Qobiliyatlar to‘G‘risida tushuncha


 D evid Mayers Psixologiya. Minsk. 2008. 467 460-betlar


Download 249.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi249.26 Kb.
#1354104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QOBILIYATLAR. docx

76 D evid Mayers Psixologiya. Minsk. 2008. 467 460-betlar. 
242 
bo‘lganligi tufayli, faoliyat talablarining xususiyatiga bog‘liq ravishda, 
bir xil layoqatlar negizida har xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi. 
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy 
uyg‘unlikka ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning o‘zaro 
hamkorligini talab qiladi. Iste’dodli o‘quvchi va talabalar shakllanishi 


ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma’naviyat asoslari hamda o‘zini 
o‘zi namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi rivojlantirish 
asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy psixologik qonuniyat tariqasida xizmat 
qiladi. Nemis olimi Lengardom xarakter qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan 
talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon 
beruvchi «o‘zgaruvchan 
miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi shaxsning individual psixologik fazilatlari murakkab 
majmuasi ko‘rinishida gavdalanadi. 
Inson hayoti davomida kasbidan tashqari paytlarda ham bir necha 
qobiliyat egasi bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi bir davming 
o‘zida duradgor, mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik fan allomasi, yaxshi 
san’atkor, yetuk sportchi bo‘lish holatlari uchrab turadi. Qobiliyatli 
shaxslar ijtimoiy turmushning turli jabhalarida o‘z o‘mini topa oladi, 
hamda yuksak yutuqlarga erishadi, hatto bir necha faoliyat turida tekis 
muvaffaqiyatlar qozonishi ham mumkin. Kasb nuqtayi nazaridan 
kelib chiqib, pedagoglikning eng muhim qobiliyati ustuvorligida quyidagilar 
bo‘lishi lozim. Pedagogik qobiliyat tuzilishida - pedagogik 
odob (takt), bolalami sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va 
uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimga chanqoqlik, 
nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik 
qobiliyatning o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati ta’lim 
jarayonini muvaffaqiyatli ta’minlashga xizmat qiladi. 

Download 249.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling