Mamlakatimizda suvdan samarali foydalanish yo‘lida qilinayotgan ishlar
Download 481.03 Kb.
|
MAMLAKATIMIZDA SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH
Asosiy qisim: So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning o‘zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy ko‘rsatkichi sug‘oriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi. 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish to’g’risidagi vazifalar qo’yilgan. Biroq, suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va o‘rnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi ko‘nikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning o‘z vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Sanoat va qishloq xo‘jaligining suvga bo‘lgan ehtiyoji juda katta.
Shu jumladn suv resurslaridan samarali foydalanish va oziq ovqar xavsizligi yuzasidan mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilgan xususan 2018-yil 17-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3672-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 10.04.2021 yildagi 199-son “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ushbu qarorga muvofiq Gidrometeorologik prognozlarga ko‘ra 2021-yil yozgi sug‘orish mavsumida suv resursi Vaxsh daryosida 85-95 foiz, Zarafshon va Norin daryolarida 80 — 90 foiz, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoradaryo daryolarida 70 — 80 foiz, Chirchiq va Ohangaron daryolarida 75 — 80 foiz, Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolarda 75 — 85 foiz, janubidagi daryolarda esa — 100 — 105 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan PQ-144-sonli qarori suv tanqisligining oldini olish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda sifat va samaradorlikni yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 06.07.2022 yildagi 365-son “Farg‘ona viloyatida suv xo‘jaligi obyektlari va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga tegishli “Paxta uchun”, “Qaramqul” va “Quva-2 (Mingchinor)” nasos stansiyalarini belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarish to‘g‘risidagi takliflar qabul qilingan. Yuqoridagilardan kelib chiqib davlatimiz global iqlim o‘zgarishi va kelajak avlod tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun qator yangiliklar qilinmoqda jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etilmoqda. tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlikning ildizi yonidagi zonaga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug‘orish usuli; yomg‘irlatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning tuproq va o‘simliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomg‘irlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan: keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi — aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; “sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; mobil yomg‘irlatib sug‘orish tizimi — ko‘chma tirkama va baraban tipidagi agregat yordamida ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; diskretli sug‘orish — lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida suvni tanaffuslar bilan bergan holda sug‘orish usuli. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari tarkibiy qismlarining ta’riflari: Hovuz-tindirgich — oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sug‘orish uchun zarur bo‘ladigan suv zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan inshoot. Nasos stansiyasi — suvni manbadan ekinlarni sug‘orish uchun zarur miqdor va kerakli bosimda yetkazib berishga mo‘ljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilg‘i yoki boshqa muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma. Filtrlash stansiyasi — sug‘orishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda zarralarni suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga mo‘ljallangan qurilma. Bosh (magistral) quvur — kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar. Tarqatuvchi quvur — suvni bosh quvurdan olib tomizg‘ichli sug‘orish shlanglariga yetkazib va taqsimlab berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar. Tomizg‘ichli sug‘orish shlanglari — ekinlar qatorlari oralariga yotqiziladigan va belgilangan me’yordagi suvni o‘simlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan tomizgichli shlanglar. Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi — suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlatishda inson omilini kamaytirish orqali o‘simliklarga suv va mineral o‘g‘itni eng samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga mo‘ljallangan uskuna va dasturiy ta’minot majmuasi. Tomizg‘ichli shlang tarqatuvchi va yig‘ishtiruvchi uskuna — bir mavsumli ekin qatorlari oralariga yotqiziladigan tomchilatib sug‘orish tizimi shlang (lenta)larini tarqatishda va mavsum oxirida yig‘ishtirib olishda foydalaniladigan qurilma majmuasi. Suv hisoblagich — sug‘orishda foydalaniladigan suvning avtomatik tarzda hisobini yurituvchi qurilma. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdori uning bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi: Iqtisodiyot suvni spektrga qo‘yadi suv resurslari toifasi orqali e’tibor har xil turdagi suvlarni turli maqsadlarda iste’mol qilish va ishlatish uchun mos. Sayyoramizda suv resurslarining tuzilishi juda katta, murakkab va dinamik. U o‘ziga xos mavjudlik qonunlari bilan tavsiflanadi, ularning eng muhimlaridan biri tabiatdagi suv aylanishidir. Suvni taqsimlash "Vikipediya" elektron ensiklopediyasida yer quyidagicha baholanadi: jahon okeanidan ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi Yer yuzidagi suvning 96%, yer osti suvlari taxminan 2%, muzliklar 2% ga yaqin va daryolar, ko‘llar, botqoqlar - taxminan 0,02%. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi hisobotida ta’kidlanishicha, bugungi kunda dunyoda 261 ta xalqaro suv havzalari mavjud bo'lib, ular Yer yuzasining 45,3% egallaydi va dunyodagi daryolar oqimining qariyb 80% o'z ichiga oladi. Ushbu turdagi resursning yuqori ahamiyati dunyo aholisining qariyb 40% ushbu daryolar havzalarida yashashini tasdiqlaydi. Download 481.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling