Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi
Download 32.11 Kb.
|
Asosnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSNOMA Tadqiqotchi F.I.SH: Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi Dissertatsiya mavzusi
- Ish bajarilayotgan tashkilot
Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta`lim) mutaxassisligi magistranti Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizining “Boshlang'ich sinflarda mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari asosida shakllantirish metodikasi" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha ASOSNOMA Tadqiqotchi F.I.SH: Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi Dissertatsiya mavzusi: "Boshlang'ich sinflarda mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari asosida shakllantirish metodikasi" Ixtisoslik shifri va nomi: 70110501 Ilmiy rahbar: dotsent, f.f.d.(PhD) N.Xadjimusayeva Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog’i: Boshlang‘ich ta`lim Ish bajarilayotgan tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Respublikamiz taʼlim tizimida kompetentsiyaviy yondashuvni qaror toptirish hamda “2030-yilga kelib “Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash” dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish” xalq taʼlimi tizimining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.Uzluksiz taʼlim tizimining poydevori bo‘lgan boshlangʼich taʼlimda innovatsiya jarayonini amalga oshirishda xalqaro tajribalarni taʼlim samaradorligini oshirishdagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, kreativ va mantiqiy fikrlashga oʼrgatish, zamonaviy ijtimoiy koʼnikmalar (mustaqil ishlash qobiliyati, loyihalash, oʼzini-oʼzi tahlil qilish, iqtidorini namoyon qilish, olgan bilimlarini hayotda qoʼllay olishi) ni rivojlantirish, tayanch kompetentsiya mezonlaridan biri boʼlgan “Hayot davomida taʼlim olish”ga yoʼnaltirilgan innovatsion taʼlim muhitini yaratish muammoning ilmiy jamoatchilik tomonidan chuqur tadqiq qilinishini taqozo etadi. Mustaqil ishlar jarayonida o‘quvchilarning innovatsion kompetentsiyalarini PIRLS baholash dasturi mezonlari asosida shakllantirishning tashkiliy asoslari, mohiyatini ochib beruvchi nazariy-amaliy ishlanmalar zarurligining aniqlanganligi boshlang‘ich taʼlim o‘quvchilarining kompetentsiyalarini samarali shakllantirish uchun pedagogik shart-sharoitlar ishlab chiqilishi va maqsadli-natijaviy modeli yaratilishiga nazariy asos boʼlib xizmat qildi. Erkin va mustaqil fikrlovchi, dunyoqarashi keng, ijodkor, milliy mafkuramizga sadoqatli bo‘lgan intellektual salohiyatli barkamol shaxsni shakllantirish, fan texnika va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlaridan ta’lim-tarbiyada sohasida keng foydalanishni taqozo qiladi. Bu bilan jahon andozalari talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayrlashga erishiladi. Pedagogik texnologiyalarning boshlangʼich taʼlimda keng oʼrin olish va barqarorlashishi uchun boshlangʼich sinf o‘quvchilari mustaqil ishlarini PIRLS baholash dasturi talab va mezonlari asosida shakllantirish uchun yoʼnaltirilgan mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quv jarayonida samarali metodlardan maqsadga muvofiq foydalanish boshlangʼich sinf oʼquvchilarida mustaqil ishlarini PIRLS baholash dasturi talablari asosida shakllantirishga imkon beruvchi asosiy omil sanaladi. Kichik amaliy tajribalarni o‘tkazish, bu kabi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish hamda mazkur o‘rinlarda o‘quvchilarning mustaqilligini taʼminlash, ularni o‘z fikrlarini erkin bayon etishga rag‘batlantirish ularda nafaqat fanni bilishga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi, balki mavjud qiziqish darajasini oshiradi, uni mustahkamlaydi va barqarorlashuviga olib keladi, bilimlarining chuqur, puxta o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Bu jarayon qo‘yilgan vazifani takomillashtirishni talab qiladi. Shu bois, magistrlik dissertasiyamiz mavzusini “Boshlang'ich sinflarda mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari asosida shakllantirish metodikasi” tarzida tanladik. Download 32.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling