Qobiliyatlar to‘G‘risida tushuncha
Download 249.26 Kb. Pdf ko'rish
|
QOBILIYATLAR. docx
Iste’dod va geniylik. Qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi
iste’dod deb ataladi. Uning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtayi nazardan talqini qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Psixologiyada iste’dod (talant - yunoncha noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisi) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, 243 ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga iste’dod deyiladi. Iste’dodning asosiy belgilari quyidagilar: a) muvaffaqiyatni ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; c) originallik unsurining mavjudligi; d) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; e) individual-psixologik xususiyatga egaligi; f) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatga egaligi kabilar. Psixologik ma’lumotlami umumlashtirgan holda alohida ta’kidlab o‘tish iste’dod tuzilishini oson tushunish imkoniyatini yaratadi, iste’dod shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; c) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi. Shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi iste’dodning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlaming jadal takomillashuvi orqali ulaming o‘mini bosishi (kompensatsiya qilishi) mumkin. Iste’dod o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig'indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Iste’dod mahoratning dastlabki sharti hisoblansada, lekin ular bir- biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Iste’dod katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulidir, mehnat esa hayotiy tajriba va ko‘nikmalaming zamriy manbayi hisoblanadi. Ijodiyotning sharti hayotiy tajriba, zamriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat iste’dodning ajralmas qismi hisoblanib, bunda mhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iborat. Iste’dod imkoniyat tariqasida psixologik hodisa, mahorat esa haqiqatga aylangan imkoniyatning gavdalanishi hisoblanadi. Psixologik nuqtayi nazardan haqiqiy mahorat shaxs iste’dodining faoliyatda namoyon bo‘lishidir. 244 Jahon taraqqiyoti, fan va texnika, san’at va adabiyot, moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning ichki (ruhiy) imkoniyati hisoblanmish iste’dod rivojlanishning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko‘pchilik talant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lganlar. Misol tariqasida, mamlakatimizning yaqin o‘tmishida chorizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab iste’dodli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko‘z yumdilar. Bu o‘tmishning achchiq haqiqatidir. Iste’dodlaming tuzilishi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda iste’dodli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezilmoqda. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdiki, bunday shaxslar kelajagi buyuk davlatimiz poydevori bo‘lishadi. Qobiliyatlilik shaxsda mehnat, tinimsiz izlanish tufayli vujudga keladi va rivojlanadi. Iste’dod garchi insonga tabiatan berilgan bo‘lsa-da, agar ijtimoiy muhit bo‘lmasa, o‘z ustida ishlamasa, shaxsdagi qobiliyat va iste’dodlar yo‘qoladi. Iste’dodning eng yuqori darajasi bo‘lgan geniylikning shaxslardagi jihatlari haqida ham to‘xtalib o‘tsak. Geniy shaxslar fan sohalariga, hayot voqealariga ijodiy yondashib ulami yanada boyitadilar. Bunday shaxslar o‘ta mehnatsevar va kuchli irodali bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, geniylik darajasiga ko‘tarilgan shaxs o‘z faoliyatida ahamiyatga molik katta yutuqlami qo‘lga kiritilishiga sabab bo‘ladi. Kelgusi avlod uchun xizmat qiladigan ixtirolar, nazariyalar yaratadilar. 0 ‘rta Osiyoning dunyoga tanilgan yetuk mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi mashhur olimlar fan olamida geniylikning yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildilar. Qobiliyat, iste’dod, geniallik - shaxsning ijodkorligi va faqatgina mehnat mahsulidan kelib chiqadi. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalaming zaruriy majmuasi manbayidir. Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg‘un, kasbiy maxsus qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlar inson faoliyatidagi u yoki bu sohaning mazmuniga nisbatan intilishidan iborat shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. 245 Bunday maxsus qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug‘ullanish moyilligiga o‘sib o‘tadi. Bilishga oid qiziqish faoliyat usullarini amaliy jihatdan o‘zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko‘chirishni taqozo qiladi, rag‘batlantiradi hamda shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlashga yordam beradi. Qobiliyatlar va iste’dodlami shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammodir. Bunda hamma bolalardagi qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish vazifasi ayrim iste’dodli bolalardagi maxsus iste’dodlami rivojlantirish vazifasiga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Qobiliyat va iste’dod insonning hayotidagi eng muhim individual-psixologik xususiyatlardan biri hisoblanadi. Download 249.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling