Malus mill. Avlodiga mansub turlar va ularning morfologik tuzilishi bilan tanishish olma


Download 22.73 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi22.73 Kb.
#1472415
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot


1-Amaliy mashg’ulot
OLMA (MALUS MILL.) AVLODIGA MANSUB TURLAR VA ULARNING MORFOLOGIK TUZILISHI BILAN TANISHISH


Olma Malus domestica turiga mansub mevali daraxt va uning mevasidir
Olma – raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg to‘kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, urug‘li meva daraxt. O‘zbekistonda yovvoyi olma turlari, asosan, Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining tog‘li hududlarida uchraydi. Mevasi pishish vaqtiga qarab, yozgi, kuzgi va qishki navlarga bo‘linadi. Olma sovuqqa chidamli, yorug‘sevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi. Past boʻyli olma turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. Olma daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Yaponiyada oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki,qishda ekilgan „Fuji“ olmalari mart oyining oxirida ildiz oʻsishi kuzatilgan. Oʻzbekistonda olma aprel oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari qizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saxaroza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5-30 mg, pektin, oshlovchi moddalar va boshqa mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urugʻidan hamda payvandlash, parxish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 yil oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 yil moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5-6 kg chirigan goʻng, 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8×8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulanganlari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12-marta, hosilga kirganlari 4—6-marta sugʻoriladi, tup va qator oralari yumshatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butaladi. Oʻrta Osiyoda ekiladigan olma navlari kelib chiqishi boʻyicha quyidagi guruhlarga boʻlinadi: xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan Oʻrta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarqand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa olmaning mahalliy navlari Oʻzbekistonning tuproqqiklim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar; Gʻarbiy Yevropa, Amerika, AQSH navlari — Rozmarin, Mantuaner, Starkrimson, Skarlet, Parmen. Vaynsep va Golden Delishes, Delishes, Jonatan, Borovinka; Ukraina navi — Renet Simerenko; Qrim navlariq kandil, sari sinapo(Olmaning bu guruh navlari Oʻzbekistonga dastlaXIX 9-asr 2-yarmidan boshlab, Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin, ruslar tomonidan, soʻngra XX-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistondagi ilmiy tadqiqot muassasalari tavsiyasi bilan kl-tirilgan). Shreder nomidagb Bogʻdorchilik, uzumchilik v a vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari yetishtirgan yangi navlar — Samarqand aʼlosi; Afrosiyoi, — hosildor, Toshkent borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Nafis va boshqb Bu navlar hosildor, mevasi mahalliy sharoitga moslashgan, koʻrinishi chiroyli, mazali; sovuqqa va issiqqa chidamli.
Yurtimizda olmaning turli navlari yaratilgan, bu borada yetakchi muassasa Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida olmaning 31 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olma mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Chexiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.


OLMANING AFROSIABI NAVI
Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 3,8 m, shox-shabbasi keng piramida shaklida. Hosilga to‘rtinchi yili kiradi. Mevasi kesik konus shaklida, pushti chiziqlari bor, tillasimon sariq, o‘rtacha vazni 116 g, eti sarg‘ish, mayin, xushbo‘y, mevasi nordon shirin.
Nav yozda pishadi. Mevasi iyunning birinchi o‘n kunligida yetiladi. Hosildorligi – 211,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi esa 382 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.
Mualliflar: V.V. Kuznetsov, A.A. Liplinskaya.
1982–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Andijon, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ekishga tavsiya qilingan


OLMA NAVLARI

BOROVINKA TASHKENTSKAYA


VAYNSEN
GOLDEN GRAYM
GOLDEN DELISHES
RED DELISHES
DJONATAN
BOLAJON (DETSKOE)
KAMOLA NAVI
KOREI NAVI
KID ORANJ RED NAVI
QIZIL TARAM OLMA NAVI
GO‘ZAL NAVI
MANTET NAVI
OYDIN NAVI
PARMEN ZIMNIY ZOLOTOY NAVI
PERVENES SAMARQANDA NAVI
RENET SIMIRENKO NAVI
ROZMARIN BELIY NAVI
RUBINOVOE DUKI NAVI
SARATONI NAVI
SKARLETT (STEYMORED) NAVI
STARKRIMSON
FERUZA NAVI
FARANGIZ NAVI
HOSILDOR
CHOLPAN NAVI
Download 22.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling