Qobiliyatlar to‘G‘risida tushuncha


Download 249.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi249.26 Kb.
#1354104
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QOBILIYATLAR. docx

Intellekt va qobiliyat - bu ommaviy, o‘zimiz o‘ylab topgan konsepsiya, odamlami 
bir-biridan farq qilishini tushuntirish maqsadida 
o‘ylab topilgan. Oqilona o‘zini tutish, o‘rab turgan muhitga moslashish 
qobiliyatini, o‘z hayotiy tajribasi asosida masalalami hal qilishni hamda aniq 
fikrlashni o‘z ichiga oladi. 
Biz hammamiz bilamizki, ba’zi insonlarda qobiliyat va iste’dod 
ilm-fanga, boshqalarda esa tasviriy san’atda, musiqada yoki raqsda namoyon 
bo‘ladi. Balki siz eng oson matematik masalalar bilan gangitib 
qo‘ysa bo‘ladigan iste’dodli rassomni yoki adabiy diskussiyasiga qobiliyati 
bo‘lmagan ajoyib matematik - talabani bilarsiz shu sababli ham 
insonlaming aqliy qobiliyatlari ulami bitta “intellekt” so‘zi bilan belgilash uchun 
juda xilma-xil ekanligi bizlami hayratga soladi. 
Faktorli tahlil. Barcha o‘ziga xos aqliy qobiliyatlar orqali 
o‘tadigan umumiy qobiliyat faktori mavjudligini aniqlash uchun 
psixologlar ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganishadi. “Takrorlash tahlili” nomli 
statistika metodi izlanishlarga umumiy qobiliyatli o‘lchash 
uchun testlarga kerakli savollami tanlash imkonini beradi. Misol 
uchun lug‘at bilan bog‘liq savollami oson ishlaydigan insonlar matnni ham yaxshi 
tushunishadi. Bu to‘plam verbal intellekt faktorini 
aniqlashga yordam beradi. Boshqa savollar to‘plamlari ham makon 
faktori va mulohaza faktorini o‘z ichiga oladi. 
Faktorli tahlil ishlab chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan Charlz Spirman bo‘ladi. 
Charlz Spirman o‘ziga xos faktorlar asosida yotuvchi umumiy intellekt mavjud deb 
hisoblagan. Uning fikricha, insonlarda buyuk 
qobiliyatlar bo‘lishi mumkin. Biroq verbal intellekt faktori bo‘yicha 
yuqori ko‘rsatkichli odamlar odatda makon qobiliyati va mantiqiy qobiliyat 
faktorlarini yechish natijalari bo‘yicha o‘rtachadan yuqoriroq 
natijalarga erishganlar. Shunday qilib har xil qobiliyatlar bitta guruhda 
bo‘ladi degan kichik tendensiya mavjud. Charlz Spirmanning fikricha, 
bu G faktori bizning butun ongli faoliyatimizga javob beradi. 
Gavard Gardner Tyorstou g‘oyasini ma’qullaydi, chunki u zakovat har xil 


qobiliyatdan kelib chiqqan degan edi. Uning fikricha miya 
jarohatlanganda bir qobiliyatni pasaytirish mumkin, hammasini ham 
emas. Gavard Gardner maxsus qobiliyatli, ya’ni “Indigo” insonlami 
ham o‘rgandi. 
Masalan: daholik sindromi bor odamlar aqllilik testida baland natijaga erishadilar, 
chunki bunday insonlarda nodir qobiliyat bo‘ladi. 
Misol uchun ular rasm chizishda, raqamlarda yoki musiqani eslab 
qolishda qobiliyatliroq bo‘lishadi. Ular til o‘rganishda qiynalishlari 
mumkin, lekin raqamlar bilan xuddi kalkulyatordek ishlay oladilar. 
Tarixiy sanalar, hafta kunlari ham shu jumladan hisoblanadi. Bu holatlami hisobga 
olgan holda, Gavard Gardner insonda bitta emas bir 
nechta qobiliyat to‘plami bo‘ladi va ular bir-biriga bog‘liq emas 
degan xulosaga keladi. Faqatgina verbal va matematik qobiliyatlar 
bilan cheklangan holatda, u qobiliyatni musiqiy sayqallarga bog‘liqni 
tasavvur qilish va tahlil qilishga va atrof-muhitga va o‘ziga ziyrak 
o‘tkir nigoh bilan qarashini ta’kidlab o‘tgan. 
Yozuvchi T.S.Eliota, olim Albert Eynshteyn, bastakor Igor 
Stravinskiy, raqqosa Mart Grehem, psixiatr Zigmund Freyd, jamiyat 
yo‘lboshchisi Mahatma Gandi va tabiatshunos Charlz Darvin altemativ zakovat 
sohiblari sifatida namoyon bo‘lishgan. Gavard Gardner 
fikrlariga ko‘ra, ko‘chada o‘sgan o‘spirin keyinchalik namunali ishchi bo‘lib 
yetishgan insonning biron-bir markaziy basketbol jamoasi 
yetakchisining qobiliyatlari bilan bir xil bo‘lmaydi, aksincha turli xil 
bo‘ladi. 
Sandra Skarr (1989) qarashlarida “Koshki edi insonlardagi bir sohada sezilgan 
kamchilik, boshqa bir sohada o‘zini namoyon qilganda 
edi, shunda dunyo ham adolatli bo‘lar edi“, - deb ifodalagan. Afsuski, dunyo biz 
o‘ylaganimizdek odil emas, hamda qobiliyatlar orasida 
ham o‘zaro moyilliklar bo‘lib turadi. 
Masalan: aqli zaif insonlarda jismoniy qobiliyatlar ham kamroq 
bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi insonlar uchun maxsus olimpiada 
o‘yinlari o‘tkaziladi va ular adolatli o‘yindan bahramand bo‘ladilar. 
Tadqiqodchilar Gavard Gardnerga ko‘p marotaba turli xil qobiliyatlami “zakovat” 
ostida birlashtirib o‘tkazish o‘rinlimi deb savol 
berishadi. Verbal va mulohazali ko‘nikmalar muhimroq emasmi deb 
ham so‘rashadi. Ulaming fikricha zakovat - bu aqliy qobiliyat. Mu- 
siqaga va ritmikaga bolgan qobiliyatlarsiz ham yashasa bo‘ladi va 
ulami “talant” (qobiliyat) deb atash ma’qulroq. Agar insonlarga jismoniy qobiliyat 
yetishmasa, ulami aqliy qobiliyati yetishmaydi deb 


hisoblash to‘g‘rimi? Gavard Gardner ta’kidlaydiki, qobiliyatning barcha shakllari 
ichki ma’noga ega va ular aniq bir madaniyat va kontekst ostida orttiriladi yoki 
shakllanadi. 
I.RPavlov asarlarida «badiiy», «fikrlovchi» va «o‘rta» tiplar deb 
qayd qilingan mazkur tipologiya kishining oliy asab faoliyati unda 
ikkita signal tizimi mavjudligi bilan belgilanishiga muvofiq ta’limot 
bilan bog‘langandir. Birinchi signallar tizimi obrazli, emotsional va 
ikkinchisi ana shu obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berish bilan 
bog‘liq, ya’ni signallaming signali bilan bog‘liq. Garchi qobiliyatning rivoji har 
turli odamlarda mutlaqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shartsharoitlarga bog‘liq bo‘lsa 
ham, yuqorida ko‘rib o‘tilgan iste’dod 
nishonalari va qobiliyat o‘rtasidagi nisbat, qobiliyat shunchaki tabiat 
in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. 
Odatda qobiliyat insonga shaxsning barcha individual-psixologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda 
berilmaydi, balki hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. 
Ilmiy psixologiya qobiliyatning tug‘maligi nazariyasini inkor etib, 
shaxs qobiliyatining noma Turn tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi 
to‘g‘risidagi tasavvurlarga qattiq zarba beradi. Shuni uqtirish 
joizki, qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish mutlaq xususiyatga ega 
emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug‘ma ekanligini tan olmaslik, 
miya tuzilishi bilan bog‘liq differensial xususiyatlaming tug‘maligini 
inkor qiladi, degan so‘z emas. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida 
faoliyatda muhim o‘rin tutadi. Layoqat, deb qobiliyat 
taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan 
miya tuzilishining, sezgi a’zolari va harakatlaming morfologik hamda fimksional 
xususiyatlariga aytiladi. 
Tug‘ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining 
alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Shaxs muayyan 
tabiiy layoqatga ega bo‘Isa, u holda o‘ziga taalluqli qobiliyatni rivojlantirish 
nisbatan oson kechadi. Insonlaming kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining 
rivojlanish mahsulidir. Layoqat ko‘p qirrali psixik hodisa 

Download 249.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling