Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan zahira va qazilma boyliklarimizdan unumli foydalanish ahamiyatga molik masalalardan biridir. Bu haqida prezidentimiz I. A
Download 0.71 Mb.
|
Organik moddalarni tozalash
Qog’oz xromatografiyasi.
Qog’oz xromatografiyasi organik birikmalarni aniqlashda eng sodda, oson va analiz uchun ko’p modda talab qilmaydigan metodlardan biri hisoblanadi. Qog’oz xromatografiyasida, qog’ozda doim adsorbtsiyalangan holda bo’lgan suv surilmaydigan erituvchi (surilmaydigan faza) bo’lib, qog’ozning o’zi adsorbent bo’lib, suruvchi erituvchi (suruvchi faza) bo’lib esa oldindan suv bilan to’yintirilgan organik erituvchi yoki erituvchilarning aralashmalari hisoblanadi.Tekshirilayotgan aralashmaning eritmasidan va shu aralashmada bo’lishi taxmin qilingan ma`lum moddadan yoki ma`lum moddalar eritmasidan xromatografik qog’ozga bir necha tomchi tomitib quritiladi. So’ngra ichida erituvchi bo’lgan maxsus germetik kameraga tushirib qo’yiladi.erituvchi moddaning qaysi sinfga kirishiga qarab turlicha va har xil nisbatlarda tayyorlanadi. Masalan, aminokislotalar uchun sistema izomoy kislota va suv, amil spirt, piridin va suv, uglevodlar uchun n-butanol, sirka kislota va suv n-butanol, atseton, suv, n-butanol, piridin va suv yoki etil atsetat, piridnn va suv, uglerod atomi S10gacha bo’lgan alifatik kislotalar uchun qo’llaniladigan sistemalardan amil spirt, sirka kislota va suv, benzol, chumoli kislota va suv, yuqori molekulali kislotalar uchun esa parafin moyi bilan to’yintirilgan sirka kislota yoki kerosinning 190-228°S dagi fraktsiyasi bilan to’yintirilgan 90% li sirka kislota va boshqalar ishlatiladi. Erituvchi-sistema qog’ozga shimilib, ma`lum balandlikkacha ko’tarilgach, xromatogramma kameradan olinadi va erituvchi etib borgan yuqori chegara (erituvchi fronti) belgilab olinadi. SHundan so’ng, xromatogramma quritilib, maxsus tanlab olingan rang beruvchi moddalar bilan ishlanadi. Masalan, uglevodlar n-anizidinning butanoldagi 3% li eritmasi yoki 0,4 go-toluidin va 0,5 gsalitsil kislotaning 10 ml etanoldagi eritmasi bilan ishlanganda uglevodlar aralashmasining har bir komponenty har xil rangdagi dog’larni hosil qiladi (14-rasm). Tekshirilayotgan komponentlarni xromatogrammada identifikatsiyalash uchun moddalarning qo’llanilgan erituvchilar sistemasidagi taqsimlanish koeffitsienti Rfdan foydalaniladi. Rf quyidagicha hisoblanadi: buning uchun modda tomizilgan nuqta (start)dan dog’ markazigacha bo’lgan masofa (x), start chizig’idan erituvchi fronti chizig’igacha bo’lgan masofa (u)ga bo’linadi: Aniqlangan Rfning qiymati qaysi moddaga to’g’ri kelishi toza moddalar uchun tuzilgan jadvalga solishtirib ko’riladi. Lekin Rf ning qiymati qo’llanilgan sistemaga, temperaturaga, qog’ozning turiga va boshqa faktorlarga bog’liq bo’lganligi uchun, xromatografik analiz ma`lum moddalar - «guvohlar» ishtirokida olib boriladi. Yuqorida bayon qilingan qog’oz xromatografiyasini har xil turlari mavjuddir: masalan, erituvchining yo’nalishiga qarab yuqoriga suriluvchi (12-rasm), pastga suriluvchi (13, 14-rasmlar) hamda gorizontal-aylana xromatografiya (15-rasm) va boshqalar. Ba`zi moddalarning aralashmalarini tekshirishda bir yo’nalishda xromatografiya qilib tegishli natija olib bo’lmaydi. Bunday hollarda bir marta xromatografiya qilib, olingan xromatografiyani 90° ga aylantirib, ikkinchi marta xromatografiya qilinadi (16-rasm). Bu usulni ikki tomonlama xromatografiya qilish deyiladi. Keyingi vaqtlarda xromatografiyaning ancha qulay va tez bajariladigan turlaridan yupqa qatlamda xromatografiyalash va ayniqsa gaz-suyuqlik xromatografiyadan ham keng foydalanilmoqda. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling