Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini sezilarli darajada o ‘zgartirishni, ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab qilmoqda


Marketingga yangicha qarashlar tizimi


Download 33.17 Kb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi33.17 Kb.
#1474190
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
miraziz indivudual loyiha 2

3.Marketingga yangicha qarashlar tizimi


Giperraqobat - strategiya haqidagi eski ta’limot tamoyillariga putur yetkazadi va strategik menejmentni to ‘liq qayta yo‘naltirishni taqozo etadi. Giperraqobat sharoitida korxonalar raqobatli ustunliklarga tezda ega bo‘lmoqda va ularni tezda yo‘qotmoqda ham. Giperraqobat korxonalam ing o ‘ziga xos marketing strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi: 1) korxonalar, agarda yetakchilik pozitsiyalarini saqlab qolishni istasa, mavjud raqobatli ustunliklarning faoliyat muddatini qisqartirib, yangi ustunliklar yaratish bilan doimiy ravishda shug‘ullanishi lozim; 2) strategiya raqobatchilar tomonidan kutilgan bo‘lib chiqmasligi uchun (bu giperraqobat sharoitlarida korxonani halokatga olib kelishi mumkin) ular mantiqiy oqilona xulq-atvordan chetlashishi lozim. Giperraqobat oldindan aytish mumkin bo‘lgan emas, balki kutilmagan qarorlarni talab qiladi; 3) firmaning marketing strategiyasi dinamikali, tez yangilanadigan bo‘lishi lozim, istalgan uzoq muddatli strategiya korxonaga ziyon keltirishi mumkin; 4) giperraqobat sharoitlarida kuchli va kuchsiz tomonlar tahlili potensial ravishda korxonani chalg‘itib qo‘yadi, chunki u uzoq muddatli istiqbolga yo‘naltiriladi. Yagona foydali va uzoq muddatli kompetensiya shundan iborat bo‘lishi kerakki, doimiy ravishda yangi, raqobatchi uchun kutilmagan ustunliklar izlab topish va innovatsiyalar uchun mos keluvchi sharoitlar yaratish zarur. Oxirgi o‘n yillikda raqobatbardoshlikni tahlil qilish obyekti tabiatida jiddiy o ‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng avvalo, barcha m a’lum bo‘lgan firma va uning raqobatbardoshligi nazariyalariga asosan tashkil qilingan an’anaviy firmadan farqli ravishda «yangi firma» tushunchasi paydo b o id i. A n’anaviy firmaning asosiy jihatlari quyidagilar: - aktiv kapital sig‘imining yuqoriligi - asset-intensive (ishlabchiqarish ko‘lamida tejamkorlikka erishish va bozorga yangi kirib 1.3. Marketingga yangicha qarashlar tizimi 19 borayotgan kompaniyalar oldida ustunliklarga ega bo‘lish uchun), ularning moddiy xarakteri; - vertikal integratsiya darajasining yuqoriligi hamda ta’minotchi va iste’molchilar ustidan to 'g ‘ridan to'g'ri nazorat o‘rnatish (oraliq tovarlar bozorining rivojlanmaganligi sharoitlarida ham iste’mol qilinadigan, ham ishlab chiqariladigan mahsulotlar yetkazib berishning ishonchliligini ta’minlash uchun; - ishchi kuchining kompaniya rahbariyatiga bog‘liqlik darajasi yuqoriligi (chunki raqobatning yetarli emasligi oqibatida ishchi kuchi tor bozori ish joyi bo'yicha to‘plangan mahorat va ko‘nikmalardan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi); - kompaniya chegaralari qat’iy belgilangan va uning moddiy aktivlari bilan belgilanadi. Kapital, kommunikatsiyalar, inson va axborot resurslarining globallashuvi jarayonlari ta’siri ostida hozirgi paytda «yangi firma» jihatlari shakllanayotgan bo‘lib, uning asosiy tavsifnomalari quyidagilardan iborat: - moddiy aktivlar asosiy daromad manbasi bo‘lmay qolmoqda, aktivlarning asosiy elementi sifatida inson kapitali ishtirok etmoqda; - aktivlar tarkibida nomoddiy elementlar (brendlar, patentlar, strategik bitimlar, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha nou-xau) tobora katta ulushga ega bo‘lmoqda; - xodimlar, biznes bo‘yicha hamkorlar, boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan moslashuvchanroq shartnomalar tuzilmoqda; - personalning o‘z mahorat va ko‘nikmalaridan firma doirasidan tashqarida kengroq foydalanish imkoniyatlari oqibatida muayyan kompaniyaga bogiiqlik darajasi pastroq. Global o‘zgarishlar sharoitlarida mutaxassis-marketologlar marketing maqsadlari va usullarini qayta ko‘rib chiqishlariga ham to‘g‘ri keladi. Marketingning ay rim shaxslar yoki bir guruh shaxslar uning yordamida o ‘z ehtiyojlarini iste’mol qimmatlari yaratish va ulami ayirboshlash vositasida qondiradigan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni sifatidagi ta’rifi bir qator vazifalar yechimini talab etadi: 20 - ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi insonparvai lashuvi; - biznesning barcha sohalarida korporativ etikani hisobga olgan liolda ishlab chiqarish faoliyatining ijtimoiy va ekologik oqibatlariga m as’uliyatli yondashuv; - axborot texnologiyalaridan foydalanib, iste’molchilarni kuzatish va o‘rganish, yakka tartibdagi xususiyatlar va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tovarlar ishlab chiqish va ularni sotish (masalan, «sifat spirali»ga amal qilgan holda tovarlar ishlab chiqish, ergonomik omillami hisobga olish); - notijorat tashkilotlar: kasalxona, muzey, maktab, hukumat muassasalari va h.k. faoliyatida marketing usullarini qo‘llash (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejashni rag‘batlantirish uchun jam iyatda marketing kampaniyalari o ‘tkazish). Shunday qilib, globallashuv jarayoni marketing texnologiyalariga, jum ladan, innovatsion marketingga yangicha talablar qo'yadi.

Download 33.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling