Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi mumkin. Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin. - Tashqi tahlilchilar tomonidan o’tkaziladigan tahlil tahlil natijalaridan manfatdor tashkilotlar va xodimlar tomonidan mustaqil yoki shartnomaviy asosda tashkil etilishi mumkin. Tahlilni tashkil etish bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin.
- 1. Tahlil maqsadini belgilash va uning rejasini tuzish;
- 2. Tahlil yuzasidan zarur bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish, ularni saralash, ko’rsatkichlar holatiga keltirish, analitik jadvallar tuzish;
- 3. Taxlilni o’tkazish;
- 4. Tahlil natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va chora tadbirlarni belgilash
- I.f.d. professor M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni 3 ta bosqichni, ya’ni; tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo’llarini belgilash; tahlil uchun taqdim qilinadigan axbarotlar sifatiga baho berish; tahlilni usullaridan foydalangan holda tahlil o’tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari 2F3 . Ushbu tarkiblashni ham to’g’ri deyish mumkin. Lekin unda tahlilni birlik bosqichlari umumlashtirilgan tarzda ifoda etilgan. Tahlil bosqichlarini 3 ta, 4 ta, 5 ta, 7, 9, 12 ta bosqichdan iborat qilib belgilash ham mumkin. Ular bir-biridan mazmun jihatdan farqlanmaydi. Birlik ifodalarni alohida bosqich qilib belgilanishigina ularni qatorini kengaytirgan halos. O’quvchi turli adabiyotlarni o’rganish asosida noto’g’ri xulosaga kelmasligi lozim. Negaki ular mazmun jihatdan aynan bitta narsani ifoda etadi.
- Tahlil natijalari va uning sifati ko’p jihatdan uning axborotlar manbayi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Biz iqtisodiy tahlilni axborotlar tizimiga quyidagi manbalarni kiritamiz; Hisob ma’lumotlari; Hisobdan tashqari ma’lumotlar. Hisob ma’lumotlariga; buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiritiladi. Hisobdan tashqari ma’lumotlarga; tekshirish natijalari, yig’ilish qarorlari, reja ma’lumotlari, turli katologlar, nashrlar, statistik byuletenlardan olingan ma’lumotlar kiradi. Iqtisodiy tahlilni tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy va boshqaruv tahliliga nisbatan yuqoridagi tarkiblashni berib o’tish esa iqtisodiy jihatdan to’g’ri bo’lmaydi. Negaki, boshqaruv tahlilini axborot manbalari moliyaviy tahlilni axborot manbalaridan o’zining ifoda etilishi, mazmuni, ko’lami, rasmiylashtirish tartibi, olish tartiblari va boshqa belgilari bo’yicha farq etadi. Moliyaviy tahlil i.f.d. prof. M.Q.Pardaev tomonidan moliyaviy tahlilni quyidagi axborot manbalari tarkiblanadi; 1. Tashqi moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisoboti asosida; 2. Ichki moliyaviy tahlil-buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda tezkor hisobotlar asosida.3F 4 Prof. Abdukarimov I.T. tomonidan moliyaviy tahlilni axborot manbalariga quyidagilar kiritiladi; 1. buxgalteriya hisobi va hisoboti; 2. statistik hisob va hisobot ma’lumotlari; 3. operativ hisob va hisobot ma’lumotlari; 4. Tanlab olingan hisobot ma’lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |