Мамадалиева Сайёра


Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni


Download 0.63 Mb.
bet8/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

1.3. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish mazmuni
Ma`lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan bilim uning butun hayoti davomida Yetakchi o’rinni egallaydi. Bu hayotiy zaruriyat “Bolajon” tayanch dasturining asosini tashkil etadi. Jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlar ko’lami, rivojlanib borayotgan fan-texnika taraqqiyoti asrida ota-onalar farzandlariga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, ularning yoshiga munosib va o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda kerakli ta`lim-tarbiyani berib borish, ma`naviyati yuksak, har tomonlama Yetuk inson qilib voyaga Yetkazish lozimligini tobora anglab Yetmoqdalar.
Kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarni ergangi kuni qanday bo’lishi, ko’p jihatdan ularni bugun qanday ta`lim-tarbiya olayotganiga, u yashayotgan, nafas olayotgan ijtimoiy muhitga bog’liq. Shu jihatdan olib qaralganda, bugun ustoz, murabbiy, ota-ona, tarbiyachi va keng jamoatchilik bolaning ertangi kuni uchun birdek mas`uldir. Shu o’rinda xorij olimasi Hillari Rodem Klintonning quyidagi fikrini keltirib o’tish g’oyat o’rinlidir: “...aksariyat bolalar bog’chaga boradigan yoshga Yetganlarida, ular miyasining arxitekturasi qurilib bo’lgan bo’ladi. Shu vaqtdan balog’atga Yetgunga qadar miya ishtiyoqi sust o’rganuvchiga aylanib qoladi, ammo ba`zan keyinchalik ham “bolalik g’ayrati” ning qayta tiklanish hollari uchraydi. Ammo u dunyoni qaytib hech qachon hayotining dastlabki bir-ikki yilidagi kabi shiddat bilan o’rgana olmaydi”.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ongida yuksak ma`naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishida oila a`zolari va tarbiyachilarning faoliyati alohida ahamiyatga ega. Zero, oila a`zolari, tarbiyachi va bola o’rtasida sofdillik, xushmuomalalik, kamtarlik, o’zaro hurmat bir so’z bilan aytganda samimiy munosabat kabi hislatlar mavjud bo’lsa, bu ibratli axloqiy-estetik sifatlar bolalarga ijobiy ta`sir etadi. Bola o’z oilasida, atrofida ko’rgan xatti-harakatlardan to’g’ri xulosa chiqarib, o’z yaqinlarini hurmat qilish va o’z burchini vijdonan bajarishga intila boradi.
Ma`naviy-axloqiy sifatlar keng ma`noli tushuncha bo’lib, uning zamiriga tabiat, ijtimoiy hayot, turmush va san`atga munosabatni tarbiyalash yotadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni Ona vatanga muhabbat, atrofdagilarga mehribonlik, rahmdillik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, xulq-atvor sifatlarini o’z ichiga oladi. Bolalarni go’zallikni idrok etish orqali tarbiyalab borilar ekan, asta-sekin ularda o’zgalarning xursandchiliklariga sherik bo’lish, hamdardlik bildirish, qayg’urish kabi xususiyatlar tarkib topa boshlaydi.
O’zbek xalqida “qush uyasida ko’rganini qiladi”, degan naql bor. Bundan ko’rinadiki, farzandlarimizning xushmuomala, saxiy va hurmatga loyiq kishi bo’lib Yetishishini istasak, biz ularga berayotgan tarbiya aynan shu xislatlarni o’zida mujassam etishi lozim. Agar biz farzandlarimizning tevarak-atrof va borliq haqida ko’p narsani bilishga qiziquvchi, mustaqil fikrlovchi inson bo’lib Yetishishini istasak, ularga ta`lim-tarbiya bera boshlagan ilk kunlarimizdanoq o’zimizning bunday xususiyatlarimizni ularga ko’rsata olish darajasida ibrat-namuna bo’lishimiz lozim.
Hayotiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, bolalar yoshligidan boshlab taqlidchan bo’ladilar. Ular oiladagi, ko’cha-ko’ydagi yoshi katta kishilarning yurish-turishlari, o’zini tuta bilishi, kiyinishlari, o’zaro munosabatlari va barcha xatti-harakatlarini kuzatib, uni o’zilariga singdirib boradilar. Zero, kattalar bu masalaga befarq qaramay o’zlarini tarbiyachi ekanliklarini unutmay hamma vaqt ibratli bo’lishga harakat qilishlari lozim. Shu bilan bir qatorda bolaning har bir xatti-harakatlari, bajarayotgan ishlari o’z navbatida oila kattalari, tarbiyachilar tomonidan rag’batlantirilib borilsa, ko’zlangan natijaga erishish mumkin. Zero, Hillari Rodem Klintonning fikricha: “...rag’batlantirish bolalarda maxsus ko’nikmalarni, qolaversa, keyinchalik o’qib-o’rganishga asqotadigan o’z kuchiga ishonch, har bir gapni dalillash, sa`i-harakat, mas`uliyat, tashabbus, tirishqoqlik, g’amxo’rlik, jamoaga qo’shilib ishlay olish, sog’lom fikr va muammolarni Yechish singari shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishda yordam berishi bilan ham ahamiyatga ega. Oila va maktab institutining asoschisi Doroti Rich ta`biri bilan aytganda, bunday “megamalaka (megaskills – eng zo’r malakalar) lar” shaxsiy qadr-qimmatning asosi va bizni hayot bo’ylab boshlab boradigan ma`naviy, axloqiy va ruxiy omillardir”21.
Bolaning axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishda bir qator vositalar (tevarak-atrof, tabiat, muhit, san`at, bayramlar, tadbirlar va hokazo) muhim o’rin tutsa-da, ammo qo’g’irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik tarbiyalash ham o’ziga xoslik kasb etadi.
Yurtboshimiz I.Karimovning ta`biri bilan aytganda “...har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o’yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvuriga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma`naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi”.
Oilada maktabgacha katta yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma`naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) bolalarda axloqiy his-tuyg’ular va xatti-harakatlarni tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish22.
Oilada maktabgacha katta yoshdagi axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e`tibor qaratish lozim:

  1. axloqiy tushunchalar xaqida ma`lumot berish;

  2. har bir o’rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, multik videorolik va bolalarni jonli xarakatlari orqali tushuntirish;

  3. bola doimiy ravishda “nima yaxshi-yu, nima yomon?” so’zining ma`nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etishi”.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy hislari to’la shakllanmagan, biroq bu xil munosabat uning hayotida muhim rol o’ynaydi. Bu yoshdagi bolalarning fahm-farosati, qiziqishi, intilishlari, tengdoshlari hayoti bilan ko’proq bog’liq bo’lib, anna shu tengdoshlari jamoasidagi voQea-hodisalarga hissiy munosabatni namoyish qiladi.
Ana shunday muhim pedagogik jihatlarni hisobga olgan holda, biz maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shkallanishi lozim bo’lgan ma`naviy-axloqiy fazilatlar va mazkur fazilatlarni shakllantirishga doir talablar majmuini ishlab chiqdik.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tayanch fazilatlar sifatida “mehnatsevarlik”, “insonparvarlik”, “do’stlik”, “mas`uliyatlilik”ni belgilab oldik. O’z navbatida har bir tayanch fazilat uchun xos bo’lgan ma`naviy-axloqiy sifatlarni aniqladik:

        1. Mehnatsevarlilik – ishtiyoqlilik, qiziquvchanlik, sabrlilik, irodalilik.

        2. Insonparvarlik – do’stlariga yordam berishga shaylik, kamtarlik, xushmuomalilik, odoblilik, saxiylik, beozorlik.

        3. Do’stlik – soflik, halollik, g’amxo’rlik, rostgo’ylik.

        4. Mas`uliyatlilik – tartiblilik, ozodalik, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish.

Tadqiqotimiz jarayonida har bir tayanch fazilat va ularga xos sifatlarning ta`riflarini shakllantirdik.
I. Mehnatsevarlik – maktabgacha katta yoshdagi bolaning mehnatga ijobiy munosabatini belgilab beruvchi muhim fazilat.
1. Ishtiyoqlilik – mehnat qilish istagi, biror ishni to’g’ri bajarishga layoqatlilik.
2. Qiziquvchanlik –bolaning narsa-buyumning qanday yaratilganligini bilishga bo’lgan ijobiy motivatsiyasi.
3. Sabrlilik – bolaning biror ishni o’ylab, to’g’ri xulosa chiqara olish asosida amalga oshirishga bardoshliligi.
4. Irodalilik – bolaning o’zi boshlagan ishini oxiriga Yetkazishga emotsional tayyorligi.
II. Insonparvarlik – o’zining ota-onasi, yaqinlari, do’stlari, umuman barcha odamlarni hurmat qilishi, ularga yordam berishga tayyorlik.
1. Do’stlariga yordam berishga shaylik –bolaning uy vazifasini tayyorlash, shanbalik, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish jarayonida do’stlarini qo’llab-quvvatlashga ma`naviy tayyorligi.
2. Kamtarlik – o’zini boshqa o’rtoqlaridan yuqori quymaslik, hammani birday ko’rish fazilati.
3. Xushmuomalilik – shirinso’zlik, yomon so’zlarni aytishdan tiyilish.
4. Odoblilik – belgilangan xulq-atvor qoidalariga rioya etish, me`yor doirasida o’zini tiya olish.
5. Saxiylik – qo’li ochiqlik, o’z narsa-buyumlarini boshqalar bilan baham ko’ra olish.
6. Beozorlik – o’rtoqlarini, o’zidan kichiklarni xafa qilmaslik, ularga mehr bilan munosabatda bo’lish.
III. Do’stlik – o’zaro bir-birini yoqtirish va hurmat qilish, qiziqishlarning yakdilligi va birgalikdagi faoliyatga asoslanish.
1. Soflik –bolaning o’zining do’sti oldidagi burchini sidqidildan, hech qanday manfaat ko’zlamasdan, ta`masiz bajarishi.
2. Halollik – o’zaro samimiy munosabat, bir-biriga ishonch, hurmat.
3. G’amxo’rlik – bir-birlari bilan turli jabhalardagi hamkorlik, umumiy ish uchun birga harakat qilish.
4. Rostgo’ylik – yolg’on gapirmaslik, aldamaslik, har qanday ishni to’g’ri bajarish.
IV. Mas`uliyatlilik – har qanday topshiriqni diqqat bilan bajarish, tiyraklik.
1. Tartiblilik – saranjom-sarishtalik, o’z narsa-buyumlari, o’quv va mehnat qurollaridan unumli va to’g’ri foydalanish.
2. Ozodalik – o’z narsa-buyumlari, tana a`zolari, o’quv qurollarini toza saqlash.
3. O’z-o’zini baholash – o’z xatti-harakatlarini mustaqil baholay olish va boshqalar bilan taqqoslay olish.
4. O’z-o’zini nazorat qilish – o’z xatti-harakatlarini muntazam boshqara olish, me`yordan chetga chiqmaslik.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda shakllanishi lozim bo’lgan fazilatlarni xuddi shunday tartibda tasniflash, ularni shakllantirish mexanizmlarini, shakl, metod va vositalari, kutiladigan natijalarni aniq belgilab olish o’zining yuqori samarasini beradi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:

  1. axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma`lum maqsadga qaratilganligi;

  2. ta`lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;

  3. axloqiy tarbiya ishini hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish;

  4. bolalarning faolligi;

  5. jamoada tarbiyalash;

  6. tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi;

  7. tarbiyaviy ishning ta`sirchanligi;

  8. oila, maktabgacha ta`lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta`sirining birligi;

  9. boladagi ijobiy sifatlarga suyanish;

  10. bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.

Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida sub`ekt-sub`ekt munosabatlarining o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun psixik jarayonlarga (motivatsiya, anglash, interiorizatsiya va boshqalar) tashqi ta`sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur. Axloqiy tarbiyani amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. O’zaro to’g’ri munosabat uslubi:
a) jamoaning katta a`zolari o’rtasida;
b) pedagogik va ota-onalar jamoasi o’rtasida;
v) kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabat, kattalarning bolalarga munosabati. Kattalar(pedagoglar)ning bolalarga nisbatan insonparvarlik tamoyilida, o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam, hurmat munosabatida bo’lishi eng muhim shart-sharoit hisoblanadi.
2. Oilada o’rnatilgan qat`iy kun tartibi.
3. Oilada oila a`zolariga nisbatan ijobiy hissiy munosabatni yuzaga keltiruvchi muhit yaratish.
4. Bolalarni axloq me`yorlari va qoidalariga o’rgatish hamda shular asosida bola shaxsida ijobiy axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash.
5. Oilaviy muhitda hamma bolalar uchun teng sharoit yaratish va bolalar jamoasi o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish.
6. Bolalarning bo’sh vaqtini xilma-xil qiziqarli faoliyatlarini tashkil etish.
7. Bolalarni ijobiy axloqiy xulqini mashq qildiradigan shart-sharoit tug’dirish.
8. Oilaning maktabgacha ta`lim muassasasi bilan hamkorligi va boshqalar.
Axloqiy tarbiyaga zamonaviy (shakllantiruvchi, madaniyatshunoslik, aksiologik, ijtimoiylashtiruvchi, germenevtik, sinergetik, antropologik) yondashuvlar tahlili axloqiy tarbiyaning quyidagi pedagogik sharoitlarini samarali vositalar sifatida ko’rsatish uchun asos bo’ladi:
- o’yin, muloqot, faoliyat jarayonida tabiiy ijtimoiy-axloqiy moslashuv;
- psixologik muhitni yaratish;
- dialog, hamkorlik;
- axloqiy qoidalar, hodisalarga qadriyatli munosabatni shakl-lantirish;
- tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil qilish;
- ijtimoiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish;
- axloqiy tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchlari sifatida qarama-qarshiliklarni aniqlash va bartaraf qilish;
- emotsional kechinmalarni uyg’otish;
- tarbiyalanuvchilarning ichki potentsialini ochib berish;
- axloqiy o’zgarishlarni doimiy tashxislash.
Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda aniq mezonlarga asoslanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha katta yoshdagi bola:
- O’zbekiston Respublikasida yashayotganini bilishi;
- o’zi haqida qayg’urishi, o’zining narsa-buyumlarini asrab-avaylashi, gullarni va uy hayvonlarini parvarishlay olishi;
- ota-onasi, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi, o’rtoqlari, tabiatni va butun tiriklikni sevishi;
- maktabgacha ta`lim muassasasidagi qiz va o’g’il bolalar bilan o’rtoq bo’lishi;
- uyda, maktabgacha ta`lim muassasasida va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga doir topshiriqlarni bajarishda mehnatsevar bo’lishi;
- tartibsizlik, ifloslik, nohaqlik, yomonlik, qizg’anchiqlikka qarshi turishi;
- uyda va maktabgacha ta`lim muassasasida foydalaniladigan narsalar, non, elektr toki, suv kabilarni asrab-avaylashi;
- kattalar, ota-onasi, o’rtoqlariga yordam berishi;
- rasm chizish, qo’shiq va she`r aytish, raqs tushish, yangi o’yinchoq va o’yinlarni yarata olishi lozim.
Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etish oilalardagii ma`naviy muhitga bevosita bog’liqdir. Ana shu sababli I.P.Podlasy shaxslararo munosabatlar xarakteri va ma`naviy muhit nuqtai nazariga ko’ra oilani quyidagi turlarga bo’ladi:
1. Bolalarni hurmat qiluvchi oilalar. Bunday oilalarda bolalar seviladi. Ota-onalar bolalarini nima qiziqtirayotgani, nima bezovta qilayotganini biladi. Ularning fikrlarini hurmat qilishadi, taktik yordam berishga harakat qilishadi. Bolalarning qiziqishlari rivojlanadi. Bu oila tarbiyasi uchun ham ko’proq muhim ahamiyatga ega. Bolalar bunday oilalarda baxtli, tashabbuskor, mustaqil, ahil-inoq bo’lib voyaga Yetadilar. Ota-onalar va bolalar o’zaro muloqotda qoniqish hosil qiladilar. Ularning munosabatlari oilaning umumiy axloqiy muhiti bilan tavsiflanadi: tartiblilik, ochiqlik, o’zaro ishonch, o’zaro munosabatlarda tenglik.
2. Rahmdil oilalar. Kattalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlar o’rtacha, biroq ular orasida ota-onalar ham, bolalar ham buzmaydigan aniq masofa mavjud. Bolalar oilada o’z o’rnini bilishadi, ota-onalariga itoat etishadi. Bolalarga nima kerakligini ota-onalarning o’zi hal qiladi. Ular gapga quloq soladigan, g’amxo’r, ahil-inoq, biroq kam tashabbuskor bo’lib voyaga Yetishadi. Ba`zan boshqalarga qaram, o’z fikriga ega bo’lmaydi. Ota-onalar bolalarining qiziqish va ehtiyojlarini tushunishadi hamda bolalar o’zlarining muammolarini ular bilan bo’lishadi. Bunday oilalarning salbiy jihati ota-onalar bolalarning rivojlanish dinamikasini hisobga olmaganliklaridir. Bunday holatda ota-onalarning g’amxo’rliklari yanada ko’proq bo’lishi kerak.
3. Iqtisodiy yo’naltirilgan oilalar. Bunday oilalarda asosiy e`tibor iqtisodiy ta`minlanganlikka qaratiladi. Bolalar bolalikdanoq hayotga amaliy (pragmatik) qarashga, hamma narsada o’zi uchun qulayini ko’rishga o’rgatiladi. Ularni yaxshi o’qishga da`vat etiladi, biroq yagona maqsad – oliy ta`lim muassasasiga kirish. Ota-ona va bolalarning ma`naviy dunyosi qashshoq. Bolalarning qiziqishlari hisobga olinmaydi, faqat «qulay» tashabbuskorliklarigina qo’llab-quvvatlanadi. Buni garchi to’liq ma`noda ijtimoiylashish deb atab bo’lmasa-da, bolalar erta katta kishiga aylanishadi.
Ota-onalar bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini tushunishga harakat qilishadi. Bolalar ham buni tushunishadi. Biroq ba`zan qabul qilishmaydi. Buning sababi ota-onalarning sust pedagogik madaniyatga ega bo’lganliklaridadir.
4. Adovatli oilalar. Bolalarga bu Yer yomon. Ularga ishonmaslik, ishonchsizlik bildiriladi, tana jazolari ham beriladi. Bunday oilalarda bolalar noahil, ular ota-onalariga yomon munosabatlarda bo’lishadi, ular o’zlari va tengdoshlari bilan bahamjihat bo’lishmaydi, maktabni yaxshi ko’rmaydilar, oiladan chiqib ketishlari ham mumkin. Bu Yerda munosabatlar mexanizmi shunday. Bolalarning xulq-atvorlari, hayotiy qarashlari oilada konfliktlarni keltirib chiqaradi va bu Yerda ota-onalar haqdirlar. Bunday vaziyat odatda bolalarning ota-onalarning tajribalari, oilaning rivojida ularning o’rnini to’g’ri baholay olmaydigan yosh xususiyatlari bilan bog’liq. Ota-onalarning adolatli xafagarchiligi bir tomondan bolalarning o’qishdagi asosiy mashg’ulotlariga zarar keltiradi, ba`zi holatlarda amoral xulq-atvorni keltirib chiqaradi.
Muhimi bunday vaziyatlardan chiqish uchun ota-onalar bolalarning xulq-atvor motivlarini anglab Yetishga harakat qilishi, ularning vaj (bahona) va argumentlariga Yetarlicha e`tibor qaratishidir.
5. Antisotsial oilalar. Bu oila emas, bu Yer bolalar uchun ularni kutishmaydigan, sevishmaydigan boshpanadir. Ota-onalar qoidaga muvofiq, amoral hayot tarziga o’tib olishgan: kofiliktlarga borishadi, bir-biriga va bolalarga po’pisa qilishadi, ichishadi. Bunday oilaning har qanday ta`siri salbiy. Bunday oilalarda yashayotgan bolalar odatda, davlat qaramog’iga olinadi.
I.P.Podlasyning oila turlari bo’yicha tasnifiga o’xshash tarzda ijtimoiy pedagogika fani bilan shug’ullangan olim M.A.Galaguzova bolani axloqiy kamolotga Yetkazish nuqtai nazaridan oilaning to’rt asosiy turini ajratib ko’rsatadi:
1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar o’z vazifalarini muvafaqqiyatli hal etadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez moslashadi. Muammolar kelib chiqqan holatda ularga bir karra yordam ko’rsatish Yetarli.
2. Ajralish xavfi bor oilalar guruhi. Bunday oilalar ba`zi me`yordan og’ish, ularda adaptiv qobiliyatlar pastligi bilan tavsiflanadi. Ular bola tarbiyasini katta qiyinchilik bilan eplashadi va mahalla raislarining ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarlari tomonidan beriladigan o’z vaqtidagi yordam va kuzatuvga ehtiyoj sezadilar.
3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar hayotiy faoliyatning biror-bir sohasida past ijtimoiy maqomga ega bo’lib, ular o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydilar, ularning adaptiv imkoniyatlari past,bola tarbiyasi jarayoni katta qiyinchiliklar bilan sekin, kam natijali kechadi. Bu oila turi uchun ijtimoiy pedagogning faolva davomiy ko’magi zarur. Muammolari xarakteridan kelib chiqib mahalla raislarining ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarlari ularga uzoq davom etadigan ishlar doirasida ta`limiy, psixologik, yordamlar ko’rsatadi.
4. Asotsial oilalar. Bunday oilalarning holati ularni tubdan isloh qilinishiga ehtiyoj sezadi. Bu oilalarda ota-onalar amoral va g’ayriqonuniy hayot tarzini yo’lga qo’yishadi, yashash sharoitlari eng oddiy sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bolalar tarbiyasi bilan esa qoidaga muvofiq, albatta hech kim shug’ullanmaydi, bolalar nazoratsiz, yarim och qolib ketishadi, rivojlanishda ortda qolishadi. Mahalla raislarining ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarlari bu oilalar bilan ish olib borganda, huquqni muhofaza qilish, vasiylik va homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi kerak.
Ota-ona ibrati sifatida namoyon bo’luvchi mazkur omillarga doimiy ravishda duch kelish ularning bola xarakteriga xos me`yorlarga aylana boradi. Shunga ko’ra, 6 yoshli bolani shartli ravishda ota-onasining «qayta rivojlanayotgan» kichik nusxasi deb atash mumkin. Agar bola faol tarzda ota-onasining tarbiyaviy namunasi asosida tarbiyalansa, o’g’il bola – otasining, qiz bola esa onasining xarakteriga xos bo’lgan ijobiy yoki salbiy sifatlarini o’zlashtiradi. Ayni o’rinda xalq og’zaki ijodi namunalari bo’lgan quyidagi maqollar fikrimizni yanada mustahkamlaydi: «Bola ko’rganini qilar, ota – bilganini», «Otadan – o’g’il, onadan – qiz», «Qiz bersang, otasiga qarab ber, qiz olsang, onasiga qarab ol», «Daraxtiga ko’ra – mevasi, ota-onasiga ko’ra – bolasi».
O’g’il-qizlarning tarbiyasida oila emas, aksincha, ijtimoiy muhit Yetakchi o’rin egallasa, ularda ota-onalariga xos bo’lgan sifatlarning takrorlanishi ro’y bermaydi. Balki, tashqi muhitda kimning ta`siri kuchli bo’lsa, bola ana shu sub`ektga xos sifatlarni o’zlashtiradi. Shu bois, garchi u sog’lom muhit qaror topgan oilada o’ssa-da, salbiy mazmunga ega tashqi ta`sirlar ota-onalaridan farqli ravishda bolada salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. «Fayratlining bolasi tanbal bo’lar», «Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l», «Odam tug’ilib yomon bo’lmas, ulg’ayib yomon bo’lar», «Qozonga yondashsang, qorasi yuqar, yomonga yondashsang yarasi» kabi maqollar yuqorida qayd etilgan fikrning yorqin isbotidir.
Tarbiya tushunchasi «parvarish qilish», «o’rgatish», «mehribonlik ko’rsatish», «ko’z-quloq bo’lish» hamda «himoya qilish» kabi ma`nolarini anglatadi. Oilaviy tarbiyaning pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etilishi yosh avlodning har tomonlama Yetuk qilib tarbiyalashda muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling