Mamlakatimizda so‘nggi yillarda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash borasida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda


Download 309.57 Kb.
bet7/9
Sana03.11.2023
Hajmi309.57 Kb.
#1743082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-296 08.09.2023

100,0 ming AQSh dollari

YUNFPA, YUNISEF, JSST grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

28.

Antenatal, prenatal, perinatal, neonatal va akusherlik-ginekologiya xizmatlari sifatini hamda samaradorligini oshirish, onalar va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida “Onalar o‘limi tahlili”ning tizimli metodologiyasini amaliyotga joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2027-yillar davomida

100,0 ming AQSh dollari

YUNFPA, YUNISEF, JSST grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

29.

Markazda ilmiy-amaliy izlanishlarni olib borishni kengaytirish, ilmiy grant va loyihalar bilan respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2027-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

YUNFPA grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

30.

Akusher-ginekologlar, oilaviy shifokorlar, doyalar, patronaj hamshiralar uchun akusherlik, ginekologiya va reproduktologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha quyidagi mavzularda muntazam ravishda seminarlar tashkil qilish:
Antenatal parvarish;
Homiladorlar uy varaqasini yuritish;
Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda kolposkopiyani qo‘llash;
Samarali perinatal parvarish;
Birlamchi tibbiyot va tug‘uruq muassasalarida homilador ayollar, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash bo‘yicha JSST tavsiyalarini amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2027-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

YUNFPA, YUNISEF, JSST grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

31.

Hududlarda tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish.
Bunda, sohaga taalluqli respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan joylarda tibbiy ko‘riklar, mahorat darslari, seminar (vebinar va trening)lar o‘tkazish va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024 — 2028-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A.Inoyatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

32.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot brigadalari uchun YUNFPA, JSST, YUNISEF tashkilotlarining tavsiyalari asosida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish va sog‘lom oilani shakllantirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

YUNFPA, YUNISEF, JSST grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

33.

Reproduktiv salomatlik, oilaning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom bolalar tug‘ish va ularni tarbiyalashning dolzarb masalalari bo‘yicha maxsus ma’rifiy teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tayyorlash hamda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. Bunda:
markaziy va mahalliy tele va radiokanallarda ko‘rsatuvlar hamda eshittirishlar mavzularini va ssenariylarini ishlab chiqish;
shifokorlar, namunali oilalar, mahalla, ta’lim va jamoat tashkilotlari vakillari chiqishlarini tayyorlash va efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2027-yillar davomida

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilarning mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov),
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olish maqsadida Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil dekabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov),
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov)

35.

Toshkent viloyati va Toshkent shahri sog‘liqni saqlash tizimida tajriba-sinov tariqasida homiladorlik oldi, homiladorlik erta muddatlarida hamda go‘daklar genetik skriningi integratsiyasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yakuniga qadar

-

Davlat budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar va grant mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Tibbiy genetika, molekulyar-genetika va yordamchi reproduktiv texnologiyalar sohasida ilg‘or tajribaga ega xorijiy tibbiyot tashkilotlarida 20 nafar tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yuborish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar davomida

-

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)


Download 309.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling