Mamlakatimizda oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor


“Ta’limda menejment” ixtisosligidan bilim va ko‘nikmalarga


Download 458.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana23.10.2023
Hajmi458.3 Kb.
#1717693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13.00.07 – “Ta’limda menejment”

“Ta’limda menejment” ixtisosligidan bilim va ko‘nikmalarga 
qo‘yiladigan talablar: 
mazkur ixtisoslikni o‘rganish jarayonida quyidagi tayanch tushunchalarni 
bilish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur: 

oliy taʼlimni boshqarish borasidagi davlat siyosatining mohiyati
mazmuni va xususiyatlarini; 

oliy taʼlimni boshqarishning nazariy asoslarini; 

O‘zbekiston Respublikasida taʼlim muassasalarining zamonaviy 
tizimini; 

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan oliy taʼlim sohasidagi 
islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini; 

oliy taʼlimi tizimi menejmenti, uning vazifasi, tamoyillari, boshqaruv 
yo‘llari va usullarini; 

oliy taʼlim muassasasidagi o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish 
yo‘llarini; 

o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy jihatdan boshqarish yo‘llarini; 

taʼlim iqtisodiyotida innovatsion boshqaruvni amalga oshirishni; 




oliy taʼlim tizimida marketing faoliyatini boshqarishni;

oliy taʼlim iqtisodiyoti va menejmenti bo‘yicha amaliy takliflar 
tayyorlashni; 

ta’lim menejmentiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish va 
ularni amaliyotda qo‘llay bilish; 

boshqaruv sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni ilmiy faoliyatida qo‘llay 
olishi malakasiga ega bo‘lish; 

ta’lim menejmentining qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini 
aniqlash, tahlil etish, ushbu sohada mukammal bilimlarni egallash va uni 
amaliyotga tadbiq eta olishlik malakasi

taʼlim-tarbiya ishlarini mustaqillik g‘oyalaridan foydalanilgan holda 
pedagogik qonuniyatlar va tamoyillarga uyg‘un holda o‘tkazish;

pedagogik faoliyatni rejalashtirishda, yaqin, o‘rta davrni va istiqbolni 
ko‘zlab maqsad, vazifalarni belgilash; 

amaliyotda o‘qitish hamda maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy 
shakllarini qo‘llash; 

amaliyotda o‘qitish va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning qulay metod va 
vositalarini qo‘llash, maʼlum vaziyatlarda ulardan to‘g‘ri foydalana olish; 

taʼlim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Sharq va 
G‘arbning ilg‘or pedagogik tajribalaridan foydalangan holda tashkil etish

o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘g‘ri bajarilishini tashkil etish; 

shaxs faoliyati va xulqini rag‘batlantirib borish; 

pedagogik vaziyatlar, taʼlim va tarbiya natijalarini tahlil eta olish, 
jamoani o‘rganish; o‘zlashtirmaslik sabablarini, kamchiliklarni aniqlash va ularni 
bartaraf etish uchun samarali tadbirlarni belgilash;

o‘z bilimini oshirib borish, amaliyotda pedagogika fanidagi yutuqlar, 
ilg‘or tajribalardan foydalanish, qulay pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, pedagogik 
faoliyatda yuzakichilik va bir qolipda ishlashga yo‘l qo‘ymay, ishga ijobiy 
munosabatni namoyon etish;

guruh rahbari va tarbiyachi-murabbiy vazifalarining samaradorligiga 
erishish, tashqi taʼlim, ota-onalar, mahalla, jamoatchilik, bilan o‘z-o‘zini 
boshqarishni tashkil etish. 
Ushbu dastur oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda ilmiy pedagogik kadrlarni 
tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, zamonaviy mutaxassislarni kasbiy 
faoliyatida foydalanish uchun uni o‘zlashtirishga qaratilgan. Oliy taʼlimdan 
keyingi taʼlimda bo‘lgan bosqichlarda orttirilgan bilimlarga tayangan holda oliy 
taʼlim muassasasida pedagogika fanini yanada chuqurroq egallash va tanlangan 
kasbiga yo‘naltirilgan holatda o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. 

Download 458.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling