"MA'mun-universiteti" ntm "ijtimoiy-gumanitar fanlar" fakulteti "umumkasbiy fanlar va buxgalteriya hisobi kafedrasi
Download 69.62 Kb.
|
Inson haq-huquqlarini ta\'minlash va himoya qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:____________________________________________ Qabul qildi:_________________________________________ MAVZU
- Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. KIRISH
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI "MA'MUN-UNIVERSITETI" NTM "IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR" FAKULTETI "UMUMKASBIY FANLAR VA BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI "O'ZBEKISTONING ENG YANGI TARIXI" FANIDAN REFERAT Guruh:______________________________ Bajardi:____________________________________________ Qabul qildi:_________________________________________ MAVZU: Inson haq-huquqlarini ta'minlash va himoya qilish. REJA: Kirish. Inson huquqlari - umumbashariyat muammosi. 2. Inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmi 3. Yangi oʼzbekiton sharitida inson huquqlarini himoya qilishnig asosiy omillari. Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. KIRISH 2013-yilda xalqaro jamoatchilik inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash sohasidagi asosiy demokratik tamoyil va talablarni oʻzida mujas- sam etgan, shuningdek, bu sohada butun xalqaro huquq tizimini shakl- lantirishning siyosiy, huquqiy asosiga aylangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 65 yilligini hamda inson huquqlari sohasidagi Vena deklaratsiyasi va harakat dasturining 20 yilligini ni- shonlamoqda. Qayd etish lozimki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 400 dan ortiq tillarda nashr qilingan, dunyoda birorta ham hujjat bunchalik ko'p tillarga tarjima qilinmagan. Bu esa, uning universal xususiyati va ko'lamidan dalolat beradi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi koʻplab demokratik mamlakatlar konstitutsiyalarining asosiga aylangan, u fundamental huquq va erkinliklarga hurmat va rag'batlantirishning mezoni bo'lgan etalon hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalari inson huquqlari boʻyicha BMTning yuzdan ortiq xalqaro konvensiya va deklaratsiyalari, inson huquqlari bo'yicha ko'p miqdordagi mintaqaviy shartnomalar, inson huquqlari bo'yicha milliy qonunchilik va davlatlar konstitutsiyalarining asosi hisoblanadi hamda ular inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirishni ta'minlab berishga qaratilgan. Demokratik huquqiy davlat qurish, ko'p jihatdan, huquqiy ta'lim dara- jasiga bog'liq. Ushbu masalaning yana bir e'tiborli tarafi shundan iboratki, BMT tomonidan 2009-yil - Inson huquqlari bo'yicha ta'lim xalqaro yili deb e'lon qilindi. BMT ilgari surgan "ta'lim - demokratiya asosi" degan da'vat hamda BMTning inson huquqlari sohasi ta'limining o'n yilligi hisoblangan 1995-2004-yillar doirasida 1996-yildan boshlab yurtimizning barcha ta'lim maskanlarida "Inson huquqlari" o'quv kursi tatbiq etildi. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil- da qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda qabul qilgan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish to'g'risida"gi farmoyishining ahamiyati nechog'li yuksak ekanini e'tirof etish o'rinlidir. Mazkur Milliy dastur va farmoyishni ijro etish maqsadida bugungi kunda mamlakatimizning uzluksiz konstitutsiyaviy-huquqiy ta'lim tizimi yaratildi. Download 69.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling