Qobiliyatlar to‘G‘risida tushuncha
Download 249.26 Kb. Pdf ko'rish
|
QOBILIYATLAR. docx
QOBILIYATLAR TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Shaxsning muhim individual sifati hisoblanuvchi qobiliyat shaxsning boshqa individual sifatlari bilan bog‘liq holda xilma-xil bo‘ladi. Psixolog nuqtayi nazarida qobiliyatlilik sifat jihatidan malakalarda ajralib turadi. Qobiliyat orqali odamlar o‘yinda, o‘qishda, mehnatda ham bir-birlaridan keskin farq qiladilar. Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namoyon bo‘ladi degan savolga, u insonlaming bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. Masalan: ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi. Yuqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki, miyaning har bir qismi o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiy jihatdan narsalarga baho beradi. 0 ‘ng miya - hissiyot bilan intuitsiya orqali bo‘lib, narsalami qabul qilishga yordam beradi. “Dihotomiya” - o‘ng va chap miya qismlari bu fikrsizni osonlik bilan fikrdan chalg‘itishi mumkin deb ogohlantirgan edi (Sperri 1982). Hatto biz hikoya o‘qiyotganimizda miyaning ikkala qismi ishlaydi – chap qism so‘zlar va uning ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil, hissiyot va tasavvumi baholaydi (Hellige, 1993). Britaniyaning Kolumbiya universitetidagi psixolog Stenli Koren, “Chapaqay sindromi” asarida jumalistika qanday qilib ko‘pincha ilm fanni soddalashtirishi va bezaklikni ko‘rsatadi. U majlislaming birida psixolog Dorin Kimuraning nutqini eshitganini esladi, unda aytilishicha, chap quloq bilan musiqani eshitgan insonlar, o‘ng quloq bilan musiqani eshitgan insonlardan ko‘ra tezroq eslashdi. 0 ‘quvchilami ustidan tajriba o‘tkazib shuni bildikki, chap quloq o‘ng miyadagi hujayraga ko‘proq ma’lumotlar o‘tkazib beradi va o‘ng hujayra tashqarisidagi musiqalarni yaxshiroq o‘zlashtiradi. Bir necha kundan keyin, New York Times jumali yozdiki, London psixologi (Ontario viloyati) Dorin Kumura shuni aniqladiki, musiqiy qobiliyatlar miyadagi o‘ng hujayra bilan boshqariladi. New York Times gazetasi ma’lumotlaridan kelib chiqib maqoladagi fikrini davom ettirib yozdiki, Londonning psixologiya doktori Dorin Kimura hamma qo‘shiqchilar ma’lumotlami o‘ng miya hujayrasi bilan yaxshi o‘zlashtirishini tasdiqladi. Keyingi maqolasida Angliyaning psixologi Dorin Kimuraning nima uchun mashhur qo‘shiqchilar chapaqayligini tushuntirib berdi. Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar va o‘z ustida ishlash natijasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turlicha kasb egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar. Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlar ekanligi; mazkur xususiyatga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bilan erishilishini bog‘lash muhimdir. Agar yoshlar o‘z tengdoshlari qanchalik shaxsiy muammolari bilan bandligini bilganda edi boshqalaming ular to‘g‘risidagi fikrini bilishganda ular kamroq xavotirga tushgan bo‘lar edi. ‘zgaruvchanlik asosida qobiliyatning rivojlanio borishi tayin, yoshlar komillikda jamiyat bilan ota-onasi hal qiluvchi rol o‘ynashini va hattoki o‘z intilishlari haqida o‘ylashni boshlashadi. Yoshlik davrida yoshlaming barcha o‘y-fikrlari o‘ziga qaratiladi. Yosh avlod o‘z tajribasini betakror deb o‘ylaydi, ota-onalar va do‘stlar uni tushuna olmasligini va hatto birinchi uchrashuv yoki maktabni yomon o‘rishni tushunmasligini xayoliga keltiradi. Birinchi muhabbat paytida yoshlar hattoki, “Ona birinchi muhabbat nimaligini bilmaysiz” deb aytishi mumkin. Piajening aytishicha, yoshlarning shunchalik intellektual darajaga yetishi bu insoniy qonuniyatdir. Ulaming taxmin qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Biz fikr yuritishning yangi darajasini insoniy tabiat, qat’iyatlik Agar bolalar Allohni ramziy timsolida, ya’ni bulutdagi sahiy bobo deb tasavvur qilishsa, yoshlar esa bu haqda chuqurroq tushunchalarga ega. Mantiqiy fikrlash odamlaming ikkilanishini payqash, ideal va aniq ishlar orasida farqni anglash imkonini beradi. Ikkiyuzlamachilikni payqash ba’zida ota-onalar bilan achchiq bahsga olib keladi. Shuningdek, yoshlami o‘zining idealiga quloq solishga majbur qiladi. Balki Piaje (1972) ta’lim va madaniyatning ta’sirini yetarlicha baholamagandir. Shuning uchun ham rasmiy qonunchilikka olib keladigan odamlar soni oshirib yuborilgan. Ba’zi bir yoshlar mantiq va matematika fanlaridan yetarlicha bilimga esa bo‘lmasdan turib, bu darajada tafakkur qilishga qodir emaslar. Bunga yaqqol misol, Skribner (1977) va Kpele qishlog‘idagi ma’lumotsiz fermer orasidagi bo‘lgan suhbatdir75. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlaming atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalaming nomi olamda mashhur, chunonchi Albert Enshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial olim bo‘lib voyaga yetishish dalolatnomasi yo‘q edi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ulami egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalami egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalaming aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol, faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zamr bo‘lgan bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi. Ushbu xususiyatni aniqlash uchun ba’zi bir omillami tahlil qilish maqsadga muvofiq: a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyat mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar mavjud emasdir. Download 249.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling