Mamlakatshunoslikda iqtisodiy tahlil usullari
Download 5.53 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqqoslash usuli
- Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli Guruhlash
- Tipologik guruhlash
- Analitik guruhlar
Mamlakatshunoslikda iqtisodiy tahlil usullari Iqtisodiy tahlil jarayonida iqtisodiy axborotlarni analitik qayta ishlashda qator o‘ziga xos usul va uslublar qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilning usullarini ikki guruhga ajratish mumkin: an’anaviy va matematik. Birinchisiga shunday usullar kiritiladiki, ular iqtisodiy tahlil maxsus bilimlarning ixtisoslashgan tarmog‘i sifatida, mustaqil o‘quv kursi sifatida yuzaga kelgan vaqtdan boshlab qo‘llanilgan. Ko‘plab matematik usullar keyinroq, iqtisodiyotda tezkor EHMlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan analitik ishlanmalar doirasiga kirgan. Iqtisodiy tahlilning asosiy an’anaviy usul va uslublari sirasiga mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlardan foydalanish, taqqoslash, guruhlash, balans metodi, zanjirli o‘rin almashtirish usuli, mutlaq va nisbiy farqlar, indeks usullarini kiritish mumkin. U yoki bu ko‘rsatkichlar, iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va vaziyatlar tahlili mutlaq miqdorlardan (qiymat bo‘yicha yoki natural o‘lchovlarda ishlab chiqarish hajmi, tovar aylanmasi hajmi, muomala xarajatlari va sarfxarajatlar miqdori, foyda miqdori) foydalanishdan boshlanadi. Buxgalteriya hisobi va statistikada bo‘lgani kabi tahlilda ham mutlaq miqdorlarsiz ish yuritish mumkin emas. Lekin ular buxgalteriya hisobida asosiy o‘lchagichlar hisoblansa, tahlilda ko‘pincha o‘rtacha va nisbiy miqdorlarni hisoblash uchun baza sifatida foydalaniladi. Nisbiy miqdorlar analitikligi, tuzilmaviy tartib ko‘rsatkichlarini o‘rganishda ham yaxshi namoyon bo‘ladi. Jamining qismini jamining butun olinganiga nisbatini aks ettirarkan, ular butun jamini ham, uning qismini ham yaqqol tasvirlaydi (masalan, yalpi mahsulotda tayyor mahsulot, qo‘shimcha mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishning ulushi). Tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning «analitik kuchi» o‘xshash, bir turdagi ko‘rsatkichlar, hodisalar va jarayonlarni mutanosib majmuada umumlashtirishdan iborat. Ular xususiydan umumiyga, tasodifiydan qonuniyatliga o‘tishga imkon beradi; ularsiz o‘rganilayotgan belgini turli majmualar bo‘yicha taqqoslash, turlanayotgan ko‘rsatkichlarni vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini tavsiflashning iloji yo‘q: ular alohida qiymat va tebranishlar tasodifiyligini mavhumlashtirishga imkon beradi. Analitik hisob-kitoblarda, zaruratga ko‘ra, “o‘rtacha”larning turli shakllari qo‘llaniladi: o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha tortilgan, o‘rtacha xronologik va b.
Bilishning ilmiy usullaridan biri sifatida taqqoslash iqtisodiy tahlilda keng qo‘llaniladi. Uning mohiyati – bir turdagi obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida ularni qiyoslashdan iborat. Taqqoslash yordamida iqtisodiy hodisalardagi umumiylik va o‘ziga xosliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar belgilanadi, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: • Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash. Rejaning bajarilish foizini aniqlash taqqoslash natijasi hisoblanadi; • Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendensiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko‘rsatkichlarni dinamikada taqqoslash; • Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarini tarmoq bo‘yicha o‘rtacha qiymatlar bilan taqqoslash; Iqtisodiy tahlilda guruhlash usuli Guruhlash – bu ma’lumotlar majmuini uning tarkibi yoki komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishdir. Iqtisodiy hodisalarni ilmiy tasniflash, ularni turdosh guruh yoki guruhchalarga birlashtirishni ularni batafsil o‘rganish asosidagina amalga oshirish mumkin. Tasodifiy belgilariga ko‘ra hodisalarni guruhlash mumkin emas: ularning siyosiy-iqtisodiy tabiatini tushuntirish zarur. Ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillar va sabablar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Tahlil maqsadiga bog‘liq ravishda tipologik, tkzilmaviy va analitik (sabab-oqibat) guruhlashdan foydalaniladi. Tipologik guruhlashga misollar – faoliyat turi bo‘yicha aholi guruhlari, mulkchilik shakli bo‘yicha korxonalar guruhlari va b. Tuzilmaviy guruhlar ko‘rsatkichlarning ichki tuzilishi, ularning alohida qismlari nisbatini o‘rganishga imkon beradi. Ularning yordamida kasb-kori, mehnat staji, yoshi, mehnat me’yorlarini bajarishi bo‘yicha ishchilar tarkibi; mahsulot tannarxi tarkibi va boshqalar o‘rganiladi. Analitik guruhlar (mohiyatan tipologik va tuzilmaviyni o‘zida qamrab oluvchi) o‘rganilayotgan hodisalar, obyektlar va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro munosabatlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Pri postroenii Analitik guruhlarni tuzishda ikki o‘zaro aloqador ko‘rsatkichlardan biri boshqasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida, boshqasi esa birinchisining ta’siri natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Lekin har bir aniq holat uchun omilli va natijaviy alomatlarning o‘zaro bog‘liqligi o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutish talab qilinadi (omilli alomat natijaviy sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va aksincha). Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling