4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja


CHiziqli va yassi diagrammalar


Download 134.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.01.2023
Hajmi134.1 Kb.
#1117139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. Statistik jadvallar va grafiklar

4.5. CHiziqli va yassi diagrammalar 
 
CHiziqli va yassi diagrammalarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular orasida eng 
muhimlari quyidagilardan iborat. 
CHiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida 
dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni 
bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. CHiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli 
setka asosida tuziladi. Vertikal o‘qqa (ordinata o‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining 
ko‘rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. 
Gorizontal o‘qqa (absissa o‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki faktor 
belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan 
qarama-qarshi o‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning 
o‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq 
Статистик график таркибий 
элементлари 
График 
майдони 
Геометрик белгилар (нуқталар, 
чизиқ, айлана, сектор, предмет 
тасвири ва щ.к) 
Кординат-
лар тизими 
Масштаб 
ва шкала 
График экспликацияси 
(сўз билан 
тушунтиришлар) 


chiziq hosil bo‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zaro 
bog‘lanishini tasvirlaydi. 
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish 
gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarida paxta 
terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bo‘yicha taqsimlanishi gistogramma 
shaklida tasvirlangan. 
CHiziqli diagrammalar ko‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa 
va jarayonlarni o‘rganishda bu shakl har doim qo‘l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli 
diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. 
Spiral shaklli diagrammalar o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy o‘zgarishi bilan bir 
vaqtda uning tarkibiy qismlarining o‘zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr 
(masalan, yilma-yil) o‘zgarishi bilan bir yo‘la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) 
o‘zgarishini ham aks ettirish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. 

Download 134.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling