Mamlakat haqida
Download 175.6 Kb.
|
AVSTRIYA
Akademik martaba. So’nggi paytlarda Avstriya universitetlari chet ellik mutaxassislar uchun, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishlar ko’proq mashxur bo’lmoqda. Biroq, til akademik martaba uchun jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. Avstriya universitetlari nemis tilini bilishni talab qiladi
Ma`lumki, so'nggi paytlarda Finlyandiyadagi ta`lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim ekanligi va mazkur tizimning bunday maqomga erishishda yordam beradigan radikal (Buyuk Britaniya va AQSh ta`lim tizimi bilan solishtirganda) g'oyalar qanday ishlayotgani haqida fikrlar matbuotda keng muhokama qilinmoqda. Xo'sh, Finlyandiya ta`lim tizimi bunday muvofaqqiyatga qanday erishdi? Zero, aksariyat hollarda fin talabalari AQSh va Buyuk Britaniya talablaridan yuqoriroq natijalar qayd etishadi. Ma`lumki, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) tomonidan har uch yilda bir marta o'tkazildigan Xalqaro Talabalarni Baholash Dasturi (PICA), muntazam ravishda amerikaliklar va britaniyalik talabalarning ta`lim samaradorligini baholashda jiddiy ravishda ortda qolayotganligini ko'rsatib turadi. Bugun shu haqida gaplashamiz. # 1 Finlyandiya bolalari ta`limni boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda kechroq boshlaydilar. Ular 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishadi. «Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish ilmiy jihatdan foydali emasligi tasdiqlangan», deyiladi fin tizimida. #2 7 yoshgacha bo'lgan bolalar kunduzgi bolalar bog'chalariga qatnaydilar, ammo u erda darslar o'rniga ijodiy o'yinlarga e`tibor berishadi. «Bu yoshdagi bolalarga o'ynash va jismoniy faol bo'lish uchun vaqt kerak. Bu yosh ijodkorlik davri”, deydi Xelьsinki shahridagi Franseniya kunduzgi davolash markazi rahbari Tina Marjoniemi. # 3 O'qishning har 45-daqiqasida talabalar 15 daqiqa tanaffus qilib, turli o'yinlar o'ynashadi. #4 Finlandiyada majburiy ta`lim 9 yil davom etadi, o'quvchilar 16 yoshdan o'qishni tark etishlari mumkin. Ushbu g'oya Finlyandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. # 5 Finlyandiyada talabalar faqat 16 yoshida markazlashtirilgan imtihon (Milliy Matriculation Test) dan o'tishlari talab qilinadi. #6 Finlyandiya talabalari rivojlangan mamlakatlar ichida eng kam dars soatlarini o'qiydilar (darslar 8-9 oralig'ida boshlanib, kunduzgi 2 gacha yakunlanadi), shunga qaramay juda yaxshi natijalar qayd etadilar. Finlyandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o'qituvchilar va hatto talabalar o'rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kalitidir, deb hisoblashadi. # 8 Fin o'qituvchilari dunyodagi eng malakali mutaxassislardir. Finlyandiyada o'qituvchilikka bo'lgan talablar juda yuqori. # 9 Finlyandiya o'qituvchilari xuddi shifokorlar va yuristlar kabi maqomga ega. Ularing ijtimoiy mavqeisi ham juda yuqori. # 10 Fin o'qituvchilarining bu qadar ulkan mavqega egaliklari o'qituvchi kasbiga bo'lgan talabning yuqoriligi hamda malaka imtixonlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Shuning uchun Finlyandiyada ular o'z o'qituvchilarini doimiy ravishda baholash va baholab borish zaruratini sezmaydilar. Agar o'qituvchidan qandaydir xato yoki kamchilik o'tadigan bo'ls, u bilan maktab direktorining o'zi shug'ullanib qo'ya qoladi. # 11 Finlandiyada maktablar tekshirilmaydi. 1990 yillarning boshlarida Finlyandiyada maktablarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshirilish amaliyoti bekor qilindi. Finlandiyaliklar o'qituvchilar va maktab rahbarlarining professionalligiga ishonadilar. Maktablar o'z-o'zini baholashga da`vat etiladi. # 12 Finlandiyada xususiy maktablar mavjud emas. Fin maktablari o'rtasida raqobat yo'qligining sabablaridan biri shundaki, barcha maktablar davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bois qaerdadir yaxshi, qaerdadir sustroq ta`lim berilishiga yo'l qo'yilmaydi. #13 Finlyandiya maktablarining barcha o'quvchilarining tushligi davlat tomonidan qoplab beriladi. 1943 yildan buyon mazkur amaliyotga amal qilib kelinmoqda. # 14 Finlyandiya ta`lim tizimi test natijalarini ko'paytirish va matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o'rniga, o'qish uchun sog'lom va uyg'un muhit yaratishga e`tibor qaratildi. Bunda ta`lim «ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bo'lishi kerak», degan mafkuraga amal qilinadi. # 15 Finlyandiya talabalari ko'proq tillarni o'rganishadi. Ular fin tilini maktabdagi birinchi kunidan o'rganishadi. 9 yoshida ular shved tilini o'rganishni boshlaydilar. 11 yoshida ular uchinchi tilni (odatda ingliz tilini) o'rganishg rag'batlantiriladi. Ko'plab o'quvchilar 13 yoshida to'rtinchi tilni o'rganayatgan bo'ladi. #16 O'qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan mashg'ulot o'tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Bu esa, o'z navbatida muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi. # 17 Finlyandiya milliy o'quv dasturi keng qo'llanma bo'lib, o'qituvchilarga o'z uslubi va fikrlarini sinfda ishlatishiga imkon beradi. Bu Finlyandiya ta`lim tizimining o'z o'qituvchilariga bo'lgan ishonchiga asoslanadi. # 18 O'rta maktab o'quvchilarining 66% qo'shimcha ta`limga (kollej yoki kasb-hunar kurslariga) qatnaydilar. Finlyandiya har bir talabaga AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniyaga qaraganda taxminan 30% kamroq mablag' sarflaydi (OECD statistikasi). Download 175.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling