Мамирқулов Акмал


Qo'l ignalari bilan ishlash usullari


Download 207.93 Kb.
bet6/11
Sana01.04.2023
Hajmi207.93 Kb.
#1314680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MOHIGUL

Qo'l ignalari bilan ishlash usullari - qo'l ignalari oddiy va to'rlash ignalariga bo'linadi. Oddiy ignalar uzunlik o'lchamlari (35 mm dan 80 mm gacha) va diametrli o'lchamlari (0 dan 1,8 mm gacha) ni bildirgan nomerlar bilan ishlab chiqariladi. Turlash ignalarining oddiy ignalarga qaraganda mumiroq bo'ladi va teshiklari uzunchoqroq bo'ladi ular 37 mm, 40 mm va 58 mm uzunlikda ishlab chiqariladi.
Qo'lda bajariladigan ishlarning asosiy usullari - kiyimlarni yakka ishlab chiqarishda buyumning sifati ko'p jihatdan tikuvchi ignani to'g'ri ishlata bilishiga bog'liq. Shuning uchun qo'lda tikishga kirishishdan oldin ignaga ip o'tkazish, ipning uchini tugish va boshqa usullarni yaxshilab bilib olish keraq
Ignaga ip o'tkazish - g'altakdan ip uzib olishdan oldin qancha ip kerakligini bilib olish keraq Qo'lda bajariladigan ishlar uchun ipning uzunligi ishchining barmoqlaridan to tirsagigacha bo'lgan masofadan ikki marta katta bo'lishi (80 sm dan oshmasligi) lozim. Ishchi g'altakdan chiqib turgan ipning uchini chap qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan ushlab, bukilgan qo'li bo'ylab, ya'ni panjalardan tirsakkacha va yana orqaga, bosh barmoqqacha g'altaqdan chuvatadi, keyin g'altakdan uzadi. Ignaga ip o'tkazishdan oldin o'ng qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan ipning uchi buraladi. Paxta ip o'zimizdan nariga, ipak ip esa o'zimiz tomonga buraladi. G'altakdagi ipning uchini 0,8-1,0 sm chiqarib, chap qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan ushlanadi. Ignani chap qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan ushlab, o'ng qo'ldagi ipning o'tkir uchi igna teshigiga kiritiladi, o'ng qo'l bilan 2/3 uzunligigacha tortib chiqariladi va shu uchi tugun qilib tugib qo'yiladi. Kiyimlarni ko'plab va yakka tikishda ignaga ip o'tkazishni osonlashtirish hamda tezlashtirish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi.
Ip uchini tugish - ip uchini chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i atrofida aylantirib xalqa hosil qilinadi, so'ngra qisib, bosh barmoq bilan pastga, ko'rsatkich barmoq bilan yuqoriga buraladi. Shundan so'ng xalqa barmoqdan chiqarilib, bosh va o'rta barmoq orasidan tortib tugun tugiladi.

Download 207.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling