Mamlakatimiz tabiiy suv zahiralari va ularning xudud bo’yicha tarqalishi


Download 36.32 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi36.32 Kb.
#1700381
Bog'liq
Mamlakatimiz tabiiy suv zahiralari va ularning xudud bo’yicha tarqalishi


Mamlakatimiz tabiiy suv zahiralari va ularning xudud bo’yicha tarqalishi
Reja:

  1. Markaziy Osiyo davlatlarinig suv sohasida bo’linishi

  2. Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida suvga oid munosabatlari

  3. Transchegaraviy daryolarda ulkan to‘g‘onlar qurilishi

Markaziy Osiyo davlatlari suv sohasida ikki xil toifaga bo’lingan bo’lib, birinchi toifaga Amudaryo suvlarining asosiy qismi boshlana­digan Tojikiston hamda mintaqadagi eng uzun hisoblangan Sirdaryo boshlanadigan Qirg’iziston kiradi. Ikkinchi toifaga esa, daryolarning qo’yi oqimida joylashib, suvning asosiy qismini iste’mol qiladigan, o’z hududida suv resurslari manbalari kam, lekin boshqa turdagi tabiiy resurslarga boy bo’lgan O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston kiradi. Bu ikki toifadagi davlatlarni suv havzalarining ekotizimlari birlash­tiradi. Bir davlatdagi suvdan foydalanish rejimining o’zgarishi boshqa davlatlarning manfaatlariga ta’sir etmay qolmaydi.


Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ham o’zlarining sobiq Ittifoq qonunchiligiga moslashtirilgan suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish borasidagi qonunchiligini o’z manfaatlari doi­rasida qayta ko’rib chiqdi, o’zgarishlar kiritdi va ba’zi davlatlar tomo­nidan yangi suv kodekslari qabul qilindi. Biz mintaqa davlatlarining mustaqillikdan keyingi davrda qabul qilingan suv qonunlarining rivojlanishi, ulardagi ahamiyat qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni ko’rib chiqamiz.
Hozirgi kunda Qozog’istonda suvga oid munosabatlar mamlakat Konstitutsiyasi, 2003 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Suv kodeksi” va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmoqda.
Qozog’istonda suvga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan muntazam ravishda katta e’tibor qaratilayotganligidan darak bermoqda.
Xususan, davlatlararo suv komissiyasi direktori o’rinbosari V.Sokolov Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida suvga oid munosabatlar XX asrning 90-yillarida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar bilan tartibga solinayotgan bir paytda Qozog’istonda yangi “Suv kodeksi” qabul qilinganligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham, mamlakatda 1993 yilda qabul qilingan suv kodeksiga 1996, 1999, 2001 yillarda bir qancha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilib, 2003 yil 9 iyulda esa, yangi tah­rirda qabul qilingan. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatda suv qonunchiligiga bo’lgan e’tibor qonunchilikning asta-sekin takomillashayotganligini bildiradi.
Xususan, davlatlararo suv komissiyasi direktori o’rinbosari V.Sokolov Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlarida suvga oid munosabatlar XX asrning 90-yillarida qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar bilan tartibga solinayotgan bir paytda Qozog’istonda yangi “Suv kodeksi” qabul qilinganligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham, mamlakatda 1993 yilda qabul qilingan suv kodeksiga 1996, 1999, 2001 yillarda bir qancha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilib, 2003 yil 9 iyulda esa, yangi tah­rirda qabul qilingan. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatda suv qonunchiligiga bo’lgan e’tibor qonunchilikning asta-sekin takomillashayotganligini bildiradi.
Qozog’iston Respublikasida “Suv kodeksi”ga binoan suv fondini boshqarish havzaviy tamoyil asosida amalga oshiriladi. “Suv kodek­si”ning 1-moddasining to’rtinchi bandida belgilanishicha, havzaviy tamo­yil asosida boshqarish bu-ma’muriy hududiy birliklar o’rtasida daryo, ko’l va boshqa suv ob’ektlari havzasi chegarasidagi suv resurslarini gidrografik belgilari bo’yicha taqsimlanishini amalga oshirishdir1.Bu esa o’z navbatida G.B. Sersenbaevaning fikricha, Sirdaryo, CHu, Irtish, Ural kabi daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali muhofaza qilish imkonini beradi.
Sersenbaevani ta’kidlashicha, Qozog’istonda 2003 yil qabul qilin­gan suv kodeksida avvalgi qonunchilikda bo’lmagan ba’zi yangi qoidalar, ya’ni Qozog’iston Respublikasida ratifikatsiya qilingan suv resurslari­ning tartibga solinishi to’g’risidagi xalqaro normalar milliy qonun­chilik normalariga nisbatan ustuvorlikka ega ekanligi belgilab qo’yil­ganligini aytib o’tdi. Bu qoidaning belgilanganligi Qozog’istonning asosan transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida vujudga keladi­gan ziddiyatli holatlarni ijobiy hal qilishda xalqaro huquq norma­lariga asoslanishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda Qozog’istonda suv resurslaridan foydalanish va uning muhofazasi borasida qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda. Bu respublikada suvga oid munosabatlarning oqilona tarzda tartibga solinishining aso­siy omilidir.Shundan kelib chiqib ta’kildash mumkinki, bu mamlakatda suv qonunchiligi yanada rivojlantirilib boriladi.
Ma’lumki, Qirg’iziston dunyoda suv zahiralari miqdori bo’yicha yetakchi o’rinlarda turadi. Shuning uchun ham mamlakatda keyingi vaqt­larda suv munosabatlarini huquqiy jihatdan samarali boshqarish uchun qonunchilik bazasini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Markaziy Osiyodagi Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq ekologik muammolar butun dunyoga yaxshi ma’lum. Lekin, bu achchiq tajriba hamma uchun ham saboq bo‘lmagan ko‘rinadi. Transchegaraviy daryolarda ulkan to‘g‘onlar qurish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishga, ishlab turgan va qurilayotgan gidroinshootlarni energetik ish rejimiga o‘tkazishga bo‘layotgan urinishlar mintaqa aholisining katta qismini haqli ravishda tashvishga solmoqda. Bunday xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari bu yerda yashayotgan millionlab odamlarning hayotiga tahdid soladi. Chunki, ular hozirdanoq global xususiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning sentabrida BMTning Mingyillik sammitidagi nutqida buni alohida ta’kidlagan edi.
Umumjahon suv forumiga katta tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichi bo‘lgan Toshkent xalqaro konferensiyasida dunyoning 32 mamlakatidan 350 dan ortiq ekspertlar, taniqli olimlar, ekologlar, suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, o‘ttizga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan,BMT va uning tarkibiga kiruvchi agentliklar, Umumjahon suv kengashi, Global suv sherikligi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, AQSHning xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi (YUSAID), Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiya va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning konferensiya ishtirokchilariga qutlov murojaati o‘qib eshittirildi. Unda O‘zbekistonning mintaqadagi olti davlat hududida yashovchi 50 milliondan ziyod aholining asrlar davomida hayotiy muhim ehtiyojlarini ta’minlab kelgan transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid har tomonlama asoslangan yondashuvlari bayon etilgan. O‘zbekiston Prezidenti konferensiya qatnashchilariga transchegaraviy daryolardan umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlar va qoidalar asosida foydalanishni kafolatlaydigan, har bir tomon uchun tenglik, o‘zaro manfaat va adolatni ta’minlaydigan samarali mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini yaratishni taklif etdi. Chunki, bu masala mintaqamiz xalqlari uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov konferensiya qatnashchilariga murojaatida “bugun insoniyat oldida tabiatni hozirgi va kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash, uni odamlar turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, tabiatdan foydalanish bo‘yicha shakllangan tizimni buzishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilishdek muhim vazifalar” turganini ta’kidladi.
Umumjahon suv kengashi prezidenti Lui Fashon konferensiya ishtirokchilariga videomurojaatida suvdan “yengil-yelpi” foydalanish zamonlari o‘tib ketdi, insoniyat bu ne’matdan birgalikda foydalanish davriga qadam qo‘ydi, deb ta’kidladi. Dunyoda tabiatga yanada ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish konsepsiyasi kuchayib bormoqda. Qator davlatlarning, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining sa’y-harakatlari samarasida suv resurslariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va ulardan birgalikda oqilona foydalanish uchun zamin hozirlanmoqda. Har bir insonning suvga bo‘lgan huquqi BMT tomonidan e’lon qilingan va uni hech kim hayot uchun zarur bo‘lgan ushbu huquqdan mahrum qila olmaydi. Mamlakatlar o‘rtasida, inson va tabiat o‘rtasidagi suv taqsimoti adolatli bo‘lmog‘i lozim. Markaziy Osiyo xalqlari suvdan foydalanish sohasida boy madaniyatga ega va ularning tajribasi butun dunyo uchun suv bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi, deb ta’kidladi Umumjahon suv kengashi prezidenti.
Sayyoramizning suv resurslarini o‘rganish, saqlash va ulardan foydalanishga bag‘ishlangan eng yirik xalqaro tadbir bo‘lgan Umumjahon suv forumlari 1997 yildan buyon uch yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. 2012 yil bo‘lib o‘tadigan VI Umumjahon suv forumining mavzusi “Maqsaddan – yechimlar sari” deb belgilangan. Anjuman kun tartibidan joy oladigan 12 yo‘nalishdan oltitasi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lib, Toshkent xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari mazkur masalalar bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqmog‘i lozim. Bular – suvdan kafolatlangan tarzda foydalanish va suvga bo‘lgan huquq, hamkorlik va tinchlikka ko‘maklashish, suv resurslarini integratsiyalashgan boshqaruvni joriy etish orqali suvdan ko‘p tomonlama foydalanish muvozanati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, suv resurslari va ekotizimlar sifatini yaxshilash, urbanizatsiyalashayotgan dunyodagi iqlim va global o‘zgarishlarga moslashish kabi mavzulardan iborat. Ayni paytda mintaqamiz uchun transchegaraviy suv inshootlarini xalqaro huquq asosida boshqarishni tashkil qilish, suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishni keng joriy etish, buni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligini, jumladan, irrigatsiyani isloh qilish ustuvor ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyoning ikki transchegaraviy daryosi – Amudaryo va Sirdaryo – qadim zamonlardan mintaqada istiqomat qiluvchi xalqlarning gidrologik, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun xizmat qilib kelgan, shu orqali Mingyillik deklaratsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishga ko‘maklashgan, dediBMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha hududiy markazining rahbari Miroslav Yencha. Shu bois suv resurslarini boshqarish va tejash sohasidagi mintaqaviy hamkorlik doirasida samarali va oqilona yondashuv, mas’uliyatli munosabat va birgalikdagi sa’y-harakatlar zarur. BMT Orol dengizi havzasi muammolarining kelishilgan yechimini topish hamda mintaqa suv resurslaridan Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar manfaatlari hisobga olingan holda kompleks foydalanish bo‘yicha maqbul mexanizmni ishlab chiqish maqsadida mintaqa mamlakatlarining sa’y-harakatlariga ko‘maklashish ishlarini davom ettiradi. BMTning huquqiy vositalari ushbu muammolarni hal qilish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, suv va energetika resurslarini boshqarish sohasidagi vaziyat mintaqada hamon murakkabligicha qolmoqda.
Anjumanda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston mustaqilligining ilk yillaridan boshlab atrof-muhit va aholi salomatligi himoyasini kuchaytirishga, nafaqat mamlakatda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilashga, jumladan, suv resurslarini boshqarish sifatini oshirish va suv tejamkorligini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Islohotlar kompleks tarzda, bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda bu soha ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning ta’minlangani, izchil iqtisodiy rivojlanish va aholi daromadlarining muttasil o‘sib borayotgani ushbu siyosatning yorqin samarasidir.
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro me’yorlarga to‘liq javob beradigan milliy qonunchilik shakllangan va tobora takomillashtirilmoqda. Maqsadli davlat dasturlari, milliy harakat rejalari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi barcha asosiy xalqaro hujjatlarga, shu jumladan, BMTning transchegaraviy suv oqimlarini va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishga doir boshqa xalqaro huquqiy hujjatlariga qo‘shilgan.
Anjumanda xorijiy ekspertlar O‘zbekiston yuritayotgan siyosat samarasida bugun butun dunyo Orolbo‘yidagi ekologik halokat va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan xabardor ekanini ta’kidladilar. Mamlakatimiz Prezidenti eng yuksak darajadagi xalqaro anjumanlarda bir necha marotaba jahon hamjamiyatining e’tiborini bu yo‘nalishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga qaratdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qator deklaratsiyalar imzolandi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi, ushbu mavzuga bag‘ishlangan yirik xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. 2010 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan “O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash” mavzuidagi xalqaro anjuman shular jumlasidandir. Konferensiya yakunlari bo‘yicha Toshkent ekologiya deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda mintaqa davlatlari transchegaraviy daryolar oqimida joylashgan boshqa davlatlarga zarar yetkazmaslik uchun bunday daryolardan foydalanishning asosiy prinsiplari belgilangan muhim xalqaro huquq hujjatlariga muvofiq transchegaraviy hamkorlikka rioya qilishi lozimligi qayd etilgan.
Aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasida Orol dengizi havzasi mintaqasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlar dasturi ishlab chiqildi va uning ikki bosqichi amalga oshirildi. 2009 yilning aprelida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi muassislari bo‘lgan davlatlar rahbarlarining uchrashuvida Prezident Islom Karimov ushbu dasturning 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan uchinchi bosqichiga oid konsepsiyani ilgari surdi.
Anjuman ishtirokchilari o‘z chiqishlarida O‘zbekistonda suv resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar doirasida suvdan foydalanuvchilar uyushmalari tashkil etildi, paxta ekish ko‘lami keskin qisqartirildi, bunday maydonlar hozir sug‘oriladigan yerlarning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga qaramay, daryolardan suv olish hajmi kamaydi. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab suv olish hajmi 63 kubkilometrdan 52 kubkilometrgacha qisqardi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga so‘nggi yillarda 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Buning hisobidan qariyb 740 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi – kollektor-drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va tozalandi, yer tuzishga doir ishlar amalga oshirildi, zarur texnika xarid qilindi. O‘zbekistonda suv tanqisligi muammosini hal etish yo‘lida eng zamonaviy yondashuvlar, shu jumladan, suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy etilmoqda. Masalan, bunday loyihalardan birining amalga oshirilishi hisobidan Janubiy Farg‘ona kanali tizimiga umumiy suv olish hajmi 20 foizdan ortiq kamaydi. Bugun suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish mamlakatimiz bo‘ylab 250 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarda amalga oshirilmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan suvni hayot manbai sifatida qadrlab kelgan, dedi Moskva davlat tabiatni asrash universiteti rektori Dmitriy Kozlov. O‘zbekistonning melioratsiya, suvni tejash va undan oqilona foydalanish sohasidagi tajribasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘rganilmoqda va muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv xo‘jaligi tashkilotlari tarmog‘i nomidan Prezident Islom Karimovga ekologiya muammolariga qaratayotgan doimiy e’tibori, transchegaraviy daryolar resurslaridan foydalanish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida vujudga kelgan murakkab vaziyatni hal qilish borasidagi har tomonlama puxta o‘ylangan va oqilona siyosati uchun katta minnatdorlik bildirmoqchiman.
Barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida o‘tkazilayotgan mazkur anjuman suvdan birgalikda foydalanish sohasida samarali va aniq qarorlarni belgilab olishda muhim o‘rin tutadi, dedi Umumjahon suv forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Yevropa mintaqaviy jarayoni mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi, Xalqaro havza tashkilotlari tarmog‘ining ijrochi direktori Jan-Fransua Donziyer (Fransiya). Markaziy Osiyoda suv ta’minoti borasida jiddiy muammolar kuzatilmoqda. Shunisi quvonarliki, ularni hal etish bo‘yicha mutlaqo ochiq ish olib borilmoqda.
Xorijlik ekspertlar o‘z ma’ruzalarida shuni alohida ta’kidladilarki, faqat O‘zbekistonning sa’y-harakatlari bilan, ular qanchalik keng ko‘lam kasb etmasin, Markaziy Osiyoda cheklangan suv resurslarini asrash va ulardan samarali foydalanish muammolarini hal etib bo‘lmaydi. Bunda mintaqadagi barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatlarini hisobga oladigan, integratsiyalashgan yondashuv zarur. O‘zbekistonning yondashuvi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xorijlik ekspertlar shu munosabat bilan mintaqaning asosiy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqimlari yuqori qismida joylashgan mamlakatlarning amaldagi xalqaro me’yorlarni buzish orqali transchegaraviy suv resurslarini ekspluatatsiya qilishga intilishlari katta tashvish tug‘dirayotganini alohida ta’kidladilar. Markaziy Osiyoda suvdan adolatli foydalanish masalalari jahon hamjamiyatida keng aks-sado bergani qayd etildi. Mazkur daryolarning yuqori qismlarida ulkan to‘g‘onlarga ega katta gidroinshootlar qurishga doir loyihalarni amalga oshirishga urinishlar mintaqaning butun ekotizimiga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon yetkazishi hamda texnogen, ijtimoiy-ekologik va gumanitar halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu loyihalar 40 yil avval ishlab chiqilgan va texnik jihatdan allaqachon eskirgan. Eng muhimi, bu loyihalarda bo‘lajak qurilish hududining 8-9 ballni tashkil etuvchi yuqori seysmik darajasi inobatga olinmagan. Vaholanki, bu hududda so‘nggi 110 yil ichida 20 dan ortiq yirik yer silkinishlari ro‘y bergan. Chunonchi, Tojikistondagi Rog‘un GESida balandligi 335 metrga teng dunyodagi eng baland to‘g‘on qurish ko‘zda tutilmoqda. Uning qurilishi kuchli yer silkinishini keltirib chiqarishi va aholi hayoti uchun ulkan xavf tug‘dirishi mumkin.
Bundan tashqari, mustaqil ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘g‘on yorilib ketgudek bo‘lsa, 1,5 million gektargacha maydon, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hududlarida 5 milliondan ortiq odam istiqomat qilayotgan 700 dan ortiq aholi punktlari suv ostida qolib ketadi. Rog‘un suv ombori faoliyati energetik rejimiga o‘tkazilganidan so‘ng suv tanqisligi vegetatsiya davrida o‘rtacha 22 foizdan ko‘proq oshadi, suv taqchil yillarda esa qariyb 2 baravar ko‘payadi. Bu qurg‘oqchilikka, katta cho‘l hududlarining paydo bo‘lishiga olib keladi, qishda esa haydaladigan yerlar va aholi istiqomat qilayotgan joylarda suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, anjumanda bunday loyihalarning amalga oshirilishi miqyosi jihatidan Orol halokatidan ham ayanchliroq yangi ekologik halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deb alohida ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan konferensiya ishtirokchilari Prezidentimiz Islom Karimovning transchegaraviy daryolar resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga qaratilgan oqilona va uzoqni ko‘zlagan yondashuvini alohida qayd etdilar. Davlatimiz rahbari ko‘p bor ta’kidlaganidek, bunday loyihalar transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanishga doir xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga mosligini qat’iy belgilash hamda ularning ushbu daryolar havzasida joylashgan barcha mamlakatlar aholisi, iqtisodiyoti va ekotizimlari uchun barcha ehtimol tutilgan salbiy oqibatlarini aniqlash maqsadida ular albatta xalqaro ekspertlar ishtirokida mustaqil ekologik va texnik ekspertizadan o‘tkazilishi zarur.
Anjuman dasturiga, yalpi majlisdan tashqari, Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ayniqsa dolzarb bo‘lgan muhim mavzularga bag‘ishlangan yettita davra suhbati kiritilgan. Ulardan ikkitasi – “Kelajak avlodlar uchun suv kafolati”, “Ichimlik ehtiyojlari uchun barqaror suv ta’minoti” mavzularidagi davra suhbatlari anjumanning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.


1 «Водный кодекс Республики Казахстан», 09.02.2003 г. Юридиcческий сборник НИЦ МКВК № 12.

Download 36.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling