Ma’mun universiteti


Download 97.62 Kb.
bet3/20
Sana06.05.2023
Hajmi97.62 Kb.
#1433374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
22-4 g Erkinov Mamurjon Kurs ishi

Kurs ishini tuzulishi. Kirish, to’rtta reja, hulosa va adabiyotlar ro’yxati.

  1. Narx haqida umumiy tushuncha


Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi.
Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi.

  1. Download 97.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling