Mamlakatimizda barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar


Download 69 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2023
Hajmi69 Kb.
#1708611
  1   2
Bog'liq
2-Ma\'ruza


2- Mavzu: MAMLAKATIMIZDA BARQAROR RIVOJLANISHGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATAYOTGAN TABIIY VA ANTROPOGEN JARAYONLAR.
REJA:
1.Mamlakatimizda barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan tabiiy jarayonlar.
2.Mamlakatimizda barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan antropogen jarayonlar.
Tabiiy geografik jarayonlar-tabiatda modda va energiya oʻzgarishlari hamda umuman, tabiiy geografik majmualarnnj rivojlanishiga sabab boʻluvchi barcha hodisalar. Bular atmosfera sirkulyatsiyasi, namlikning aylanishi, relyef hosil boʻlishi, nurash, tuproq hosil boʻlishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining mavsumiy hamda asriy oʻzgarishlari, komponentlararo aloqalarda roʻy beruvchi jarayonlardan iborat. Tabiiy geografik jarayonlarni tadqiq etish landshaftlarni dinamik tuzilma sifatida oʻrganishga, ularni muhofaza qilish va oʻzgartirishning oqilona yoʻllarini tanlashga imkon beradi. Geografik majmualararo hamda komponentlararo modda va energiya almashinuvini aniqlash ayniqsa katta nazariy ahamiyatga ega. Tabiiy geografik jarayonlar vaqt davomida (davriy) va muayyan tartibda (birinketinlik bilan) takrorlanib turadi. Masalan, havo harorati, namligi, shamollar, yorugʻlik kecha-kunduz davomida, turli xil ob-havo fasllar davomida, fayellar yil davomida almashinib (takrorlanib) turadi. Shuningdek, togʻ jinslarining nurashi, suv toshqini va boshqa ham muayyan tartibda takrorlanadi.
Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari-odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlikhayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita taʼsiri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojlanishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslantiruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda. Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun maʼlum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi. Antropogen omillar inson faolyatining tabiatga tasir natijasida yuzaga keladi.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling