3.
|
V. Fan o'qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o'zlashtirish natijasida talaba:
- menejment va marketingning mazmun-mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini hamda o'rganish konsepsiyasi rivojlanishini, menejment va marketingning funksiyalari, tamoyillari, vazifalari va turlarini farqlashni, shu bilan birga marketing tadqiqotlari o'tkazish, natijalarni tahlil qilish va faoliyat yo'nalishini belgilib olish haqida tasavvur va bilimga ega bo'lishi
- menejment va marketing faoliyatlarini yangi va zarur axborot bilan ta'minlash, bozor kon'yunkturasini o'rganish va bashorat qila olish hamda faoliyat davomida, turli vaziyatlarda mustaqil ish olib bora bilish ko'nikmalariga ega bo'lishi
- menejment va marketing faoliyatlarini tahlil qilish va ularni istiqbolli rivojlantirish bilan bog'liq bilimlarga ega bo'lishi kerak
|
4.
|
VI. Ta'lim texnologiyalari va metodlari:
- ma'ruzalar;
- interfaol keys-stadilar;
- seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
- guruhlarda ishlash;
- taqdimotlarni qilish;
- individual loyihalar;
-jamoa bo'lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
5.
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to'la o'zlashtirish, tahlil natijalarini to'g'ri aks ettira olish, o'rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo'yicha yozma ishni topshirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |