Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi


Tadqiqotning ilmiy yangiligi


Download 32.11 Kb.
bet4/5
Sana18.11.2023
Hajmi32.11 Kb.
#1784849
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosnoma

Tadqiqotning ilmiy yangiligi Boshlang‘ich sinf o`quvchilarida mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari asosida shakllantirishning nazariy aspektlari jahon ta’lim amaliyoti standartlarini milliy o‘quv dasturi mazmuniga implementatsiya qilish asosida aniqlashtirilgan;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari (o‘qish va tushunish darajasi, mantiqiy va kreativ fikrlashi) asosida mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning pedagogik bosqichlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-texnologik, refleksiv-baholash)ni o’qituvchilarning zamonaviy pedagogik faoliyati (moderator, fasilitator, tьyutor, mentor) mazmuniga singdirish asosida amalga oshirilgan;
Darhaqiqat, o‘quvchi tafakkurini har tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda ekskursiya darslari keng koʼlamda olib borish kerak. Chunki uning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan toʼgʼri samarali foydalanish esa o‘qituvchining vazifasidir. Oʼquvchining hissiy bilish, maʼlumot va ko‘nikmalarni qabul qilishga keng imkoniyat yaratish uchun erkinlik berish, uni ijodiy ishlar qilishga, bajargan ishi samarasini koʼrib quvonishiga, yangi-yangi yutuqlarga yoʼllash zarur.
O‘quvchilarga beriladigan bilimlar, ko‘nikmalar, asosan, dars jarayonida singdirilishi, birinchi sinfda oʼquv yili davomida, uyga vazifa berilmasligi, berilsa ham ular yengil kuzatish, taqqoslash, sanab koʼrish, rasm chizish, qoʼshiq aytish, sayr qilishdan iborat boʼlib, bu bilan taʼlim elementlarini asta-sekin oʼzlashtirib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda oʼquvchi fikrlaydi, sanaydi, faraz qiladi, tevarak-atrof goʼzalligidan bahramand boʼladi, eng muhimi, hordiq chiqarib, tinch uxlaydi va ertasiga darsga ziyrak holatda keladi. Eskirib borayotgan metodlar, uy vazifasining ortib borishiga yo‘l qoʼymaslik, xususan, oʼquvchilariga beriladigan uy vazifalarini meʼyorlash joiz. Bugungi kunda taʼlim sifatini baholovchi PIRLS xalqaro dasturiga tayyorgarlik koʼrishda mustaqil ishlar jarayonini tizimli tashkil etish ijobiy samara beradi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi “Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi” tomonidan PIRLS baholash dasturiga tayyorgarlik koʼrish uchun 8 turdgi mashq daftarlari nashr etilgan. Ushbu mashq daftarlari 4-sinf oʼquvchilaring oʼqish va tushunish darajasini baholaydi. PIRLS xalqaro baholash tadiqotiga mustaqil ishlar jarayonida tayyorgarlik koʼrish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki, o‘qish darslarida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun -talabalarda axloqiy madaniyatini shaklantirishning metodologik asoslari va pedagogik shart-sharoitlarining belgilanganligi;yangilik bo‘lmasa-da, uni tashkil etish, unumli va samarali bo‘lishiga erishish ko‘p jihatdan sinf o‘qituvchisining mahoratiga bog‘liq.
O‘qish darslarida mustaqil ishlarning samaradorligini oshirish o‘quvchilar tafakkurini va ongini o‘stiradi, fikrlash qobiliyatini charxlaydi, dadil fikr-mulohazalar yuritishga chorlaydi. O‘z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo‘l ochib beradi.

Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling