Mamajonov nodirbek shuxratjon o’G’lining raxbarlik uslublari


Download 32.43 Kb.
bet1/10
Sana09.01.2022
Hajmi32.43 Kb.
#268890
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nodirbek Mamajonov Boshqaruv psixalogiyasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI

KASB TA’LIMI IQTISODIYOT yo'nalishi

14U-18 GURUH TALABASI

MAMAJONOV NODIRBEK SHUXRATJON O’G’LINING

«raxbarlik uslublari» mavzusida tayyorlagan



mustaqil ishi
.

Ilmiy rahbar: Ps.F.D.



N. Sh. MULLABOYEVA NAMANGAN 2021

MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………................................................
I Boshqaruvning mohiyati, maqsad va vazifalari, o ‘ziga xos xususiyatlari.

II Boshqaruv uslublari.

III Boshqaruv madaniyati va uslubi.

Xulosa……………………………………………………………………………............................................

Glossary……………………………………………………………………….............................................

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.……………………...…………………………......................

KIRISH

Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi,



chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish,

bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek,

samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar man-

faatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv

jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga

iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mustaqilligimizni

qolga kiritmasimizdan oldin iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka

hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqat-

gina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega bo’lgan,

markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil

etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jam iyatda mulkdorlar sinfining

shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi

tarixdan ma’lum. 0‘zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-

navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan

bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni

bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning birinchi

bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida

e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o‘zga-

rishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini bosh­

qarish borasida ularning xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituv-

chi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkor-

likning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar

vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim

vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida

butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o‘rganish-

da, iqtisodiyotning butun tarmoqlarida, boshqaruvni amalga oshira

oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblatiib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa uning muhim xislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o‘rni, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib beradi.

I

Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to ‘g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtiso­diyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Boshqaruvni jam iyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtim oiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.

Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun

mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib

turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosa­

batlari bilan bog'liq bo‘lib, boshqaruv maqsadlarini belgilaydi.

Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish

samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi

faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi

ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni

ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish,

bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’m inlangan qatlam larini

qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

Boshqaruvning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa

qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni

o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga

olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning

strategiya va taktikasini belgilaydilar.

1991-yil 31-avgustda 0‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi

e’lon qilindi, shunday bir sharoitda davlat va iqtisodiyotni qayta

qurishning bosh maqsadi 1- Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyi-

dagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan

barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuch demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jam iyatini barpo etishdan iborat».

Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga

va boshqariladigan vazifalarga nechog‘lik bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy siyosiy sohada:

— ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzil-

malaridan qutulish;

— davlat qurilishining demokratik huquqiy tamoyil va me’yorlariga

o‘tish;


— fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqalar.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:

— iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;

— mulkchilikning xilma-xilligi;

— narx erkinligini ta’minlash;

— raqobat kurashiga o ‘tish;

— ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga ham da bozor munosabatlariga o ‘tish va boshqalar.

M a ’naviy sohada:

— mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o‘ta siyosatlashgan mafkura hukm ronligidan qutulish.

Xalqaro munosabatlar sohasida:

— butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;

— jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘1 ochish.

Bozor munosabatlariga o ‘tish ishlab chiqarish va bozorning samarali

o‘zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalaming o‘z-o‘zini boshqa­

rishning mutanosib nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan

iqtisodiy mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgandir.

Boshqarish usullari kishilarni, jamiyatni obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undaydi. Ular aniq bir usul,

uslub, maqsadga erishish yo'lini ifodalaydi.

Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi,

ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning

murakkablashuvi bilan kengayib borad i. Boshqaruv ishlab chiqarish

jarayonida ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari

mavjud bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatni

shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini

qondira oladigan bozor infratuzilma elementlari va ularning o‘zaro

aloqasini ta’m inlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, harbir

fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini

e’tiborga olgan holda ularning jahon sahnasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaratilgan bo ‘ladi.


Download 32.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling