2. Ma’ruza (2 soat) Mavzu: Statistik jadvallar, belgilar tasnifi, variatsion qator tuzish
Download 20.65 Kb.
|
Маъруза материали 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik jadvallar va taqsimlanish qatorlari va ularning to‘plamini tartiblashtirish
- Taqsimlanish qatorlari
- 2. Variatsion qator tuzish
2. Ma’ruza (2 soat) Mavzu: Statistik jadvallar, belgilar tasnifi, variatsion qator tuzish Statistik jadvallar va taqsimlanish qatorlari va ularning to‘plamini tartiblashtirish Belgilar tasnifi Variatsion qatorlar tuzish Statistik jadvallar va taqsimlanish qatorlari va ularning to‘plamini tartiblashtirish Tajriba va kuzatuvlarning dastlabki ma’lumotlari birlamchi xujjatlarga jumladan tajriba bayonnomalari, dala kundaliklari va jurnallarga yozib boriladi. Ma’lumotlar to‘plangach ularga statistik ishlov beriladi. Statistik ishlov berishning maqsadi to‘plangan ma’lumotlar ichida yashirinib yotgan axborotlarni olish va ular asosida aniq va ishonchli xulosalar chiqarishdan iborat. Statistik ishlov berish to‘plangan ma’lumotlarni guruhlashdan yani statistik jadval tuzishdan boshlanadi. Statistik jadvallar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy statistik jadvallar biror bir belgi bo‘yicha. Murakkab statistik jadvallar esa ikki yoki ko‘p sonli belgilar bo‘yicha tuziladi. Murakkab jadvallarga korreliotsion va dispersion komplekslarning jadvallari misol bo‘ladi. Statistik jadvallarda to‘plangan ma’lumotlar keyingi bosqichda statistik guruhlanadi ya’ni taqsimlanish qatorlari tuziladi. Taqsimlanish qatorlari – berilgan to‘plamni tartiblashtirish yo‘li bilan tuziladi. Masalan: biror belgi 2……..10 birlikkacha o‘zgarsa. Qiymatlarning dastlabki to‘plami 2, 4, 6, 8, 10, 3, 9, 7, 5, 3, 4, 5, 4, 6, 7, 5, 6, 7, 5, 8, 6, 7, 8, 9 Endi tartiblashtiramiz: 2, 3, 3, 4, 4, 4, 5, 5, 5, 5, 6, 6, 6, 6, 7, 7, 7, 7, 8, 8, 8, 9, 9, 10 Bu ko‘rinish tartiblashtirilgan to‘plam deyiladi 2. Variatsion qator tuzish Statistik ishlov berish jarayonida to‘plam tartiblashtirilgandan keyin variatsion qatorlar tuziladi. Variatsion qatorlarda variantalar va ularning chastotalari ko‘rsatiladi. Belgi qiymatlarini X – simvoli bilan, begilarning takrorlanishini P – simvoli bilan belgilaymiz. Belgilarning takrorlanishi chastota deyiladi. Masalan: pillalarning uzunligi (sm hisobida). 3.30, 3.40, 3.25, 3.40, 3.60, 3.45, 3.43, 3.50, 3.35, 3.55, 3.25, 3.30, 3.35, 3.40, 3.40, 3.43, 3.60 Bunday variatsion qator – variantalarning soni nisban kam bo‘lgandagina bunday tartibda yozish mumkin. Agar to‘plamda variantalarning soni ko‘p bo‘lsa ularni guruhlarga ajratib, so‘ngra jadval yoki qator qo‘rinishida yoziladi. Variatsion qator belgining ortishi yoki kamayishi bo‘lsa, tartibga solingan turli qiymatlari va ularning mos chastotalari qatoridan iboratdir. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling