Мамирқулов Акмал
Igna nomeri Diametri, mm
Download 207.93 Kb.
|
MOHIGUL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keskichlar
Ignalar- tikilayotgan buyumning xiliga, gazlamaga va bajarilayotgan ishga qarab tanlanadi. Ishlatiladigan iplarning nomeri ham ignalar va gazlamalarga moslab tanlanadi. Yupqa ip gazlamalardan (marazet, batist, to'r, volta va hokazodan) kiyim nomerli iplar: chit, satin, flanel kabi ip gazlamalardan yengil ko'ylaklar tikishda 50-60 nomerli iplar ishlatiladi. Juda yupqa shoyi gazlamalar, masalan, shifon, krepjor-jet, 65,75 nomerli shoyi iplar va 80 nomerli paxta iplar bilan, yupqa va yengil shoyi gazlamalar, chunonchi, krepdeshin, krepsatin 60-80 nomerli iplar bilan, jun kuylaklar 50-60 nomerli iplar bilan tikiladi. Yupqa gazlamalardan kostyum va paltolar tikishda 40-60, qalin gazlamalardan palto tikishda 30-40 nomerli iplardan foydalaniladi. Angishvona- ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni ignadan asrash uchun xizmat qiladi. U o'ng qo'lning o'rta barmog'iga taqiladi. Angishvonaning sirtida shaxmat tartibida joylashgan ko'zlar ignaning sirpanib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Angishvona o'rta barmoqqa jips kiyilib turadigan bo'lishi foydalanish natijasida ishchining vaqti tejaladi va ish unumi oshadi. Qoziqcha -bort, yoqa, petlya, har xil shakldor choklar chetlarini to'g'rilash, shuningdek, ipni sug'urish uchun ishlatiladi. U uzunligi 100-120 mm, diametri 7 mm, bir uchi o'tkirlangan dumaloq sterjendan iborat bo'lib, yog'och, suyak yoki metalldan tayyorlanadi. Maneken- tikilayotgan va tayyor kiyimlarning to'g'riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Masalan, manekenda kiyimning yon va yelka choklarining vaziyati, yoqa hamda yengning to'g'ri o'tkazilganligi va hokazolar tekshiriladi. Ular papye-mashedan (yelim, gips va bo'r aralashmasidan iborat jins) tayyorlanib, ustidan gazlama qoplanadi. Ayollar va erkaklar manekenlari 88, 92, 96,100, 104, 108, 112, 116, 118- razmerlarda, bitta o'rtacha (uchinchi) rost va uchta 44, 48, 52 to'lalik o'lchamlarida, bolalar manekenlari 56, 60, 64, 68, 72, 76, 80, 84, 88 va 92 razmerlarda ishlab chiqariladi. Foydalanish qulay bo'lishi uchun maneken taglikka o'rnatilib, bemalol aylanadigan va ko'tariladigan qilinadi. Manekenning balandligi tirak vint bilan rostlanadi. Andazalar- karton yoki boshqa materialdan tayyorlangan kiyim detallaridan iborat. Andaza-etalonlar, ish andazalari va qo'shimcha andazalar bo'ladi. Andaza etalonlardan detallar konturlarini gazlamaga tushirishda foydalanilmaydi. lar faqat ko'plab ishlab chiqarishda ishlatiladigan andazalar komplektini tayyorlash va tekshirishda qo'llaniladi. Ish andazalari yordamida gazlamalarga detallar konturlari tushiriladi, qiyim detallarini to'g'ri biriktirish uchun kontrol kertmalar belgilanadi. Qo'shimcha andazalar tikuvchilik sexlarida , petlyalar, tugmalar o'rnini, bortlar, yoqalar burchaklarini belgilash (bo'rlash) uchun ishlatiladi. Keskichlar - bir necha xil bo'ladi. O'tmas keskich detallar konturini qog'ozdan gazlamaga, gazlamadan qog'ozga ko'chirish, shuningdek taxlamalar, vitachkalar, bo'rtma va boshqa chiziqlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Keskichning diski ko'chiriladigan chiziqdan yurgiziladi, shunda gazlama va qog'ozda uzluksiz chiziq ko'rinishida iz qoladi. Tishli keskichdan detallar konturini qog'ozdan qog'ozga yoki kartonga, gazlamadan qog'ozga ko'chirishda, shuningdek taxlamalar, vitachkalar, cho'ntaklar va boshqa chiziqlarni ko'chirishda foydalaniladi. Belgilangan chiziqlar ustidan bunday keskich yurgizilganda gazlama yoki qog'ozda nuqtalar tarzidan iz qoladi. Qo'sh diskli keskich asosan andazalarni ko'paytirishda ishlatiladi. Download 207.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling