Mamlakatimizda suvdan samarali foydalanish yo‘lida qilinayotgan ishlar


Download 481.03 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi481.03 Kb.
#1611718
1   2   3   4
Bog'liq
MAMLAKATIMIZDA SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH

Xulosa: Butunjahon Meteorologiya tashkilotining global suv resurslarining holatiga oid hisobotida ma’lum qilinishicha, 2050-yilga borib, yer yuzida istiqomat qiluvchi besh milliarddan ortiq kishi turli darajada suv tanqisligini boshdan kechiradi, 2021-yilda dunyonining ko‘plab hududlarida 30 yillik gidrologik oraliq mobaynidagi o‘rtachadan ko‘ra kuchliroq qurg‘oqchilik bo‘lgani kuzatildi. Shuningdek, 3,6 milliard odam yil davomida kamida bir oy suvdan yetarli darajada foydalana olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Jahon tabiiy resurslar instituti (World Resources Institute) va Britaniyaning Economist Intelligence Unit tashkiloti tadqiqotlariga ko‘ra, 2040-yilga borib, suv tanqisligiga eng ko‘p uchrashi taxmin qilinayotgan 33 ta davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston ham bor. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda yaqin kelajakda suv tanqisligi 7 mlrd. kub metr, 2050 yillarga borib, 12-13 mlrd. kub metr bo‘lishi kutilayotganini inobatga olsak, bu holatda suvni tejashning ahamiyati yanada ortadi. Shuningdek, YaIM ning suv sig‘imkorligi ko‘rsatkichi yordamida respublikaning suv resurslaridan foydalanish samaradorligini xorijiy mamlakatlar bilan taqqoslash mumkin. YaIM ning suv sig‘imkorligi – bu ma’lum birlik yalpi ichki mahsulotni yaratish uchun sarflangan suv resurslari miqdorini anglatadi. Hisob-kitoblar O‘zbekistonda YaIMning har 1000 AQSh dollari qiymatidagi suv sig‘imkorligi Xitoydagi shu ko‘rsatkichdan 6,6 marotaba, AQSh dagidan 9,4 marotaba, Rossiyadagidan 11,6 marotaba, Yaponiyadagidan 13,2 marotaba va Germaniyadagidan 24,8 marotaba yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida, respublikamizda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi ancha past ekanligini hamda hududlarda yaratilgan mahsulot va tovarlar hajmiga qaraganda ko‘proq suv sarflanishini anglatadi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, suvdan foydalanish samaradorligi bevosita suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, suv sarfini kamaytirgan holda ko‘proq va sifatli mahsulot olish chora-tadbirlarini ko‘rish bilan bog‘liq.

Download 481.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling