4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja


Download 134.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.01.2023
Hajmi134.1 Kb.
#1117139
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Statistik jadvallar va grafiklar



4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar 
Reja: 
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. 
4.2. Statistik jadvallarning turlari. 
4.3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari. 
4.4. Statistik jadvallarni o‘qish va tahlil qilish. 
4.5. Statistik ko‘rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati. 
4.6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish. 
4.7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan 
kompleks foydalanish va uning ahamiyati. 
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, 
ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
matnda so‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash. 
Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa 
ham, ammo sub’ektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. 
Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha 
og‘irlashadi.
 
4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.. 
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon 
etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib 
tasvirlaydi. 
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan 
tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz
turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol 
va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini 
oydinlashtiradi. 
Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl 
bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan ob’ektlar va ularning 
ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy 
sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, 
sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va 
tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi 
kerak. 
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi 
va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, 
o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim. 
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi 
bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik 
jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik 
to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi
odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha 
joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin). 

Download 134.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling