Mamlakatimizda oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor


Download 458.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana23.10.2023
Hajmi458.3 Kb.
#1717693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
13.00.07 – “Ta’limda menejment”

 
 
 



TALABGORNING 13.00.07 - “TA’LIMDA MENEJMENT” 
IXTISOSLIGIDAN O‘RGANILISHI ZARUR BO‘LGAN MINIMUM 
BILIMLAR MAZMUNI. 
 
1-mavzu. Taʼlim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari

Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. 
Taʼlim menejmenti tushunchasi. Umumfalsafiy qonunlar va pedagogik 
kategoriyalar 
boshqaruv 
metodologiyasining 
asosi 
ekanligi. Taʼlim 
muassasalarini boshqarish sohalari: pedagogik jarayonni boshqarish; taʼlim 
xizmatlari bozorini boshqarish; moliyaviy boshqarish; xodimlarni boshqarish. 
Boshqarish sohalari qonunlari va uning ahamiyati. 
Taʼlim muassasalarini boshqarishning asosiy tamoyillari: yakkaboshchilik 
va kollegiyalik; ilmiylik; rejalilik; boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirish; 
kadrlarni tanlash va joylashtirish; shaxsiy tashabbus; javobgarlik va 
tavakkalchilik. 
 
2-mavzu. Iqtisodiyot va taʼlim. 
Iqtisodiyot va taʼlim tushunchalarining mazmun va mohiyati. Iqtisodiy 
kategoriyalar, qonunlar va tamoyillar. Maxsus (iqtisodiy) fanlarni o‘qitish 
metodikasi. Mikro-makroiqtisodiyot, menejment-marketing, bilimlar va 
innovatsion iqtisodiyoti. Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy taʼlim. 
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari. Iqtisodiy taʼlim jarayonida 
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati. 
Talabalarda iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malalarni shakllantirish mexanizmlari. 
Innovatsion faoliyat tushunchasi. Bo‘lg‘usi mutaxassis kadrlarni innovatsion 
faoliyatga tayyorlash metodikasi.
 
3-mavzu. Taʼlim muassasalarini boshqarishga tizimli-vaziyatli yondashuv. 
Taʼlim muassasasi va tashqi muhit. Tashkiliy-pedagogik maqsad va 
madaniyat: tayanch qadriyatlar, strategik vazifalar va qisqa muddatli rejalar. 
Taʼlim muassasasi resurslari: tashkiliy-moddiy va insoniy. 
Tizimlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi. Taʼlim muassasalari, 
tashkilotlari va tizimi haqida tushuncha. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz 
taʼlim tizimi va uning turlari. 
Taʼlim tizimi yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida. Taʼlim 
muassasalari va tashkilotlari tashkiliy-pedagogik tizim sifatida. Pedagogik 
jarayon (taʼlim, tarbiya va shaxs kamoloti) tashkiliy-metodik tizim sifatida va 
uning mohiyati. 
Taʼlim muassasalari va tashkilotlarini boshqarishga tizimli va vaziyatli 
yondashuvlarning mohiyati. 

Download 458.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling