Mamirov samariddin
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida
Download 194.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAMIROV SAMARIDDIN
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida
NIZOM 1 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Vazirlik maktabgacha tarbiya, umumiy, maktabdan tashqari, hunar-texnika, o‘rta, oliy pedagogik ta’lim, pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika fanini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Vazirlik idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish ustidan nazoratni va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi. 2O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, shahar, tuman hokimliklari xalq ta’limi bo‘limlari tegishli hududiy darajalarda davlat ta’lim muassasalari tizimiga yagona rahbarlikni amalga oshiradilar.Mazkur boshqaruv organlari o‘quv-tarbiyaviy va vazirlikka qarashli boshqa muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi. Vazirlik va xalq ta’limi boshqaruvning mahalliy organlari ta’lim muassasalarida davlat tomonidan belgilangan talablar va normativlar bajarilishini ta’minlaydilar, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatadilar. 3-Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 4 Vazirlikning bosh vazifalari quyidagilar hisoblanadi:umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; O’ZBEKISTON POCHTA VA TELEKAMMUNUKATSIYALAR AGENTLIGI Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq; Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zdavstandart” markazi pochta va telekommunikatsiyalar texnik vositalarini va xizmatlarini sertifikatsiyalash organi sifatida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K. R. Rahimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘z6ekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, bundan keyin “Agentlik” deb ataladi, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf, pochta aloqasi, ma’lumotlarni uzatish, radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarini tashkil etish, ishlatish, ularning xizmatlar ko‘rsatishi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, ularning ahvoli va rivojlanishi uchun javob beradi 2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Agentlik O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro elektr aloqasi ittifoqida, Jahon pochta ittifoqida hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi. 4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan muhrga, hisob - kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi. ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI ICHKI ISHLAR RAHBARI PO’LAT BOBOJONOV RAZZOQOVICH Download 194.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling