Мамирқулов Акмал
Download 207.93 Kb.
|
MOHIGUL
II-BOB. 7-SINF O'QUVCHILARIGA ”GAZLAMALARGA ISHLOV
BERISH TEXNOLOGIYASI YO'NALISHI” BO'YICHA ASBOB USKUNALAR VA ULARNI ISHLATISHNI AMALIY O'RGATISH ASOSLARI. 2.1. 7-sinfda qo'lda ishlov beruvchi asbob uskunalardan foydalanib “Parket» usulida yelpig'ich tayyorlash.” mavzusini amaliy o'rgatishning namunaviy dars ishlanmasini ishlab chiqish. Bu mavzu mehnat ta'limining 5-sinf «Gazlamalarga ishlov berish» yo'nalishi, «Asbob-uskunalar va ularni ishlatish» bo'limida o'qitiladi. O'quvchilar gazlamalarga ishlov berishda qanday qo'l ishlarining turlari majudligini, qo'l ishlarini bajarishda qanday asbob-uskunalardan foydalanish mumkunligini, ulardan foydalanishda xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilishni bilib olishlari kerak. Qo'l ishlari deganda o'quvchilar ko'proq qo'lda chok tikishni tushunadilar, dazmol bilan ishlash, buyumlarni tikishga tayyorlash, ortiqcha iplardan tozalash ishlari ham qo'l ishlariga kirishini tushuntirib berish lozim bo'ladi. Boshlang'ich sinflarning mehnat darslarida shu mavzuga umumiy tushuncha berish bilan tugallangan, endi esa tikuvchilik hunariga kirishilgan holatda ma'lumotlar beriladi. Mavzuni o'qitishda nazariy dars shaklidan, suhbat, og'zaki, ko'rgazmali dars metodlaridan foydalanish mumkin. Qo'lda bajariladigan ishlarni multimedia, diofilm orqali o'quvchilarga ko'rsatiladi. Qo'l ishlarini bajarishda ish o'rniga qanday talablar qo'yiladi va ulardan asosiy maqsad nimadaligini suhbat yoki og'zaki metoddan foydalanib o'quvchilarga yetkazish mumkun. Qo'l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni ish o'rnida to'g'ri joylashtirilishi o'quvchiga qulaylik yaratishini va xavfsizlik texnikasining ta'minlanishiga olib kelishini plakatlar orqali tushuntirish mumkun. O'quvchilar dars jarayonida olgan bilimlarini tarqatma materiallardan foydalanib tekshirib ko'riladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalangan holda o'quvchilarning olgan bilimlari mustaqkamlanadi. «Insert» texnologiyasi orqalali «Bilar edim, bilishni xoxlar edim, bilib oldim » jadvalini to'ldirib chiqish mumkun. Bunda albatta o'quvchilarning olgan bilimlari yanada mustahkamlanadi. Download 207.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling