Qobiliyatlar to‘G‘risida tushuncha
Download 249.26 Kb. Pdf ko'rish
|
QOBILIYATLAR. docx
Qobiliyatning tuzilishi. Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat,
uxoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablami qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko'rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablami qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyat uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar, kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun qobiliyat murakkab tuzilishga ega bo‘lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir, deyish juda o‘rinlidir. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi 238 yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun quyidagi ayrim misollami tahlil qilib o‘tamiz: 1) matematik qobiliyat: matematik asoslami umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik amallami kamaytirish, masalani idrok qilish o‘rtasida aloqa o‘matish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan oson o‘tish, masala yechishda fikr yuritishning tezligi kabilar; 2) adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali timsollaming jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko'rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga ega. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, ixtirochilik, tibbiy qobiliyat va shunga o‘xshash qobiliyatlaming tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyatga ega. Qobiliyat asosan ikki turga bo‘linadi: umumiy va maxsus qobiliyat. Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati ulaming to‘laqonli muayyan psixologik ko‘rinishi bo‘lib, ulami tadqiq qilishga psixologlar allaqachon kirishgan. Masalan, umumiy qobiliyatga ega bo‘lgan talaba ta’lim jarayonidagi barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qishga harakat qiladi, maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan talaba esa aynan bir fan bo‘yicha chuqur bilim va qobiliyatga ega bo‘lishi mumkin. Muayyan faoliyat sharoitlarida qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan shaxsning bunday umumiy fazilatlari jumlasiga odamlaming o‘z turidan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan individual-psixologik fazilatlar kiradi. Intellekt bu nima? Olingan bilim va qobiliyatlar natijasida erishilgan aqliy individual-psixologik fazilatlar darajasi yoki inson sifati. Download 249.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling