Mamasoli jumaboyev
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
ning ovozi eshitiladi, degansan.
— Aytdim-ku, oyim o‘rgatdi deb. — Oying nima deb o‘rgatdi? — Ko‘cha-ko‘yda yurganingda, maktabga borganingda shunday deb aytasan, dedi. — Demak, hammasi yolg‘onmi? — Yolg‘on, Azroilbobo, yolg‘on. — Yolg‘onligini maktabga borib aytasanmi yoki joningni olib qo‘ya qolaymi? — Aytaman, bugunoq aytaman. — Bo‘lmasa seni sinab ko‘raman. Hozircha joning o‘zingda tursin. Uy vazifalarini yaxshilab tayyorlagin, Hoshim degan bola so‘rasa yo‘q demagin... Òashqariga chiqib, endi nima qiliq ko‘rsatsam ekan, deb o‘ylanib qoldim. Hali folbin xolam bolali ayolga dori bera- yotganida xaltasiga ko‘zim tushib qoluvdi. Ana o‘sha xaltachalarni ham bir tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Har xil chitdan tikilgan katta-kichik beshta xaltacha bor, hammasida ham o‘zimizning dorixonalarda sotiladigan oddiy dorilar: birida penitsillin, birida biomitsin, boshqasida yurak o‘ynoqi bosadigan poroshok. Xudoyi taolo ato qilgan noyob dorilar deb xolajonim ana shularni pullayotgan ekan. Yashavorsinlar-e, dedim o‘zimga- o‘zim, hali shoshmay tursinlar, o‘zlarini ham bir uyaltirib qo‘ymasammi... Folbin xolamning cho‘ntagiga qo‘l solib besh-o‘n so‘m oldim-da, darhol tug‘ruqxona oldidagi dorixonaga yugurdim. O‘sha yerdan ichni suradigan har xil dorilar olib keldim. Xaltachalardagi dorilarni olib, o‘rniga o‘shalarni ehtiyotlik bilan joylab qo‘ydim. Oradan o‘n-o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas xolamning obro‘lari ham bir pul bo‘ldi. Sen hali bizni ataylabdan zaharlamoqchi bo‘ldingmi, deb ichi surib darmondan ketgan bemorlar xolamni tutib olib rosa do‘p- poslashdi... 232 Ishlarim yurishganidan yurishib ketdi. O‘zim xursand, kayfim chog‘, ashula aytganim-aytgan. Baholarim ham joyida — nuqul besh! Ilgarigidek uy vazifangni bajargan bo‘lsang menga berib tur, deb birovlarga yolvorib ham o‘tirmayman. O‘qituvchilarimizning uyiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib o‘sha yerdan ko‘chiraman-qo‘yaman. Obro‘yim ham shunaqangi oshib ketdiki, o‘qituvchilar menga kulib boqadigan bo‘lib qolishdi. Faqat og‘zaki so‘raladigan fanlardan hamon mazam yo‘g‘roq. Lekin unga ham bir vaj topib qo‘yganman. — Mening og‘zaki nutqim rivojlanmagan, yozma ravishda talab qilaveringlar, — deyman-da, o‘qituvchilarimizning o‘zla- ridan ko‘chirib olgan konspektlarni sal boshqacharoq qilib o‘qib beraveraman. Xullas, ishlarim har jihatdan yurishib ketgan edi. Sinf- komimizni amaldan tushirib o‘rniga meni saylamoqchi bo‘lib turishgan edi-yu, bir xatoga yo‘l qo‘yib, butun maktabda sharmanda-yu sharmisor bo‘ldim, rostini aytsam, bir pulcha obro‘yim qolmadi. Darsdan ketayotganda hech kim sezmasa kerak deb o‘zimga va eng yaqin do‘stim bo‘lmish Qosimjonga yettita fandan a’lo baholar qo‘yib, chorak tugamagan bo‘lsa ham, cho‘zib o‘tiramanmi, deb chorak baholarini ham chiqarib qo‘ya qolgan edim. Bu ishni avval ona tili o‘qituvchimiz, so‘ngra fizika o‘qituvchimiz payqab qolibdi. O‘sha soat- dayoq hammaga oshkor bo‘libdi. Ertasiga maktabga bo- rishim bilan direktorning xonasiga chaqirishdi. Kirsam, yettita o‘qituvchi qator o‘tiribdi. Qosimni ham chaqirtirib kelishdi. — Hoshim, beriroq kel-chi, — dedi Otajon Azizovich barmog‘i bilan jurnaldagi bahoni ko‘rsatib, — bu baholarni kim qo‘ydi? — Bilmasam... — dedim yelkamni qisib. — Sen qo‘ydingmi? — so‘radi Qosimdan direktor. — Nimani? — mendan battarroq hayron bo‘lib dedi Qosim. — Ikkoving maslahatlashib qilgansan bu ishni. Ochiq- chasiga iqror bo‘linglar, — dedi o‘qituvchilardan biri. — Yo‘q, bu ish Qosimdan chiqqan, — dedi boshqasi, — 233 nega desanglar, Hoshim so‘nggi paytlarda ancha tuzalib qoldi. Baholari ham nuqul besh... O‘tirganlarning hammasiga bu fikr ma’qul tushdi shekilli, har tomondan bechora Qosimga savol yog‘dira boshlashdi. Qarasam, do‘stimning ahvoli chatoq — ko‘zidan miltillab yosh tomchilari ko‘rinyapti. Yo‘q, qilg‘ilikni men qilib, jabrini birov tortmasligi kerak! Shartta o‘rtaga chiqdim: — Kechirasizlar, bu ishni men qilganman. — Nimaga? — sakkiz kishi birdaniga shu savolni berdi. — Ha, men qilganman. Qosimning bu ishdan mutlaqo xabari yo‘q. Undan keyin, xullas, bu ishni men qilganman... Òamom, hali aytganimdek, obro‘ ikki pul bo‘ldi. Aytil- magan gap-u, qilinmagan nasihat qolmadi. Mendan shu ketishda ketaversam tuzukroq odam chiqmas emish, agro- nom ham, injener ham, zootexnik ham bo‘la olmas emish- man. — Yo‘q, — dedim qaysarligim tutib, — mendan agronom chiqadi, albatta. — Chiqmaydi! — sakkizovlari bir ovozdan takrorlashdi. — Bo‘lmasa zootexnik bo‘laman. — Ilmsiz bo‘lsang, zootexnik tugul molboqar ham bo‘lolmaysan. — Bo‘la olaman. — Gapni ko‘paytirma, bo‘lolmaysan! — achchig‘i chiqib dedi direktor. — Bo‘laman, bo‘laman, bo‘laman! — dedim-da, eshikni tarsillatib yopib chiqib ketdim. Men o‘qimay turib ham, boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, shoir-u artist ham bo‘la olaman deb qattiq ishonar edim. „Ha, albatta, bo‘laman, — deb takrorlardim o‘zimga o‘zim, — bularga, menga ishonchsizlik bilan qarayotgan mana shu qadrdon o‘qituvchilarimga o‘zim- ning kimligimni ko‘rsatib qo‘yaman...“ O‘sha kuni kechasiyoq qahramonliklar ko‘rsatib, shon-u shuhrat taratib, o‘qituvchilarimni, Otajon Azizovichni hayrat- da qoldirish niyatida safarga otlandim. Xayr, jonajon qishlog‘im, hayqirib toshdan toshga urilib oqayotgan zilol suvli anhorlar, poyonsiz mevazor bog‘lar, hammangizga xayr. Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. Endi sizlarga hech kim tosh otib 234 shoxingizni sindirmaydi, tanangizga mix qoqib ozor bermaydi! Mehribon oyijonim, sho‘xliklar qilib ko‘nglingizni og‘rit- gan bo‘lsam, qaysarligim tufayli o‘ksitgan bo‘lsam, kechiring meni! Qo‘ng‘ir sochli singillarim, sizlar ham yaxshi qoling. Har xil qiziqchiliklar qilib sizlarni qiqirlatib kuldiradigan, maktabdan qaytayotganingizda sho‘x bolalar urganda tarafin- gizni oladigan akangiz yoningizda yo‘q endi. Sog‘inganda, ko‘nglingiz o‘ksiganda rasmiga boqing. Lekin yig‘lamang. U, albatta, keladi, qahramonliklar ko‘rsatib qaytadi. O‘z o‘qi- tuvchilariga o‘qimasdan turib ham agronom bo‘la olish mumkinligini, artist bo‘lib hammani o‘ziga mahliyo qila olishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yadi. Ha, albatta, ko‘rsatadi. Ko‘ksi to‘la orden bilan qaytadi. Xayr! Ey, chala qolgan uy vazifalari, sizlarga ham xayr! Yarim tunda qishloqdan chiqib borar ekanman, ko‘zim jiqqa yosh, ammo qalbim shodliklarga to‘la edi. 235 O‘zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, kichkintoylarni to‘lqinlantiradigan pyesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashib kelayotgan qalam- kashlardan biri Farhod Musajon 1933-yilda Òoshkent shahrida tug‘ildi. 1956-yilda ÒoshDU ning sharq fakultetini tamomladi. Bir necha yil O‘zbekiston radiosida, „O‘zbekiston madaniyati“ gazetasida, „G‘uncha“ jurnalida mehnat qiladi. 1966-yildan esa „O‘zbekfilm“da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlab kelmoqda. Farhod Musajonning ilk asarlari 1955-yilda e’lon qilingan. Shundan so‘ng „Cëó÷àé â ãîðíîì êèøëàêå“ (1958), „Daradagi qishloqda“ (1960), „Oftobni quvlab“ (1970), „Chin do‘stlik“ (1976), „Chevar qiz“ (1982), „Buloq suvi“ (1982), „Òurdi, velosiðed va men“ (1983), „Ãëîòîê ðîäíè- êoâîé âîäû“, „Òekin tomosha“ (1989) kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo‘ldi. Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi kichik hamda o‘rta va katta yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan asarlarni ham uchratish mumkin. Adibning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan jajji hikoyalari bog‘chalar dasturidan o‘ziga xos o‘rin olgan. Ma’lumki, bu davr bolalar kitobxonligi ota-onalar, tarbi- yachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona- yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari, mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan tarkib topa boshlaydi. Òurmushda qizg‘anchiq bo‘lmaslik, kasb-hunar egasi bo‘lishga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Farhod Musajon (1933- yilda tug‘ilgan) 236 Bu davr bolalarining pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan Farhod Musajon ularga bag‘ishlab „Eng yaxshi bobo“, „Shodiyona kun“, „Shiqildoq“, „Pahlavon va nimjon“, „Sovg‘a“, „Ajoyib buzoqcha“, „Yaxshilik“, „Òo‘lab ber“, „Varrak“, „Dog‘“ kabi o‘nlab hikoyalar yaratgan. Adibning „Varrak“ asari mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi. Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri „Eng yaxshi chana“dir. Bu hikoyada qo‘li ochiq, bag‘ri butun bo‘lishlik, qizg‘anchiq bo‘lmaslik kabi xislatlar kichkintoylar ongiga yetkaziladi. Latifjonga dadasi chana olib kelib beradi. Quvonchdan bolaning boshi ko‘kka yetay deydi. Latifjon boshda ancha qizg‘anchiq bo‘ladi. Shuning uchun chanada bitta o‘zi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qo‘li tegib ketsa, chanani ko‘tarib uyiga chopadi. Latifjonning dadasi o‘g‘lidagi bunday qizg‘anchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o‘tirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi: — Bilasanmi, — dedi dadasi o‘g‘liga, — men bu ajoyib chanani qayerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo‘lda yasalgan chana. Yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bitta og‘aynimning adasi olib bergan ekan. Og‘aynim o‘sha paytda sendek ekan. Chananing chiroyliligini ko‘rib uchishga uning ham ko‘zi qiymabdi. Kattaroq bo‘lganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qo‘yishadi, deb asrab yuraveribdi. Oradan yillar o‘tibdi, bir kun qarasa bolaligi tugab chol bo‘lib qolibdi. Endi unga chana kerak emas edi, chunki chol odam uyalmasdan chana uchadimi?! Og‘aynim chanani menga sovg‘a qilar ekan, beg‘u- bor bolalik chog‘imda maza qilib ucholmadim, ishqilib sening o‘g‘lingga yaxshi xizmat qilsin, dedi. Shunaqa o‘g‘lim, qiz- g‘anchiq odam zavqdan mahrum bo‘ladi! Latifjon boshda dadasining bu gaplariga tushuna qolmaydi. Yuragining allaqayeri jiz etgandek bo‘ladi. Nihoyat u dadasiga yuzlanib: — Ertadan boshlab ayamasdan uchaman, — dedi. Adibning „Sovg‘a“ hikoyasi ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan. Asarda bolalar mehnatkash 237 bo‘lishga da’vat etiladi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik kitobxonda katta taassurot qoldiradi. Xullas, Farhod Musajon o‘zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalarga bag‘ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib nasihat qilish yo‘lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida ko‘p uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va ayt- moqchi bo‘lgan muhim gaplarini ana shu voqealar mag‘ziga singdirib yuboradi. Farhod Musajonning „Orzuga ayb yo‘q“, „Bo‘sh kelma, Aliqulov“, „Buloq suvi“ va boshqa qissalari o‘zbek bolalar adabiyotida muhim o‘rinda turadi. Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning meh- rini qozongan. „Xayolparastlar“, „Oq kabutarlar“, „Sabil qoldi“, „O‘g‘limni qaytarib bering“ pyesalari shular jumlasi- dandir. Bular orasida, ayniqsa, „O‘g‘limni qaytarib bering“ asari mashhur bo‘lib, dramaturg uning nomini o‘zgartirib, „Najot istab“ deb qaytadan ishladi. U O‘zbek milliy akademik drama teatrida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Dushanbe, Olmaota shaharlarida, Òataristonda sahna yuzini ko‘rdi. Pyesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos katta roli haqida gap boradi. Farhod Musajon kattalarga bag‘ishlab „Bahor nafasi“, „Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi“, „Xotin kishining ra’yi“, „Ko‘r shofyor“, „Zo‘raki kashanda“, „Nozik masala“, „Kalla- pocha“, „Himmat“, „Bog‘ ko‘cha“ kabi kitoblar yozgan. SOVG‘A (Hikoya) Bir kuni Oqiljonning dadasi uch-to‘rt tup atirgul ko‘chati ko‘tarib keldi. — Qani, o‘g‘lim, qarashib yuboring, gul ekamiz, — dedi. — Xo‘p bo‘ladi, — suyunib ketdi Oqiljon. Dadasi chuqurcha qazidi. Oqiljon suv quyib turdi, har bir chuqurchaga gul ko‘chati o‘tqazib, ustidan tuproq tortishdi. Yaqinda Oqiljon hovlida o‘ynab yurib gul ko‘chatlari barg ochganini, bittasi hatto kichkinagina g‘uncha tukkanini ko‘rib qoldi. Quvonib ketdi. Shundan keyin har kuni ertalib o‘rnidan 238 turdi deguncha yugurib gulning oldiga boradi, g‘uncha katta bo‘lmayaptimi, yo‘qmi deb qaraydi. Lekin g‘uncha sira ochilmas, qanday bo‘lsa shundayligicha o‘zgarmay turardi. Oqiljon dadasidan so‘radi: — Dada, g‘uncha nega katta bo‘lmayapti, qachon gul ochadi? — Parvarishga bog‘liq, o‘g‘lim, — olma pish, og‘zimga tush deb o‘tirsang o‘tiraverasan, — dedi Oqiljonning dadasi, — tagini tez-tez yumshatib, suv quyib tursang, ana o‘shanda ochiladi. — Bo‘pti, parvarish qilaman, — dedi Oqiljon. U so‘zining ustidan chiqdi, tesha bilan gul ko‘chatining tagini yumshatib, kunora suv quyib turdi. Ko‘p o‘tmay g‘unchaning uchi yorilib qið-qizil gul ko‘rinib qoldi. Oldiniga kichkina edi, bir haftadan keyin esa piyoladek keladigan qið- qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli ediki, Oqiljon qarab to‘ymasdi. Yakshanba kuni devor-darmiyon qo‘shnilari Shohistaning tug‘ilgan kuni edi, chiqib Oqiljonni mehmonga taklif qildi. Oila a’zolari o‘tirib Oqiljonning Shohistaga qanday sovg‘a olib chiqishini maslahatlashdilar. Oqiljonning buvisi, oyisi, katta akasi har xil narsalarni aytishdi, lekin biror qarorga kelisholmadi. Atirgulingni olib chiqa qol, — dedi dadasi. — Ho... — dedi Oqiljon, hali men Shohista uchun shuncha ovora bo‘lib gulni ochiltirgan ekanman-da. Kerak emas! Hamma birdan jim bo‘lib qoldi. — Men yolg‘iz o‘zing uchun gul o‘stirganingni bilmagan ekanman, — dedi xomush ovozda dadasi, — uzmasang bari- bir uch-to‘rt kundan keyin so‘lib, barglari to‘kilib ketadi. Oqiljon anchaga ikkilanib o‘tirdi, oxiri gulni shartta qaychi- da qirqdi-da, qo‘shnisinikiga yo‘l oldi. Shohista gulni ko‘rib quvonib ketdi, idishga solib stolning o‘rtasiga qo‘ydi. Bir uy bola mehmon bo‘lib o‘tirgan ekan, hammaning gulga havasi keldi. Ayniqsa, Nodira bilan Nigora „Ñhiroyli gul ekan“, deb rosa bijirlashdi. Shu payt uyga Shohistaning buvasi kirib keldi. — Bay-bay-bay, bunday ajoyib gulni kim parvarishlab o‘stirdi-yu, kim sovg‘a qildi senga? — deb so‘radi nabirasidan. — Gulni men o‘stirdim, — bu gap og‘zidan qanday chiqib ketganini Oqiljon sezmay qoldi. — Hali g‘unchasi ko‘p, 239 mana ko‘rasizlar, ochilganda Nodiraga ham, Nigoraga ham beraman! Bobo iljayib uning yelkasiga qoqdi. — Barakalla, bo‘talog‘im. Niyatingki birovlarning ko‘nglini olish ekan, demak, sendan haqiqiy bog‘bon chiqadi! YAXSHILIK Fazliddin o‘rtog‘i Nabi bilan ko‘chada o‘ynab yurardi. Shu payt uzoqdan qo‘shnilari Normamat boboning kelayotganini ko‘rib qoldi. Cholning qo‘lida tugunchasi ham bor edi. Fazliddin hovliqib o‘rtog‘iga kerildi. — Hozir-chi, men borib, Normamat bobomlarga yordam beraman. Qo‘llaridagi tugunchani ko‘tarishib yuboraman. Bilasanmi... men qariyalarga yordam beraman. Meni Normamat bobo juda yaxshi ko‘radilar, doim odobli bola ekansan, deb maqtaydilar. Ishonmasang men bilan birga yurgin, o‘zing ko‘rasan. Bolalarga yaqinlashib qolgan Normamat bobo Fazliddinning so‘zlarini eshitdi chog‘i, miyig‘ida jilmayib qo‘ydi. Fazliddin boboning oldiga yugurib bordi va uning qo‘lidan tugunchani oldi. — Bobo, keling yordamlashib yuboray, sizga doim yordam beraman-a? — so‘radi Fazliddin, Nabi eshitsin uchun jo‘rttaga baqirib. — Ha, har doim yordam berasan, — boshini likillatib tasdiqladi Normamat bobo. Fazliddin oldinda, Normamat bobo orqada yo‘lga tushdilar. Uyiga yetgandan keyin Normamat bobo Fazliddinning qo‘lidan tugunchani oldi. Lekin har galgidek „Barakalla, bo‘talog‘im, odobli bola ekansan“, deb maqtamadi, faqat quruqqina qilib „Rahmat“ dedi va engashib Fazliddinning qulog‘iga allanarsalar deb pichirladi. Keyin kulimsiraganicha uyiga kirib ketdi. Fazliddin noqulay ahvolga tushib qoldi. Labini tishlab chap oyog‘i bilan yer chizdi. Uning yoniga yugurib o‘rtog‘i keldi. — Ha, nega nafasing ichingga tushib ketdi? — so‘radi Nabi. — Normamat bobo nima dedilar? Fazliddin boshini ko‘tarolmasdi. — Nega indamaysan? — Yaxshilik qil, lekin maqtanib, uni yuvib yuborma, dedilar Normamat bobo, — zo‘rg‘a javob berdi Fazliddin. 240 Latif Mahmudov 1935-yilda Òoshkent shahrida dunyoga kelgan. Òoshkent davlat universitetini tamomlagach, 20 yilga yaqin vaqt mobaynida O‘zbekiston radiosida mehnat qildi. Ayni kunlarda „Kamalak“ nashriyotida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlayot- gan Latif Mahmudov 1961-yilda o‘zining ilk kitobi — „Chinor“ hikoyalar to‘plami bilan bolalar adabiyotiga kirib kelgan edi. Ana o‘shandan beri u ham nasr, ham dramaturgiya sahifasida bolalar qalbiga quvonch bag‘ishlab kelmoqda. Latif Mahmudov asarlarining qahramonlari o‘qishda, jis- moniy mehnatda, ahillikda, oqko‘ngillikda, bir-birlariga g‘am- xo‘rlik va mehribonlikda barchaga namuna bo‘la oladigan bolalardir. „Chinor“ hikoyasining qahramonlariga Salim boboning har kuni ertalabdan kechgacha chinorning tagida o‘tirishi boshqacha tuyuladi. Ular chinor ostida bir yashirin sir bor deb o‘ylay- dilar. Ma’lumki, bolalar har bir narsaga qiziquvchan bo‘ladilar. Ular o‘zlari uchun noma’lum bo‘lgan olamning sir-asrorlarini tezroq bilib olishga, uning poyoniga yetishga intiladilar. Shokir ham, Vali ham ana shunday bolalar toifasidan. Shuning uchun ular chinor va uning ostidagi supaga juda qiziqib qoladilar. Salim otaning kecha-yu kunduz supada o‘tirishi ularni hayratga soladi. Aslida chinorda ham, supada ham hech qanday sir yo‘q edi. Boboning yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, u shoirtabiat yigit bo‘lgan. Bir vaqtlar bu chinor oldida bir ayol anhorga tushib ketadi. Uni Salim otaning o‘g‘li anhordan olib chiqadi. Ammo o‘zi anhordan chiqolmay, suvga cho‘kib halok bo‘ladi. Shu sababli chol chinor ostida, supa ustida uzoq o‘tirib, o‘g‘lidan qolgan yodgorlik — kitobini qayta-qayta o‘qiydi. Latif Mahmudov (1935- yilda tug‘ilgan) 241 Bundan bexabar bo‘lgan bolalar g‘or qazib, bu yerdagi sirni bilib olmoqchi bo‘ladilar. Kutilmaganda bolalarning g‘ori o‘pirilib, supa qulab tushadi. Bu yerda hech qanday sir ham, tarix ham yo‘q ekanligini bilgan bolalar, ayniqsa, boboning supa o‘pirilib tushgandan keyingi holatini ko‘rib, o‘zlarini o‘zlari kechira olmaydilar. „Chinor“ hamon sevib o‘qiladi, bolalarni yaxshilikka, keksa- larga ko‘mak berishga, ajoyib inson bo‘lib kamol topishga da’vat etib kelmoqda. Kimki jismoniy mehnatga berilsa, badantarbiya hamda sport bilan oshno bo‘lsa, u hayotda sog‘lom va tetik bo‘ladi, oldiga qo‘ygan niyat-maqsadiga erishadi, tengqurlari o‘rtasida obro‘- e’tibor qozonadi. Aksincha bo‘lsa, unday bolalar hech nar- saning uddasidan chiqa olmaydigan, o‘qishda ham, sportda ham, hayotda ham boshqa bolalardan ortda qolib ketishga o‘zlari sababchi bo‘ladilar. Latif Mahmudovning „Darvozabon“ hikoyasining qahra- moni Orif yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ikkinchi toifadagi bolalar sirasiga kiradi. Boshqa bolalar turli oromgohlarda, dam olish maskanlarida yozgi ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazib, sport bilan shug‘ullanib, yangi kuch-quvvat to‘playdilar, har tomonlama chiniqadilar. Orif-chi? U na jismoniy mehnat qiladi, na sport bilan shug‘ullanadi, na badiiy kitob o‘qiydi. Kecha-yu kunduzi ovqat yeb, xomsemiz bo‘lib qolganligini Latif Mahmudov bolalarga ta’sir qiladigan darajada chizib beradi. Latif Mahmudov hikoyalari mavzusi jihatdan rang-barang. Ularning hammasida bolalarning qaynoq hayoti ufurib turadi. Latif Mahmudov o‘zbek bolalar adabiyotida qissa janrini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shib kelayotgan iste’dodli adiblardan biri hisoblanadi. Uning „Eski dutorning sirlari“, „Òog‘dagi lolalar“, „Òog‘da otilgan o‘q“, „Ikki dangasaning sarguzashtlari“ kabi qissalarini o‘qimagan yosh kitobxon topilmasa kerak. Adib o‘z qissalarida bolalarning ezgu-niyat, orzu va intilishlarini topib yozadi. Qissalarda a’lo va yaxshi o‘qishga intilish, kattalarni hurmat qilish va kichkintoylarga yordam qo‘lini cho‘zish, jonajon o‘lkaga fidokor kishilar bo‘lib kamol topish kabi masalalar yotadi. „Ikki dangasaning sarguzashtlari“ qissasining qahramon- lari — Mirvali, Botirlar oddiy, boshqalardan farq qilmaydigan 16— Bolalar adabiyoti 242 bolalar, ammo xatti-harakatlari, intilishlari bir jahon. Ikkalasi ham yomon o‘quvchilardan emas. Xulq-odoblari ham boshqalarga manzur bo‘ladigan bolalardan. Hamma gap o‘quvchilarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radi- gan, ularning ko‘ziga hatto cho‘p tushishini ham istamaydigan adabiyot muallimi Alijon Valiyevichning Botirning dadasiga maktub yozib berishidan boshlanadi. Alijon Valiyevichning bolalar ma’qul ko‘rmaydigan bir odatini yozuvchi ta’sirchan qilib ishlaydi. Buning Mirvali tilidan berilishi yanada ishonchli chiqqan: „Siz Alijon Valiyevich juda badjahl odam ekan, deb o‘ylamang. Alijon Valiyevich birovga qattiq gapirmaydi, urishmaydi, qovog‘ini ham solmaydi. Hatto aybingizni ham aytmaydi. Gunohingiz og‘ir bo‘lsa, ikki ellik xat yozib konvertga soladi, yaxshilab yelimlaydi, sizning oppoq oqarib ketayotganingizdan zavqla- nib, beparvolik bilan qo‘lingizga tutadi...“ — „Shuni dadangizga berib qo‘ying“. Botir o‘qituvchining qo‘lidan maktubni olar ekan, dah- shatga tushadi, nima gunoh qilib qo‘yganini bilmay o‘y-xayolga botadi. Hamfikr, do‘st, sirdosh, yursa-tursa birga bo‘ladigan Mir- vali bilan o‘qishda, yurish-turishda yo‘l qo‘ygan xatolarini xo‘p o‘ylashadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular kunlardan bir kun chollarga salom bermay o‘tishgan, qachonlardir tanaffusda bir Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling