Mamlakatimizda investitsiyalarni korxonalar faoliyatiga jalb qilishda moliya-kredit tizimining jadal rivojlanish masalalari
Download 20.14 Kb.
|
panayev 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radjan Madju, “Hindiston–MDH” Savdo-sanoat palatasi Prezidenti.
MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYALARNI KORXONALAR FAOLIYATIGA JALB QILISHDA MOLIYA-KREDIT TIZIMINING JADAL RIVOJLANISH MASALALARI Panaev Ma’mur Maxmudovich - Buxoro soliq texnikumi o‘qituvchisi “O‘zbekiston qisqa vaqt mobaynida iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoning ko‘p mamlakatlarini ortda qoldirib, rivojlanishda katta yutuqlarga erishdi. Mamlakatda xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, mineral o‘g‘itlarni qazib olish va qayta ishlash kabi sohalarda ishga solinmagan ulkan potensial” Radjan Madju, “Hindiston–MDH” Savdo-sanoat palatasi Prezidenti. Moliya-kredit tizimi hududlarga investitsiyalar jalb qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiyotning asosiy va tarkibiy qismlaridan biridir.Jahon tajribasiga ko‘ra, samarali moliya-kredit tizimini yaratish barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Ushbu fikrimizni yorqin asoslab berish masalasida biroz moliya-kredit tizimi masalasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish,zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan yangi korxonalarni tashkil etish,rekonstruksiya ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bu avvalambor aholi bandligi va daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimotiy muammolarni echiish imkonini beradi. SHu boyis, mamlakatimizga xorijiy invistisiyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy jixatdan rag‘batlantirtish, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Akademik internet saytida moliya-kredit tizimiga quyidagicha tarif beriladi, «Moliya kredit tizimi, bu makroiqtisodiy tizimning muhim elementi bo‘lib, u davlatning moliyaviy-kredit siyosati amalga oshirilishi amalga oshirilishini taminlaydi. SHu bilan birga birlamchi ikkkilamchi bozorlarni to‘liq qamrab oladi. SHu bilan birga Rossiyalik N.I.Kulikov, L.S.Tishina hamda E.YU.Babenkolar tarifiga ko‘ra: “Moliya-kredit tizimi-moliya kredit munosabatlarining turli-tuman bo‘g‘inlari yig‘indisi sifatida pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ishlatida o‘ziga xos xususiyatlar hamda ijtimoiy takror ishlab-chiqarishdagi turlicha vazifalarni bajaradi. Moliya-kredit tizimi o‘z ichiga markazlashgan va markazlashmagan moliyaviy mablag‘larni, shuningdek, uy xo‘jaliklari moliyasini qamrab oladi”. Ushbu tizimlarning har biri sohalarga bo‘g‘in va bo‘linmalalarga bo‘linadi. Moliya kredit tizimining har bir elementi o‘z tashkiloti, faoliyat ko‘rsatish mexanizmi hamda o‘z tartibiga ega bo‘lishiga qaramasdan, barchasi o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘langan shaklda milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Markazlashtirilgan moliya tizimi davlat moliyaviy mexanizmlaridan iborat bo‘lib, ulardan butun milliy iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida foydalaniladi.YAni, xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolarning pul mablag‘lari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari majburiy ajratmalarda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun yig‘iladi. Nomarkazlashgan moliya bo‘lsa, xo‘jalik sub’ektlarning pul mablag‘i, ya’ni:(daromad va jamg‘armalarni) tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish, shuningdek kapital va ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Bu esa nomarkazlashgan moliyaviy tizimchaning asosini tashkil qiladi. Moliyaviy resurslarning asosiy qismi korxonalarga ta’luqli ekanligi sababli, uning barqarorligi korxonalarning moliyaviy holatiga bog‘liqdir. Uy xo‘jaliklari moliyasi, bu fuqarolar pul mablag‘laridan iborat bo‘lib, ular jamiyatning alohida iqtisodiy yacheykasi doirasida amalga oshiriladi. Uy xo‘jaliklarining moliyasidan shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi va u fuqarolar turmush tarzining moddiy asosini tashkil qiladi. Ushbu moliyaviy daromadlar va xarajatlarga ajratiladi, ya’ni: oila a’zolari mehnatiga to‘lanadigan haq; tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar, shaxsiy mulk hamda kredit-moliya operatsiyasi; davlat nafaqalari, yordam puli, stipendiya va boshqa ijtimoiy transfertlardan iborat bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari xarajatlari uchta guruhga bo‘linadi: iste’mol xarajatlari (iste’mol tovarlari, uzoq muddatli tovarlarni xarid qilish hamda xizmatlar to‘lovi); soliqlar, majburiy ajratmalar, to‘lovlar va ixtiyoriy badallar; pul jamg‘armalari. Moliya-kredit tizimining kredit tizimchalari bank sohasidan tashqari parabank sohasidan iborat bo‘lib, ushbu sohaga keng guruhdagi jamg‘arish muassasalari, ya’ni o‘zaro jamg‘arma kassalari, ishonchli jamg‘arma banki, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari, kredit shirkatlari va boshqa muaassasalarining jamg‘armalar va daromadlarni jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tarzda kredit tizimining yordamisiz harakat qilish layoqatiga ega emas. Umuman olganda, moliya-kredit tizimining moliyaviy va kredit tizimchalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular moliya muassasalari, kredit tashkilotlari, tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari uchun xizmat qiladi. Markaziy bank davlat byudjetini shakllantirishda axborot markazi rolini o‘taydi, ya’ni, davlat byudjeti mablag‘larini qabul qiluvchilarning tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlaridan olingan mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hukumatga taqdim etadi, hukumat byudjet mablag‘lari hajmi va ulardan foydalanish yo‘nalishlari monitoringini amalga oshiradi. SHu bilan birga, hududlarga investitsiyalarni jalb qilishda moliya-kredit tizimiga tasir qiluvchi keng ma’nodagi omillar guruhlari o‘rtasidagi asosiy farqlarni quyidagilar orqali amalga oshiriladi va ifodalanishi mumkin, yani: *Moliya-kredit tizimiga tasir etuvchi keng manodagi omillar-makrodarajadagiomillar bo‘lib, ular nafaqat davlat moliya-kredit tizimi bilan hududlar moliya kredit tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifoda etadi, balki hududlardagi moliya-kredit tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi, ya’ni xalqaro bozorlardagi iqtisodiy omillardan ham iborat bo‘ladi; *Moliya-kredit tizimiga tor manoda ta’sir qiladigan omillar asosan hududlar darajasida tadbiq etiladi. Ular bevosita hududlarning o‘zida investitsiyalarni jalb qilishda hududiy moliya-kredit tizimiga tasir qiladigan omillarni qamrab oladi. *Moliya-kredit tizimida investitsiyalarni jalb qilish oqimining ko‘payishi, moliya-kredit tizimining rivojlanishi birinchi navbatda hududdagi iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Hududlarga investitsiyalarni samarali jalb qilish tufayli, yangidan-yangi ishlab chiqarish sub’ektlari, bino-inshootlar hamda rivojlanayotgan infratuzilmalar vujudga keladi. SHunday qilib mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqida albatta, asosiy omillar jumlasiga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati; hududlarga investitsiyalar jalb qilishning holati; hududlarga investitsiyalarni jalb qilishda moliya-kredit tizimining muhim o‘rni va dolzarbligidir. Download 20.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling