4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja


Tasvirli (suratli) diagrammalar


Download 134.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana24.01.2023
Hajmi134.1 Kb.
#1117139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Statistik jadvallar va grafiklar

4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar 
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar o‘rganilayotgan 
hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli 
ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk 
aylanmasining o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi.
4.9. Statistik xaritalar 
 


 
Jo‘g‘rofiy tuzilishga ega bo‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu 
xaritalar o‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va 
qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar 
bo‘yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini o‘rganishda, iqtisodiy resurslardan 
foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni 
belgilashda juda qo‘l keladi. 
Statistik xaritalar iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-jo‘g‘rofiy xaritalar 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jo‘g‘rofiy 
joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid 
statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq 
tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning 
joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. 
Bu o‘rinda statistik xaritalarni, umuman jo‘g‘rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar 
mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bo‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga 
nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jo‘g‘rofiy 
jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq 
moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jo‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zo‘raytirib 
beradi.
Statistik xarita shunday konturli jo‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bo‘linmalarning 
konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bo‘lib, ular chegarasida statistik 
ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
Statistik xaritalar ko‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - xaritogramma va 
xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bo‘linadi. Agarda biror hodisaning hududlar 
bo‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bo‘lsa, u holda xaritogramma qo‘llaniladi. Ammo 
maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida to‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo 
aloqalarni tasvirlashdan iborat bo‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.
 
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hududiy 
taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab 
olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan 
tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo‘linma konturi ichiga 
ko‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. 
Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bo‘linadi.
Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) 
hududlar bo‘yicha ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli 
xaritogarmma ko‘rinishida tasvirlanadi (4.11-grafik). 
Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig‘indisi 
iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda 
tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin.
O‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar bo‘yicha 
taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar 
(sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali 
xaritogrammalarni tuzish mumkin. 
Markazgrammalar deganda jadvallar to‘la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar 
tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo‘yicha aholi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik-
jo‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli 
xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy bo‘linmalar (viloyatlar) bo‘yicha tasvirlanadi. 
 
Xaritogramma 

shunday 
statistik 
xaritaki, 
unda 
o‘rganilayotgan hodisaning hu-
dudiy taqsimlanishi uning ma’lum 
oraliqdagi qiymat-lariga moslab 
olingan shartli belgilar (shtrixlar, 
rang, nuqtalar va h.k.) bilan 
tasvirlanadi. 

Download 134.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling