Mamlakatimizda oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor


Download 458.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana23.10.2023
Hajmi458.3 Kb.
#1717693
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13.00.07 – “Ta’limda menejment”




 



 



KIRISH 
Mamlakatimizda oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy 
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy hamda oliy taʼlimdan 
keyingi taʼlimni modernizatsiya qilish, ilg‘or taʼlim texnologiyalariga asoslangan 
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oliy taʼlim 
muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy 
faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish 
kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Taʼlim sifatini yanada takomillashtirish, uzluksiz taʼlim tizimining barcha 
bosqichlarida o‘qitish sifatini taʼminlash, yetuk mutaxassislarni tayyorlash 
tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv dasturlarining 
uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash hozirgi paytda davr talabiga aylanib 
bormoqda. 
“Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha dasturning maqsad va 
vazifalari:
talabgorning ta’lim menejmentiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularni amaliyotda qo‘llay bilish va ushbu sohaga oid barcha 
bilimlarni chuqurlashtirilgan holda o‘zlashtirish, boshqaruv sohasidagi bilim va 
ko‘nikmalarni ilmiy faoliyatida qo‘llay olishi malakasini shakllantirish, ta’lim 
menejmentining qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil 
etish, ushbu sohada mukammal bilimlarni egallash va uni amaliyotga tadbiq eta 
olishlik hamda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nutqlaridagi 
umuminsoniy va maʼnaviy-axloqiy tamoyillarni bilish; hozirgi zamonaviy taʼlim 
texnologiyalarini bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llay olishiga o‘rgatishdan 
iborat. 

Download 458.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling