Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari
Download 149.39 Kb.
|
Bank-moliya tizimi.2020
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.8 Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshi- shi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi. Pul-kredit siyosatini samarali yuritishning yana bir muhim ichki sharoiti mamlakatimizda to‘laqonli faoliyat yuritadigan moliya bozori, xususan, qimmatli qog‘ozlar bozori mavjud bo‘lishidir. Moliya bozorining rivojlanishi va samarali faoliyati Markaziy bankka pul-kredit instrumentlarini bozor mexanizmlari asosida ishlatishga zamin yaratadi. Bu borada Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilishi ham moliya bozorini rivojlantirishda dastlabki turtki bo‘ladi. Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalaga chiqarilishi Markaziy bank uchun likvidlilikni tartibga solishda tijorat banklari bilan repo operatsiyalari amalga oshirilishi, pul-kredit siyosatining ochiq bozor operatsiyalari joriy etilishiga asos bo‘ladi. Bu to‘g‘risida ham mamlakatimiz rahbari Murojatnomada «... moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur», deya ta’kidlab o‘tdilar.9 O‘zbekiston Markaziy banki 27.11.2018 yilda monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi. Avvalgi yillardan farqli ravishda ushbu hujjat kelgusi uch yillik davr uchun, ya’ni 2021 yilgacha ishlab chiqilgan. O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
inflyasiya darajasini pasaytirish; inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish. Ushbu strategiyaga binoan mamlakatda inflyasiya darajasi 2019–2020 yillarda rejali tarzda pasaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7.08.2018 yildagi PF–5504-son Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini kompensatsiyalash uchun asoslar kengaytirildi. Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Birinchidan, foiz xarajatlari kompensatsiyalanadigan kreditlarning eng yuqori summasi 4 mlrd. so‘mdan 8 mlrd. so‘mgacha oshirildi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi: milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – 5 foiz punkti miqdorida; milliy valyutada jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida; xorijiy valyutada (ekvivalentda) – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan miqdorda. Download 149.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling