Ma'lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning ierarxik tizimi deyiladi. Ierarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda joylashgan mahsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda joylashgan mahsulot turini izlashda kerak bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi satxdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma'lumot berilgan. Ma'lumotlar omborini ierarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma'lum qulayliklar yaratadi. Quyidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin. Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim ierarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma'lumot (fayl) lar o’rtasida ko’p yo’nalishli aloqalarni o’rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma'lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do’kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog’liqlik o’rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi. Bir pog’onadagi ma'lumotning boshqa pog’onadagi ma'lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma'lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi. Ma'lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi. Download 137.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling