O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
_______________ A.Umarov
202___ yil “___”___________
|
|
“ KELISHILDI”
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
______________________
202___ yil “_____”__________
|
|
Ro'yxatga olindi: № BD-5611700-2.05
202__ yil “___”____
|
MENEJMENT VA MARKETING
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Та’lim sоhasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Та’lim yo’nalishi:
|
5611700 – Макtab меnejmenti
|
Toshkent – 2020
Fаn/mоdul коdi
EFF116
|
O’quv yili
2020-2021
|
Semestr
1
|
ECTS - Кreditlar
2
|
Fаn/mоdul turi
Маjburiy
|
Та’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
2
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Мustaqil ta’lim
(soat)
|
Жами юклама
(soat)
|
МENEJMENT VA МАRKETING
|
30
|
30
|
60
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o'qitishdan maqsad - talabalarga mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida menejment va marketing faoliyatini to'g'ri tashkil etish va uni boshqarish, boshqarish usullari, rahbarlik uslublari va boshqarishda motivatsiyani ijobiy ta'siri hamda menejment va marketing faoliyatini takomillashtirishni o'rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - menejment va marketing nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi, maqsadlari, vazifalari, boshqarish usullari, qarorlari, tamoyillari, menejment va marketing faoliyatlarini axborot bilan ta'minlash, bozor kon'yunkturasini o'rganish va bashorat qilish bilan bog'liq jarayonlarni o'rgatishdir.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Menejment va marketing” fanining predmeti va o'rganish uslublari
Menejment va marketing haqida tushuncha. “Menejment va marketing” fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari. “Menejment va marketing” fanining predmeti. Menejment va marketing ob'ekti va sub'ekti. “Menejment va marketing” fanining o'rganish usullari
2-mavzu. Boshqaruvning maqsadi, funksiyalari va uning tashkiliy tuzilishi
Boshqaruv maqsadi va ularga qo'yiladigan asosiy talablar. Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsaddlar, maqsadga qo'yiladigan sifatlar, maqsadli boshqaruv usuli pog'onalari.
Boshqarish funksiyalari mohiyati, mazmuni, boshqarish asosiy funksiyalarining tarkibiy tuzilishi va ularning o'ziga xos jihatlari
3-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqaruvdagi o'rni
Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi. Menejerning boshqaruv uslubi, menejerning ish uslubi. Rahbarlik uslubini boshqarish usul (metod)lari bilan o'zaro aloqadorligi.
Rahbarlik uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi mohiyati. Avtokratik rahbarlar, liberal rahbarlar, demokratik rahbarlar. Rahbarlik turlarining o'ziga xos xususiyatlari.
Rahbarlik fazilatlari to'g'risidagi Gippokrat fikrlari: “Sangviniklar”, “Flegmatiklar”, “Xoleriklar”, “Melanxoliklar”. Rahbarga qo'yiladigan talablar. Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar. Rahbar obro'siga putur yetkazuvchi unsurlar. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish yo'llari. Murakkab rahbar bilan chiqishish yo'llari. Rahbar madaniyati, odob, iymon, insof, adolat, iqtidor. Rahbar madaniyatiga baho berish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |