Quyidagi formuladan foydalaniladi
– sinfiy interval kattaligi
Xmax – belgining eng katta qiymati
Xmin – belgining eng kichik qiymati
K – sinflar soni
Sinflar sonini topishda Sterdjesa (1926 y.)
K = 1 + 3.32 * lgn
yoki K.Bruks va N.Karuzers (1963 y.) formulasidan foydalaniladi.
K = 5 lgn
Masalan: sut tarkibidagi yog‘ning foizini aniqlashda n = 60 ga teng va 3.21 % + 4.55 % gacha uchraydi. Bunday vaqtda sinfiy interval kattaligi quyidagicha aniqlanadi.
lg 100 = 2.0
lg 10 = 1.0
lg 60 = 1.77
lg 64 = 1.8
lg 80 = 1.9
3. Belgilar va ularning tasnifi
Belgi – deganda bir jismning ikkinchisidan namoyon bo‘lishi bilan farq qiluvchi xususiyatiga aytiladi. Biologiya soxasida obektlar belgilari ustida olib borilgan kuzatishlar asosida bir belgini ikkinchisidan farq qilishi ularni o‘zaro solishtirish imkoniyatini beradi. Masalan: bug‘doy va arpa boshog‘idagi donlarning soni bunda bug‘doy va arpa kuzatish ob’ekti alohida bashoqlardagi donlar miqdorini kuzatish birligi bo‘lib belgi hisobida va ularni bir guruhga birlashtirib statistik to‘plam hosil qilinadi.
Biologik belgilarning o‘ziga xos xususiyati ularning ma’lum chegarada o‘zgarishi ya’ni variatsiyasi haqida boshoqdagi donlarning soni yoki sutning tarkibidagi yog‘ning miqdori ma’lum chegarada o‘zgaradi. Bitta belgining ma’lum chegarada o‘zgaruvchanligi variatsiya deb atalib, o‘zgaruvchi belgining alohida son qiymati varianta deyiladi.
Hamma biologik belgilar o‘zgaruvchan bu belgilarni bevosita o‘lchash mumkin. Biologik belgilar sifat va miqdoriy belgilarga bo‘linadi.
Sifat belgilarga – barg, gul rangi mevalarning ta’mi va rangini misol qilish mumkin. Sifat belgilarni o‘lchash mumkin emas. O‘rganilayotgan guruhning ayrim a’zolari bu xususiyatning mavjudligi bo‘yicha hisobga olinadi.
Sifat belgilarga shuningdek, alternativ belgilar ham deb ataladi. Xatto miqdoriy belgilarni ham alternativ shaklda olib qarash mumkin. Masalan: uzun – kalta, og‘ir – engil, sog‘lom – kasal.
Do'stlaringiz bilan baham: |